G. Shodmonova, N. D. Ibragimova R


Treninglarni  o’tkazishda  guruhlar  bilan  ishlash  va  ularga  rahbarlik



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/72
Sana01.01.2022
Hajmi1,17 Mb.
#301358
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72
Bog'liq
fayl 736 20210504

3.Treninglarni  o’tkazishda  guruhlar  bilan  ishlash  va  ularga  rahbarlik 

qilish.

  

Eng  avvalo,  ta’limning    guruhli  shakli



   

“ta’lim  beruvchi  –  ta’lim  oluvchi” 

dialogidan  voz  kechishni  va  “ta’lim  beruvchi  –  guruh  –  ta’lim  oluvchi” 

ko’rinishidagi uch tomonlama o’zaro munosabatga o’tishni nazarda tutadi. O’quv 

guruhi, tarkibi bo’yicha harakatchan kichik guruhlarga bo’linadi va ularning har – 

biri o’zicha  o’quv  materialini o’zlashtiradi.  Tajriba  shuni  ko’rsatadiki,  shu tufayli 




siz bilan ta’lim oluvchilar o’rtasida ancha mustahkam kontakt o’rnatiladi, shaxsiy 

va bir vaqtning o’zida ta’lim jarayonida jamoaviy ruhiy holat kuchayadi. 

Ta’lim oluvchilarning hamkorlikdagi harakti tashkillashadi, bu esa, o’quv – 

bilish 


jarayonini 

faollashtirishga, 

ularda 

empatiyani, 

kommunikativlikni 

shakllantirishga ko’maklashadi: 

-

 

vazifani hamkorlikda o’rtoqlari tomonidan bildirilgan fikirlarni muhokama 



qilishga motivatsiya paydo bo’ladi; 

-

 



ta’lim  oluvchilar  bir-  biriga  savollar  beradilar,  shuning  uchun,  ular 

savollarni  aniq  shakllantirishni  bilishlari  zarur,  javoblarni-argumentlashtirishni, 

tushunishga erishish uchun esa, ular bir birlarini diqqat bilan eshitishlari kerak; 

-

 



guruhlarda  ishlash  paytida,  zarurati  bo’lganda,  ta’lim  oluvchilar  yordam 

berishlarini so’raydilar va boshqalarga yordam berishni o’rganadilar. 

Xar bir ta’lim oluvchining potentsial imkoniyatlarini rivojlanishi va amalga 

oshirilishi ta’minlaydi: 

-qobiliyatli va iqtidorli bolalar, ularni «maqtanganlik» larida ayblashlaridan 

cho’chimasdan  o’z  qobiliyatlarini  ko’rsatishlari  mumkin.  Ular,  guruhda  nafaqat 

ta’lim  beruvchi  rolida  bo’lishlari,  balki  ta’lim  oluvchirolida  ham  bo’lishlari 

mumkin  va  ta’lim  beruvchi  rolidagi  o’z  o’rtoqlari  tomonidan  baholanishi,  raqib 

bo’lmasdan ulardan o’rganishi mumkin; 

-

 



o’rtacha  qobiliyatga  ega  yoki  xarakteri  bo’yicha  qo’rqoq  bolalar  o’z 

bilimlari va mahoratlarini namoyon qilish imkoniyatini oladilar. 

Kichik  guruhlarda  ishlash,  ularni  stress  holatlardan  xalos  etadi,  ya’ni 

noto’g’ri  javob  berganda  butun  jamoa  oldida  izza  bo’lishdan  qo’rqishdan  holi 

bo’ladi. Guruh a’zolari, javobni do’stona baholab, ularda o’ziga ishonch tuyg’usini 

uyg’otish  imkonini  beradilar.  4  -5    kishidan  iborat  guruhda,  qo’rqoq  kishi,  25 

kishilik guruh oldida o’zini tutishga nisbatan, o’zini ancha erkin his etadi; 

Ta’limning  ushbu  shakli,  ta’lim  oluvchilar  bilimini  o’zaro  hamkorlikdagi 

boyishini  ta’minlaydi:  faqatgina  kooperatsiya  va  harakatlar  (bilish)  usullari  bilan 

o’zaro  almashish  umumiy  mahsulot  olish  –  muammoni  yechish  imkonini  beradi. 

Shuning  uchun,  guruhda  ta’lim  berishda,  biz,  jamoaviy  muhokama  qilishdan, 

o’zaro konsulьtatsiyalar berishda maksimal foydalanamiz. 

