C-H. To’yingan, to’yinmagan va atsiklik uglevodorodlarda valent tebranishi
-CH
3
- Simmetrik Antisim. Qaychisim. Yelpig’ichsim. Aylanma Mayatnik.
C-H bog’iga xos yutilish xarakterlidir, ammo molekula tuzilishi to’g’risida
kam
axborot beradi. Bunga asosiy sabab: 1) C-H bog’iga xos bo’lgan yutilishlar
o’zaro ta’sirlashishi mumkin; 2) ayrim yutilish chastotalari bir-birining ―ustiga‖
tushishi natijasida kuchsiz maksimumlar hosil qiladi va nihoyat, 3) ushbu
sohalarda yutilish yo’qligi molekula tarkibida C-H bog’i yo’qligidan dalolat
beradi.
Polimetilen zanjirining tutashishi natijasida hosil bo’lgan sikloparafinlarda IQ
sohasidagi yutilishi C-H to’yingan uglevodorodlarning yutish sohasiga yaqin
bo’ladi. Olti a’zolik sikloparafinlardagi CH
2
ning yutishi 1470 sm
-1
dan 1452 sm
-1
ga surilib chiqadi. Asosiy o’zgarish halqada kuchlanish bo’lganida (masalan, 5
a’zoli halqada sodir bo’ladi) va natijada valent tebranish chastotasi 3040 sm
-1
da
namoyon bo’ladi. Bu qiymat orqali murakkab moddalar tarkibida besh a’zolik
halqa borligini bilish mumkin.
Alohida joylashgan qo’sh bog’ning velent tebranish chastotasi C=C=1600-
1680 sm
-1
da sodir bo’ladi. Simmetrik tuzilishga ega bo’lgan elkenlarning valent
tebranish intensivligi kuchsiz bo’ladi. Qo’sh bog’ to’grisida ma’lumot v
=CH
= 3000-
3100 sm
-1
sodir bo’ladigan chastota bilan ham ifodalanadi. Deformatsion
tebranishlardan
=CH
guruhlarning fazoviy joylashishni aniqlashda foydalanish
mumkin; sis-izomerlar 650-750 sm
-1
, trans izomerlar esa 960-970 sm
-1
da namoyon
bo’ladi.
Tutashgan dien sistemalar. 1500-1650 sm
-1
oralig’ida ikkita yutilish chizig’ini
hosil qiladi, bular simmetrik va asimmetrik valent tebranishlarga mos keladi.
Masalan,
Alohida joylashgan qo’sh bog’larga nisbatan tutashgan dien sistemalarining
IQ sohada yutish intensivligi birmuncha yuqori bo’ladi, bu esa dien
konfiguratsiyasi trans holatga ega bo’lganda yaqqol namoyon bo’ladi. Alkil
guruhlarining dien sistemasiga joylashishi valent tebranishlar chastotasining yuqori
sohaga surilishiga olib keladi. Umuman, tutashgan qo’sh bog’larning molekulada
bo’lishi IQ spektr usuli bilan oson aniqlanadi. Uch bog’ IQ spektri yordamida oson
aniqlanadi, chunki bu bog’ yutadigan sohada (v
c=c
= 2100-2250 sm) boshqa
guruhlar amalda yutilish chastotasi hosil qilmaydi. Atsetilendagi vodorod
atomining alkin radikallarga almashinishi IQ sohadagi yutishga ta’sir qiladi: alkin -
I-2100-2140 sm
-1
, alkin - 1,2 da esa 2190-2250 sm
-1
C-C- bog’ga xos bo’lgan
yutishning IQ soxada intensivligi kuchsiz bo’ladi.
C-X. Uglerod-galogen bog’iga xos bo’lgan yutilish past chastotali sohada
namoyon bo’ladi (780-490 sm
-1
), yuqori intensivlikka ega bo’lganligi uchun oson
aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: