Alisher Navoiy.
UMRBOQIY
NAVRO‘Z
BAYRAMI
| Hurmatli __________________
Sizni 2009-yil 23-mart soat 1400 да Toshkent kimyo-texnologiya institutida Navro‘z ayyomi munosabati bilan o‘tkaziladigan tadbirga taklif qilamiz.
Tadbir ТКТI tadbirlar zali
(3-qavat)dа o‘tkaziladi.
Manzil: Navoiy ko‘chasi, 32-uy.
|
Topshiriqlar:
1-topshiriq. Berilgan so‘z birikmalari ishtirokida kengash taklifnomasini yozing.
Majlislar zalida, qatnashishlari shart, hurmat bilan, soat 15:00da, Hurmatli Said Azimovich, Sizni navbatdagi Kengashga, loyihasining muhokamasiga, taklif etamiz. Ilmiy kotib A.Turdiyev.
2-topshiriq. Taklif xati namunasi asosida yangi yil bazmi taklifnomasini tayyorlang.
T E L E F O N O G R A M M A
Telefonogramma orqali belgilangan joyga shoshilinch xabar matni yetkaziladi. Bunday matn bir nusxada tayyorlanadi, rahbar yoki mas’ul shaxs tomonidan imzolangach, tegishli joyga telefon orqali yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan shaxs telefonogramma berilishi haqida ogohlantirilishi, u qabul qilishga tayyor bo‘lgach, qabul qiluvchi ulguradigan sur’atda yetkazuvchi tomonidan yozdirilishi lozim. Matnning to‘g‘ri qabul qilinganligiga ishonch hosil qilish uchun qabul qiluvchi matnni yetkazuvchiga qayta o‘qib eshittirishi shart. Qabul qiluvchi telefonogrammaning berilish vaqti va sanasini, yetkazuvchining ism-familiyasi, lavozimini qayd etadi. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi haqida shunday ma’lumotlarni yozib qo‘yishi lozim.
Topshiriqlar:
1-topshiriq. Matnni o‘qing. Telefonda so‘zlashish odobiga oid jumlalarning ma’nosini izohlang.
Agar siz qo‘ng‘iroq qilsangiz, albatta, gapni salom-alikdan boshlang. Shundan so‘ng o‘zingizni taniting (ish yuzasidan telefon qilsangiz xizmat vazifangizni ham aytganingiz ma’qul) va kerakli joyga tushdingizmi yoki yo‘qmi shuni aniqlab oling. Kerakli joyga tushganingizga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, sizga zarur bo‘lgan kishini chaqirib berishlarini iltimos qiling. Hol-ahvol so‘rab, asosiy maqsadga o‘ting. Telefonda qisqa, lo‘nda gaplashishga harakat qilishingiz lozim. Xayrlashib bo‘lganingizdan keyin telefon dastagini birinchi bo‘lib siz qo‘ying, chunki telefon raqamini siz tergansiz.
Agar sizni telefonga chaqirishsa, «Labbay» yoki «Eshitaman» deb javob qiling. Boshqa joyga tushib, sizdan kechirim so‘rashsa, «marhamat, hechqisi yo‘q», deb dastakni qo‘ying. Telefon orqali muloqot qilayotganingizda xodimlardan biri huzuringizga kelib muhim ishi borligini aytib qolsa, hamsuhbatingizdan uzr so‘rang va ma’lum vaqtdan keyin unga o‘zingiz qo‘ng‘iroq qilishingizni aytib, telefon dastagini ohista qo‘ying. Telefonda gaplashayotganda o‘tirgan joydan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘yib yoki boshni egib gaplashish kabilar odob doirasiga kirmaydi. Bu holatda gaplashsangiz atrofdagi xodimlarning g‘ashiga tegasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |