Energiya almashinuvi va fotosintez bo‘yicha masala, mashqlar yechish metodikasi 15 molekula glyukozaning achitqi zamburug‘lari ta’sirida spirtli achishga uchrab qancha molekula ATF hosil qiladi va qanday moddalar ajraladi? Javobingizni izohlang.
Yechilishi: Glyukozani achitqi zamburugTari ta’sirida parchalanishi spirtli bijg‘ish orqali amalga oshadi, natijada etil spirti va karbonat angidrid gazi ajraladi.
Bir molekula glyukoza parchalanishi natijasida 2 molekula ATF hosil bo‘ladi, 15 molekula glyukozaning spirtli bijg‘ishi natijasida 30 molekula ATF hosil bo‘ladi.
Javob: etil spirt va C02, 30 molekula ATF hosil bo‘ladi. Glikoliz jarayoni natijasida 42 molekula pirouzum kislota hosil bo‘lgan. Qancha molekula glyukoza parchalanishga uchragan va to‘liq okidlanish natijasida qancha ATF hosil bo‘lgan?
Yechilishi: Glikoliz natijasida 1 molekula glyukoza parchalanishi natijasida 2 molekula pirouzum kislota hosil bo‘ladi va quyidagi tengla- mani amalga oshiramiz 42 : 2= 21 molekula glyukoza glikolizga uchragan;
1 molekula glyukoza toTiq parchalanganda 38 molekula ATF hosil boTadi.
Oksidlanish jarayonida 21 molekula glyukoza ishtirok etgan • 38 = 798 molekula ATF hosil bo‘ladi.
Javob: 21 molekula glyukoza; 798 molekula ATF hosil bo‘ladi. Eukariot hujayra tarkibida 70 ta glyukoza qoldig'idan iborat kraxmal to‘liq parchalanishga uchrasa qancha molekula ATF sintezlanadi? Javobingizni tushuntirib bering.
Yechilishi: Kraxmal lizosomada gidrolitik fermentlar ta’sirida parchala- nadi va glyukozaga aylanadi. Natijada 70 molekula glyukoza hosil bo‘ladi.
Glyukozaning to‘liq parchalanishi mitoxondriyada kechadi va 38 molekula ATF hosil bo‘ladi.
70 molekula glyukozaning oksidlanishi natijasida 70 • 38 = 2660 molekula ATF sintezlanadi.
Javob: 2660 molekula ATF sintezlangan. Energetik almashinuv natijasida 7 mol glyukoza parchalanishga uchragan, shundan faqat 2 molekulasiga to‘liq parchalanishga uchragan. Hisoblangchi: natijada qancha mol pirouzum kislota va CO2hosil boTgan;