Guruhlarda  ishlash,  atrofdagilarga  bo’lgan  munosabatni  o’zgartiradi,  «men 

va  ular»dan  «biz»ga  o’tishni  ta’minlaydi  va  o’zini  guruhning  bir  bo’lagi  sifatida 

his qilish imkonini beradi. 

4.  Guruhlarni  shakllantirish  tamoyillari.    Avvalombor,  «tamoyil» 

tushunchasi nimani anglatishini aniqlab olaylik. 

Guruhlarni shakllantirish tamoyillari: 

-

 

bu,  guruhlarni  shakllantirish  bo’yicha  ishlarni  tashkil  qilishga  bo’lgan 



asosiy talablar ifoda qilingan, umumiy, birlamchi qoidalardir. 

Shu bilan birga, guruhlarni shakllantirish tamoyillari: 

-

 

bu tayyor retsept va universal qoida emaski, unga rioya qilgan holda yuqori 



natijalarga erishishga umid qilsak. Ularni amalda bajarish quyidagi xususiy omillar 

bilan belgilanadi: 




 

bizning  va  ta’lim  oluvchilarning  motivatsiyasi  bilan:  nafaqat  bizning 



o’zimiz, balki har bir ta’lim oluvchi ham, ushbu talim shaklini mohiyatini tushunib 

yetishi juda muhimdir; 

 

bilimlar va tajribalar bilan; 



 

bizning pedagogik mahoratimiz bilan. 



 

Shunday  qilib,  ta’lim  oluvchilar  guruhlarini  shakllantirishda,  qanday 

tamoyillardan foydalanamiz? 

 

1.



 

Ta’lim oluvchilarni guruhlarga ajratish paytida o’qitish maqsadlarini, 

natijalarini va usullarini hisobga olish. 

Ta’lim  shaklini  tanlashni  belgilovchi  asosiy  omil,  ta’lim  maksadlari 

hisoblanishini biz aniqlab bo’ldik. 

Ushbu ta’riflanishdan ko’rinib turibdiki, ta’lim maqsadlari deganda, nafaqat 

maqsadlarning  o’zi,  balki  natijalar  ham  tushiniladi.  Shuning  uchun,  biz,  guruhli 

bilish faoliyatini amalga oshirish uchun guruhlarni shakllantiramiz, ya’ni: 

 

biz 



qo’ygan 

ta’lim 


maqsadlaridan 

(o’qituvchi, 

tarbiyalovchi, 

rivojlantiruvchi, motivatsion) kelib chiqqan holda (2 – jadvalga qarang); 

 

ta’lim  texnologiyalari  loyihasiga  kiritilgan  ta’lim  usulini  e’tiborga  olgan 



holda (3 – jadvalga qarang); 

Bunda, ta’lim oluvchilarni guruhlarga birlashtirishni, biz quydagi belgilarga 

qarab amalga oshirdik: 

*birinchidan, tasodifiy belgi bo’yicha: 

-

 

buning  uchun,  ta’lim  oluvchilarga  1  dan  5  gacha  ketma  –  ket  sanashlarini 



iltimos qilamiz, keyin esa, «birinchilarni» 

«ikkinchilarni», «uchinchilarni», va h. k. kichik guruhlarga birlashtiramiz; 

-

 

yoki ta’lim oluvchilarni, auditoriyada joylashganliklariga 



qarab, ixtiyoriy guruhlarga birlashtirishimiz mumkin. 

 



ikkinchidan,  ularni  o’qishda  erishgan  yutuqlari  darajasini  belgilash 

asosida: 

-

 

baravarlashtirish guruhi; 



-

 

qo’llab – quvatlash guruhi; 



-

 

rivojlantirish guruhi (Guzeev V. V,, 1996). 



2.

 

Guruhning  son  tarkibini  aniqlash  paytida  paytida  vazifaning 



xarakterini hisobga olish. 

 



kichik vazifalarni bajarish uchun guruhning maqbo’l tarkibi 

3-5 kishi (mashqlar, o’quv turniri, kitob bilan ishlash va boshqalar). 

 

ko’p  mehnat  talab  qiladigan  (chet  tillar  bo’yicha  mashg’ulotlarda) 



murakkab vazifalar uchun ko’p sonli guruh tuzish zarur; 

 



bir  –  birini  tushunishni  talab  qiladigan  (chet  tillar  bo’yicha 

darslarda)mashqlar uchun juftliklarda ishlash yaxshi. 




Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish