G qarshiboyeva, J. Majidov, A. Sharafitdinov



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/55
Sana30.10.2022
Hajmi1,63 Mb.
#858379
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55
ziddiyatli tarbiya. 
Bunda 
oila a’zolarining har biri bitta bolaga nisbatan turlicha tarbiya 
uslublarini qо‘llaydi, masalan, otasi о‘ta qattiqqо‘l, ona о‘ta mehribon, 
yoki ota-ona bolaning xulqini juda nazorat qilib, mas’uliyat bilan 
uning axloqiy tarbiyasi bilan shug‘ullalanadi, buvilari esa aksincha, 
uni erkalatib, izdan chiqib ketishini – “hali yosh, katta bо‘lganda о‘zi 
yaxshi bо‘lib ketadi”, qabilida ma’qullayveradi. Bunday beqaror 


81 
tarbiya uslublarini 
E. Eydemiller, V. Yustitskiy, N. Lengard
lar 
о‘rganib, uning oqibatida bolada salbiy xarakter xususiyatlari, 
masalan, qaysarlik, obrо‘li shaxslarning tazyiqini notо‘g‘ri baholash 
kabilar 
shakllanishini 
isbotlaganlar. 
Ota-ona 
tarbiyadagi 
beqarorlikning oqibatlarini tasavvur qilsalarda, uning oldini olishni 
bilmaydi. Kо‘pincha bu – bolalikka xos sifatlar ekanligi fikri ularni 
tinchlantiradi. Aksariyat ota-onalar bolasini yо‘qotib qо‘yish yoki 
uning kо‘ngli qolishidan qо‘rqib ham notо‘g‘ri tarbiya yо‘llarini 
tutadi. Shuning uchun oilaviy tarbiya о‘ta murakkab jarayon bо‘lib, 
unda ota-onalar oldindan psixologik jihatdan tayyor bо‘lishlari kerak.
4. 4. Xalq pedagogikasida oila ma’naviyati 
 
Xalqimiz oila ma’naviyatiga yuksak qadriyat sifatida alohida 
e‘tibor bilan qaraydi. Oila doimiy mehru muhabbat, izzat-u hurmat 
mujassam bo‘lgan, oila a’zolari bir-birlarini sevadigan, suyanadigan 
bir maskan sifatida e’zozlangan. Chunki aynan oilada mehr-shafqat, 
muhabbat, muruvvat va oqibat tushunchalari farzand ongiga 
murg‘akligidanoq singdiriladi, shu bois ham har bir inson uyiga, 
oilasiga talpinadi. Ma’naviy komillik, milliy tarbiyaning bosh va 
betakror o‘chog‘i ham bolani doimiy o‘rab turgan ijtimoiy muhitning 
bir bo‘lagi bo‘lgan - oiladir. Bu haqda Abdurauf Fitrat “Rahbari najot” 
asarida shunday yozgan edi: “Suv qaysi rangdagi idishda bo‘lsa, o‘sha 
rangda tovlangani kabi, bolalar ham qanday muhitda bo‘lsalar, o‘sha 
muhitning har qanday odat va axloqini qabul qiladilar. Axloqiy 
tarbiyaning eng buyuk sharti shundan iboratki, bolalar ko‘proq yaxshi 
va yomon ahvolni o‘z uylaridan, ko‘chadagi o‘rtoqlaridan, 
maktabdagi o‘quvchilardan qabul qiladilar”.
Ma’rifatchilardan 
biri 
Rizouddin 
ibn 
Faxriddinning 
“Insonlarning dinu-dunyolarini tuzatmoq matlub bo‘lsa, eng avval 
go‘zal xulqqa ega bo‘lmoq ila oilalarni tuzatingiz. Oilalar 
tuzalganidan so‘ng din ham, dunyo ham tuzaladi”
13
, - degan gaplarida 
katta bir haqiqat ifodalangan. Insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, 
ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida 
shakllanadi. 
Bolaning 
xarakteri, 
tabiati 
va 
dunyoqarashini 
belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar - yaxshilik va ezgulik, 
olijanoblik va mehr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas 
13
Ibn Faxruddin, Rizouddin. Oila. - Т.: Mehnat, 1991. 


82 
tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir. 
Shuning uchun ham aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga 
hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash 
har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy 
munosabatlaming negizini, oilaning ma’naviy olamini tashkil etadi.
Dono xalqimiz uzoq asrlar davomida yaratgan oila ma’naviyati 
bilan bog‘liq farzandlarni axloqiy tarbiyalash usul va vositalari, 
insoniy fazilatlar qoidalari xalq pedagogikasi manbalarida o‘z aksini 
topgan.
O‘zbek xalq pedagogikasida bolalarda ijobiy fazilatlarni 
shakllantirish uchun birinchi navbatda oila a’zolari - ota-ona, aka-uka, 
opa-singil va oiladagi kattalarga bo‘lgan mehr-muhabbat hissini 
tarbiyalash zarurligiga amal qilingani ko‘rinadi. Oilada bolalarning 
kattalarga bo‘lgan mehribonligi tarbiya natijasidagina tarkib topadigan 
ma’naviy fazilat ekanligi ta’kidlanadi. Oilada bolalarni axloqiy 
tarbiyalashda xalq donishmandlarining odob va axloq haqidagi 
hikmatli so‘zlari hamda xalq og‘zaki ijodining turli janrlaridan o‘rinli 
foydalana bilish katta ahamiyatga egadir.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish