G. S. K u t u m o V a I. I. I n o g a m o V g e o d e z I ya va m a r k s h e y d e r L i k I s h I



Download 6,42 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/203
Sana19.05.2023
Hajmi6,42 Mb.
#941315
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   203
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


250 
14-BOB. SHAXTA QURILISHIDAGI MARKSHEYDERLIK ISHLAR
14.1.Shahta qurilishida va kon lahimlarini o’tishdagi 
marksheyderlik ishlar ta`minoti 
Shaxta qurilishida quyidagi marksheyderlik ishlar bajariladi: loyihaviy 
chizmalarning grafik qismi va elementlarining qiymatlari tekshiriladi; loyihaviy 
geometrik elementlarni joyga ko‘chirish; qurish jarayonida bino, inshoot va kon 
lahimlarining loyihaviy geometrik elementlariga mosligini nazorat qilish; bino va 
inshootlarni cho‘kishini kuzatish; sanoat maydoni va kon laximlarini tasvirga olish 
va kon grafik xujjatlarni to‘ldirish; kon qazish ishlarini hajmini hisobga olish. 
Yuqorida ko‘rsatilgan ishlarning katta qismini qurilish tashkilotining 
marksheyderlik hizmati bajaradi. Ba’zi bir nisbatan og‘ir va javobgarligi katta 
bo‘lgan ishlarni buyurtmachi vazifasiga yuklatiladi. Yangi shaxtani qurilishida 
buyurmachi sifatida qurilayotgan korxona direktori, rekonstruksiya qilishda esa 
ekspluatatsiya qilinayotgan shaxta direksiyasi ishtirok etadi. Kapital marksheyderlik 
ishlarni bajarish uchun buyurmachi maxsus tashkilot bilan shartnoma tuzadi
(GUGK korxonasi, soyuzmarkshtrest, birlashmalar qoshidagi marksheyderlik 
byurolar va boshqalar). 
Shaxta qurilishida birinchi navbatda loyihalash ishlari amalga oshiriladi. Kon 
korxonalarini loyihalash ishlari quyidagi ketma ketlikda amalga oshiriladi.
Konchilik qazib olish soxasining rivojlanish sxemasi va obektlarining 
joylashishiga (gensxema) asosida konchilik korxonasini loyihalash, qurish, 
rekonstruksiya qilish yoki kengaytirish bo‘yicha loyihaning texnik iqtisodiy asosini 
(TEO) ishlab chiqadilar va qurilishning tan narxini hisoblab aniqlaydilar 
Qurilish tashkilotiga ishlarni boshlashdan avval texnik va loyihaviy 
hujjatlarning komplekti topshiriladi. 
Texnik hujjatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: shaxta qurilish uchastkasining er 
yuzasi plani, er yuzasida marksheyderlik tayanch tarmoqlari punktlarining 
joylashish plani, mufassal geologik qidirish materiallari, konga ajratilgan er 
maydoni chizmalari. Loyihaviy grafik hujjatlar quyidagilardan iborat: qurilish 
genplani chizmalari, shaxta maydonini ochish sxemasi asosiy laximlari bo‘yicha 


251 
vertikal qirqimlari bilan, kon ishlarini rivojlanish loyihasi chizmalari, shaxta 
yuzasidagi 
texnologik 
kompleks 
inshootlari 
va 
binolarini, 
injenerlik 
kommunikatsiyalari, shaxta stvollarini o‘tish va jixozlash (armirovka), stvol oldi 
laximlari va kameralari ishchi chizmalari, rejalash (razbivochniy) tarmoqlari 
loyihasi.
Qurilayotgan obektning geometrik elementlarini loyihadan joyga ko‘chirish 
uchun zarur ma’lumotlar loyihaning ishchi chizmasida keltirilgan, shuning uchun 
ishchi chizmani o‘rganish va undagi raqamlarni tekshirishga katta e’tibor beriladi. 
Raqamli ma’lumotlarni tekshirishni usullaridan biri loyihaviy poligon o‘tkazish 
hisoblanadi. Masalan, stvololdi laximlari uchastkasi loyihasini tekshirishda (14.1-
rasm 1a), laxim o‘qining to‘g‘ri chiziqli uchastkasi oxirida poligon nuqtalari 1, 2, 
3,..6 o‘rnatiladi; egri uchastkalarni esa chegaraviy radiuslar orqali o‘tkaziladi, ya’ni 
egri

Download 6,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish