Tushuntirish: Meyoz - I boshlanishidan oldin xromosoma soni - 8, DNK miqdori-16;
Meyoz - I boshlanishidan oldin DNK molekulasi redupli- katsiyalanadi natijada uning miqdori ikki hissaga ortadi, lekin xromosoma soni 0‘zgarmaydi.
v) Meyoz -II boshlanishidan oldin xromosoma soni-4, DNK molekulasi miqdori- 8; g) Meyoz -I reduksion bo‘linish bo‘lganligi sababli meyoz-II boshlanishidan oldin xromosoma soni va DNK miqdori 2 hissaga kamayadi. Mustaqil yechish uchun masala va mashqlar Misol uchun biror hayvonning diploid nabori 6 ga teng. Otadan olingan gametaning qaysi qismi sentromeraga o‘xshash bo‘ladi?
Tovushqonning diploid nabori 44 ta. Tovushqonning birlamchi tartib spermatositlarida nechta xromosoma bo‘lishi mumkin?
Agar tekshirilayotgan erkak organizmning 10 ta xromoso- masi bo‘lib uning bir jufti tekishiralayotgan urg‘ochi organizmning ta tuxum hujayrasini urug‘lantirsa, qanday tipdagi zigotalar buning natijasida hosil bo‘ladi. Meyoz jarayonida urg‘ochi organizm gomologik xromosomalarining turli qismlari o‘rtasida chalkashish (krossingover) bo‘lib, erkak organizmda chalkashish amalga oshmasa? Agar qoqio‘tda 100 ta urug‘ hosil bo‘lgan bo‘lsa. Uning paydo bo‘lishi uchun nechta spermiy va nechta ona hujayraning megasporasi ishtirok etgan?
Agar tekshirilayotgan erkak organizmning 100 ta sperma- tozoidi tarkibidagi bir juft xromosoma, tekshirilayotgan xuddi shunday urg‘ochi organizmni 100 ta tuxum hujayrasini urug‘lantirsa, zigota hamda ona va ota xromosomalari o‘rtasida necha xil kombi- natsiya amalga oshadi?
Qattiq bug‘doy 28 ta xromosomaga ega. Agar barcha juft gomologik xromosomalr o‘rtasida chalkashish amalga oshsa, sakkiz yadroli murtak xaltasi nechta tipdagi yadroga ega bo'ladi?
Kungaboqaming ona hujayrasi 34 ta xromosomaga ega. Misol uchun meyoz natijasida bir juft gomologik xromosomalar o‘rtasida chalkashish amalga oshgan bo‘Isa. Gametofitda necha tipdagi tuxum hujayra hosil bo‘ladi?
Sholi hujayrasida 24 ta xromosoma mavjud bo‘Isa, ona hujayraning megasporasida nechta xromosoma mavjud?
Makkajo‘xori endospermi triploid naborga ega. Endosperm hujayralari mitoz yo‘li bilan bo‘linishi mumkinmi?
Kurka 82 ta xromosomaga ega. Partenogenetik kurka nechta xromosomaga ega?
Itda 78 ta xromosoma mavjud bo‘lsa, uning birlamchi tartib ootsitlarida nechta xromosoma bo‘ladi?
Ot 64 ta xromosomaga ega, eshak esa 62 ta ulaming duragayidagi gametalarda nechta xromosoma bo‘ladi?
Xonaki o‘rdak va muskusli o‘rdak duragaylari bepusht bo‘ladi ulaming har ikkalasida ham xromosoma soni bir xil bo‘lsa ham. Buning sababi nima?
Odamning 100 ta ikkilamchi tartib spermatotsitlarida nechta X xromosoma bo‘lishi mumkin?
Normal holatdagi 100 ta birlamchi spermatotsitdan va ikkilamchi tartib ootsitdan nechta gameta hosil bo‘lishi mumkin?
Odam hujayrasining metafaza -1 ida nechta bivalent bo‘ladi?
Odam hujayrasida meyoz jarayonini buzilishi natijasida bir juft gomologik xromosoma bitta qutbga tarqaldi. Meyoz natijasida liosil bo‘lgan har bir hujayrada nechtadan xromosoma bo‘ladi?
Itning tuxum hujayrasi 39 ta xromosomaga ega bo‘lsa, uning 38 tasi ota xromosomasi bo‘lishi mumkinmi? Drozofilaning erkagida meyoz bo‘linish jarayonida krossin- gover amalga oshmaydi. Erkak drozofilaning spermatogoniysi 8 ta xromosomaga ega. Bu spermatogoniydan nechta tipdagi sperma- lozoid hosil bo‘lishi mumkin?
Kumushrang kalamush oogoniysida 44 ta xromosoma mavjud. asavvur qilaylik meyoz jarayonida bir juft gomologik xromo-
somada krossingover amalga oshgan. Bu oogoniydan necha xil tuxum hujayra hosil bo‘ladi? Hayvon hujayrasining diploid nabori 20 ga teng. Mitozdan oldingi, mitozdan so‘ng, birinchi va ikkinchi meyozdan so‘ng DNK molekulasi miqdorini aniqlang.
Hayvon hujayrasining diploid nabori 20 ga teng. Mitoz bo‘linishdan oldingi, mitozdan keyingi, birinchi va ikkinchi meyoz boiinishdan keyingi DNK molekulasi miqdorini toping.
0‘ylang va javob bering: a)nima uchun hujayra bo‘linsa ham undagi xromosomalar doimiyligi saqlanadi? b)mitoz natijasida nima sababdan qiz hujayralarga bir xil miqdorda xromosomalar taqsimlanadi?
Odamning bitta somatik hujayrasidagi barcha DNK moleku- lasining umumiy massasi 6x1 O'9 mg ni tashkil etadi. Hujayraning bo‘linishidan oldin va keyin somatik hujayradagi hamda spermatozoiddagi DNK molekulasining umumiy massasi nimaga teng. Javobingizni izohlang.
Jinsiy hujayralarda xromosoma nabori somatik hujayralarga nisbatan ikki hissa kam bo‘ladi. Odamning jinsiy xromosomalrida xromosoma bo‘ladi. 6 • 10~9 : 2 = 3 • 10'9 mg ga teng bolsa 21 juft xromosoma bittaga ortsa, hujayradagi DNK miqdori qancha bo‘ladi? Mitoz bo‘linishdan so‘ng somatik hujayralarda xromosoma soni o'zgarmaydi va DNKning massasi 6 x 10'9 mg ga teng bo‘ladi.
Hujayraning bo‘linishidan oldin ya’ni interfazada DNK miqdori ikki hissaga ortadi, shu sababli DNK massasi 6 • 1 O'9 • 2 = 12 • 10'9mg ga teng bo‘ladi. Anafaza va telofazada qancha bo‘ladi?
У I- t
2 Mitoz bosqichlarini ketma ket holda joylashtiring