Informatsiyani yashirish. Odamlar hayotida axborot muhim rol o‘ynaydi. Axborotni yashirish kishilarda shubha uyg‘otadi. Shu bilan birga, axborotni yashirgan kishiga nisbatan ishonchsizlik vujudga keladi. Oqibatda odamlar orasi va munosabatlari buzilishi uchun asos tug‘iladi. Ayrim jamoa rahbarlari ko‘proq, jamoasidan barcha uchun muhim bo‘lgan ba’zi ma’lumotlarni yashirib, ulardan jamoani bexabar qoldirishi, masalan, shatatlar qisqarishi, mukofatlardan yoki chet elga chiqish uchun kelgan komandirovkalarni yashirishga harakat qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |