G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


14-§ Ildizning birlamchi va ikkilamchi tuzilishi



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

 
108


14-§ Ildizning birlamchi va ikkilamchi tuzilishi 
Ildizning birlamchi tuzilishi.
Ildizda bо‘g‘imlarning bо‘lmaganligi 
sababli ildizning ichki tuzilishi poyaning ichki tuzilishiga nisbatan 
soddaroq tuzilgandir. Shuning uchun barcha ildizda tо‘qimalarning 
joylashishi deyarlik bir xildadir. 
Yosh ildizning ichki tuzilishida uchta asosiy tо‘qimalarni: 
qoplovchi tо‘qima - rizoderma; birlamchi pо‘stloq parenximasi va 
о‘tkazuvchi tо‘qimalarni kо‘rish mumkin. Rizoderma tuproqdagi suv 
va suvda erigan mineral moddalarni ildizga о‘tkazadi (49-rasm).
Tukchalar trixomalardan farq qilib rizoderma hujayralaridan qobiq 
hosil qilib ajralmaydi, balki hujayralar о‘simtasi sifatida hosil bо‘ladi. 
Tukchalar juda kalta 1–2 mm uzunlikda bо‘lib, yupqa sellyuloza va 
pektin moddalaridan tashkil topgan umumiy rizoderma qobig‘i bilan 
о‘ralgan.
Birlamchi pо‘stloq о‘sish konusini о‘rta qismidagi meristematik 
hujayralardan hosil bо‘lib bir necha qavatlardan iborat bо‘ladi: 
ekzoderma, mezoderma, endoderma. Ekzoderma birlamchi 
pо‘stloqning eng tashqi qavati bо‘lib rizodermaning tagida joylashadi. 
Rizodermaning moddalar almashinishida qatnashadi va himoya 
vazifasini bajaradi (49-rasm). 
Mezoderma
– birlamchi pо‘stloq parenximadan tashkil topib, keng 
hujayra oraliqlariga ega. Suvda botqoqlikda yashagan о‘simliklarning 
hujayra oraliqlari kengayib aerenximalarga aylanadi. Birlamchi 
pо‘stloq parenximasi bir qancha vazifani bajaradi: a) rizodermani 
plastik moddalar bilan ta’minlaydi, moddalarning surilishiga va 
ularning hujayralar orqali о‘tishiga yordam beradi; b) turli moddalar 
sintez qilinadi; v) pо‘stloq hujayralarida jamg‘arma ozuqa moddalar 
tо‘planadi; g) pо‘stloq hujayralarida tuproqda yashaydigan 
zamburug‘larni giflari uchraydi. 
Endoderma
– birlamchi pо‘stloqning eng ichki qavati bо‘lib bir 
qator hujayralardan tashkil topgan. Endoderma hujayralarida qobig‘i 
kо‘ndalang va radial qobiqlari qalinlashib Kaspari belbog‘ini hosil 
qilib hujayrani о‘rab turadi. Kaspari belbog‘i suv va suvda erigan 
moddalarni markaziy silindrga tanlab о‘tkazadi. Endodermaning 
asosiy hujayralarining qobiqlari qalinlashib yog‘ochlanadi. Lekin ular 
orasida bir xil hujayralar qobiqlari qalinlashmasdan о‘tkazuvchanlik 
vazifasini bajaradi va о‘tkazuvchi hujayralar deb ataladi (49-rasm).
109


Markaziy silindr о‘sish konusini ichki tomonidagi hujayralaridan 
pleromadan hosil bо‘lib, tashqi tomonidan tirik hujayralardan tashkil 
topgan perisikl bilan о‘ralgan. Perisikl hujayralari bо‘linib yon 
ildizlarni hosil qiladi.
Perisikl tagidagi prokambiy joylashib, keyinchalik birlamchi 
о‘tkazuvchi tо‘qimaga aylanadi. Birlamchi о‘tkazuvchi tо‘qimaning 
elaksimon naylari protofloyema va undan ichkariroqda markazga 
tomon metafloyemaning elementlari hosil bо‘ladi. Sо‘ngra floema 
hujayralarini guruhlar bilan navbatlashib qobig‘i xalqasimon va 
spiralsimon qalinlashgan protoksilema va markazga tomon qobig‘i 
tо‘rsimon va nuqtasimon qalinlashgan metaksilema naylari hosil 
bо‘ladi. 
Yosh ildizlarda birlamchi о‘tkazuvchi naylar yulduzsimon shaklda 
nurlar hosil qilib joylashadi. Floyema bilan navbatlashib kelgan 
ksilema nurlari ikkita bо‘lsa diarxli, uchta bо‘lsa triarxli, tо‘rtta bо‘lsa 
tetrarxli, kо‘p bо‘lsa poliarxli tuzilishdagi markaziy silindr deyiladi 
(49-rasm).

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish