37
III BO‘LIM. OILADA BOLALARNI
XALQ OG‘ZAKI IJODI NA’MUNALARI
ASOSIDA TARBIYALASH MEXANIZMLARI
3. 1. Farzand tarbiyasida xalq
pedagogikasining aks etishi (ona allasi)
Dunyoda shunday baxt borki, uni biror so‘z bilan ta’rif keltirish
qiyin. U baxtning eng cho‘qqisi bo‘lmish ota-onalik baxtidir. Bolasini
yelkasida ko‘targan ota, bolasini bag‘rida erkalayotgan onadan
baxtliroq odamni uchratmasak kerak. Ota - ona uchun boladan azizroq
ne’mat yo‘q. Lekin, xalqimizda "Bola aziz - odobi undan aziz" - degan
naql bor. Negaki, farzand o‘z odobi, tarbiyasi, xulqi bilan ota -
onasiga olqishlar, rahmatlar yetkazishi yoki aksincha o‘z odobi bilan
ota-onasining yo‘zini yerga qaratishi mumkin. Har bir ota-ona borki,
o‘z farzandining yaxshi tarbiya topishini, yaxshi kamol topib el yurt
ardoqlaydigan hurmat qiladigan farzand bo‘lib voyaga yetishini
istaydi. Bu esa o‘z -o‘zidan emas yaxshi tarbiyaning mahsuli sifatida
nomoyon bo‘ladi.
Yaxshi tarbiya esa avvalo ota-onaning o‘zidan boshlanishi kerak.
Abdurauf Fitrat aytganidek: "Uylanishning birinchi maqsadi
farzanddir. Avlodni tarbiyalash insoniyatning xizmatidir. Qachonki
biz yaxshi axloq egasi bo‘lgan farzandlarni tarbiyalasak, shundagina
bo‘ynimizdagi bu xizmat majburiyati soqit bo‘ladi. Kimki, badaxloq
bolalarni tarbiya etsa, insoniyatga xizmat emas, balki dushmanlik
qilgan bo‘ladi. Jamiyat ularning farzandlaridan bezor bo‘ladi. Xush va
yaxshi axloqqa ega bo‘lgan farzand, imon sohibi bo‘lgan ota-onadan
bo‘ladi, agarda ota-ona axloqsiz bo‘lsalar, ularning tarbiyalari
soyasida o‘sgan farzand ham badaxloq bo‘ladi”.
4
Tarbiya qilishda kichik narsaning o‘zi bo‘lmaydi. Bola tarbiyasi
ona qornidayoq boshlanishi kerak degan donishmandlarimiz. Bu esa
hozirgi zamon tarbiyasida ham o‘z ifodasini topmoqda. Buni bugun
tibbiyot xodimlari, psixologlarimiz ham jonli misollar bilan ko‘rsatib
bermoqda. Tashqi har qanday ta’sirlar bolaning jismoniy va ruhiy
holatiga ta’sir ko‘rsatishi va o‘z izini qoldirishi aytilmoqda.
4
O.Musurmonova “Oila ma’naviyati milliy g’ururi” -T.: “O‘zbekiston” 2000 y
38
Avvalo bola kutayotgan ona go‘zallikka oshno bo‘lishi, o‘ylasa
o‘yini go‘zal qilishi, yursa yo‘liga, ushlasa qo‘liga e’tibor
bermoqligini, umuman farzandi qanday bo‘lmoqni istasa o‘zida ham
shu xususiyatlarni mujassam etishi kerakligini esdan chiqarmasligi
lozim. Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom
ma’naviy muhit, xushmuomalalik, xursandchilik, bolaning bexavotir,
sog‘lom tug‘ilishiga garov bo‘ladi. Ba’zan oilada uchraydigan er-
xotin, qaynona-kelin, va boshqalar o‘rtasida uchraydigan hurmatsizlik,
o‘zaro nizo, urush janjallar, homilador ayolni avaylab asrash o‘rniga
og‘ir mehnatga majburlash, xo‘rlash hatto unga qo‘l ko‘tarish
bolaning kasalmand, nogiron, jizzaki bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi.
Ota-onadagi eng yaxshi xususiyatlar ham yomon xususiyatlarga
qo‘shilib, irsiy yo‘l bilan bolaga o‘tishi tabiiydir.
Bolaning sog‘lom dunyoga kelishi bo‘lajak ota-ona oldiga
muhim vazifalarni qo‘yadi. Bola dunyo yo‘zini ko‘rar ekan, tarbiya
o‘chog‘i bo‘lmish oilada ulg‘aya boradi. Bola hali yosh nihol, ota-ona
esa uning bog‘bonlari sanaladi. Mevasini olaman degan bog‘bon
niholning o‘sib ulg‘aygunicha uni parvarishlaydi, to tomir otib
baquvvat daraxt bo‘lib mevaga kirgunicha o‘z vaqtini, mehnatini
ayamaydi. Bog‘bon uni to‘g‘ri o‘shini ta’minlab shakl beradi, keraksiz
shoxlarini qirqib, keraklilarini qoldiradi. Mevaga kirganda esa bitta
bog‘bonning oilasini emas, ko‘plab oilalarni mevalari bilan
ta’minlaydi. Bundan bog‘bonga faqat rahmatlar yog‘iladi. Ana bu
bog‘bonning haqiqiy baxtidir. Ota-ona ham farzandini parvarishlab,
chiroyli xulqli zehnli etib tarbiyalab o‘z mehnati va vaqtini
ayamasagina, uning "ota onagga rahmat" kabi shirin mevalaridan
baxramand bo‘lishi mumkin. Bu ham ota onaning haqiqiy baxtidir.
Bolaning asosiy vaqti oilada kechadi. Uning ongiga tarbiya
tushunchalari oilada singdirib boriladi.
Bola esa asosiy tarbiyani oilada olar ekan, demakki har bir ota-
ona o‘z yo‘zini yorug‘ qiladigan farzandlarning tarbiyasiga befarq
qaramasliklari lozim. Bugungi kunda bolani qanday qilib ertangi
kunda o‘z yo‘zini yerga qaratmaydigan, o‘z o‘rnini topib keta
oladigan, el-u yurtga munosib farzand qilib tarbiyalash muhimligi, har
bir ota-ona istagi deyishimiz mumkin. Bola asosiy tarbiyani o‘z
ongiga oilada singdirib borishini ta’kidladik. Bolani tarbiya qiladigan
ota-onaning o‘zi to‘g‘ri so‘zli bo‘lishi, namuna va ibrat ko‘rsata olishi
zarur. Chunki otaning axloqi, odobi, onaning fazilatlari bolaga o‘tishi
39
isbot talab qilmas haqiqatdir. Insonning shakllanishida hayotda o‘z
o‘rnini topishida, el-yurt ichida hurmatga sazovor bo‘lishida, yuksak
odob axloq qoidalarini o‘zida mujassam etishida oila asosiy o‘rinni
egallaydi. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini
ta’minlovchi shaxs shakllanadi.
Bo‘lajak ota-ona farzandining tarbiyali komil shaxs bo‘lib
voyaga yetishi uchun, barcha zarur imkoniyatlardan foydalanib,
tarbiyaviy fazilatlarni o‘zida to‘laqonli shakllantirib olgan bo‘lishi
zarur. Axloq va tarbiya haqida gapira turib, o‘zlari amal qilmasa,
farzand tarbiyasida katta kamchilikka yo‘l qo‘yadi. Ota-ona
ko‘rsatmalari, ibrat namunalari asosida, kattalar pand nasixati o‘gitlari
bilan tarbiya shakllanib borar ekan, farzand tarbiyasida ajdodlarimiz
qoldirgan tarbiyaviy buyuk merosimiz, xalq og‘zaki ijodining ajoyib
namunalari ishtirokida o‘z tarbiyalarini olib borsalar, orzularidagi
barkamol farzandni tarbiyalashga zamin yaratgan bo‘lardi.
Farzandning barkamol voyaga yetishida ajdodlarimiz qoldirgan
muhim merosimizdan foydalanib tarbiyalasak, bugungi talab
qilinayotgan yuksak ma’naviyatli yoshlarni voyaga yetkazishda o‘z
hissamizni munosib ravishda qo‘shgan bo‘lamiz. Yaqin o‘tmishda alla
bilmaydigan kelinlarni, doston eshitmagan yigitlarni, ertaklar olamida
yashamagan bolalarni, umuman xalq og‘zaki ijodi namunalaridan
baxramand bo‘lmasdan ulg‘aygan biror kishini topish mushkul
bo‘lgan.
Xalq og‘zaki ijodi namunalari asrlar davomida, xalqimizning
boy tajribalari, farzand kamolotidagi o‘ziga xos tarbiya usullari, yo‘l
yo‘riqlari, aql zakovatlari bilan yaratilgan. Xalq doimo bolalarni
to‘g‘ri xulq atvorli qilib tarbiyalashni, bunga erishish uchun o‘ziga xos
usullarni o‘ylab topgan. Vaxolanki, xalq og‘zaki ijodining namunalari
bolaning aqliy, axloqiy jismoniy kamolot, hunarga muhabbat,
insonparvarlik, mehnatsevarlik, rostgo‘ylik, mardlik kabi tarbiyaning
hamma tarkibiy qismlarini mujassam etgan.
Abdulla Avloniy
o‘zining "Turkiy guliston yoxud axloq"
asarida bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq
kerakligini, tanini pok tutmoq, yosh vaqtidan maslakini tuzatmoq,
yaxshi xulqlarni o‘rgatmog‘-u, yomon xulqlardan saqlab o‘stirmoq
lozimligini ta’kidlab o‘tgan.
5
5
Abdulla Avloniy “ Turkiy guliston yoxud axloq asari
- “O'qituvchi” nashriyoti 1992 yil
40
O‘zbek xalqining o‘ziga xos ma’naviy qarashlarini farzand
ulg‘ayib kamol topishidagi o‘zbekona milliy ruhdagi tarbiyalash
mezonlarini, orzu umidlarini ifoda etgan, ajoyib xalq og‘zaki ijodi
durdonalari borki, ular bizning bebaho milliy boyligimiz sanaladi.
Hozir shu durdona xazinalardan biri ona allasi haqida to‘xtalib
o‘tmoqchimiz. Ona bolasini suyib erkalab beshigini tebratar ekan alla
xirgoya qiladi. Bolani oq yuvib oq tarab o‘z allalarida orzu-umid
istaklarini aytib, jonimga jon bo‘ladi, el-u yurtim suyanchi bo‘ladi
deya, beshigini tebratadi. Alla bolani uxlatishda, tarbiyaviy estetik
ta’sir qilishda muhim ahamiyat kasb etgan. Bu bolaning emotsional
ta’sirchanligidan kelib chiquvchi xususiyati bo‘lib, bolani kuy
og‘ushida hayot bilan tanishtirish, ohanglar vositasida hayot ma’nosini
anglashiga yo‘l ochish, shu zaylda estetik didini shakllantirish
maqsadiga qaratilgandir.
Abu Ali Ibn Sino allaning xususiyatlari haqida to‘xtalib,
"Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo‘llamoq
kerak. Biri-bolani sekin asta tebratish, ikkinchisi - uni uxlatish uchun
aytish odat bo‘lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul
qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badantarbiyaga va ruhi
bilan musiqa bo‘lgan iste’dodi hosil qilinadi " -deya ta’kidlaydi.
6
Allalar bolaning beshik qo‘shig‘i sifatida xarakterlanadi. Allalar
onalarning minglab avlodidan bir -biriga o‘tib, sayqal topib kelayapti.
O‘zbek folklorshunosligida qachon paydo bo‘lganligi hozircha
aniqlangan emas. Ammo uning qanday ma’naviy extiyoj tufayli paydo
bo‘lganligini A. Vetuxov
shunday izohlaydi: "Ona o‘zining tug‘ma
sezgirligi bilan bola uchun faqat qo‘shiq kerakligini, tinchlantiruvchi
yorqin va monoton qo‘shiq kerakligini angladi. Shu zaylda alla shakli
yuzaga keldi. O‘sha onalik sezgilari allalarning qanday mazmunga ega
bo‘lishini aytib turdilar: unda ona qalbida qanday ko‘tarinkilik bo‘lsa
hammasi bor".
7
Allalar faqat kuylanadi. Ularni shunchaki aytish
mumkin emas. Biroq alla ohanggi onaning ijro paytidagi holati va
kayfiyati bilan chuqur bog‘liq. Ona kayfiyati ko‘tarinki bo‘lsa
ohangida xush yoquvchi mayin yumshoqlik sezilib turadi. Iztirob
chekayotganida mayus tortuvchi xazinlikka moyil ohang bo‘ladi. Ona
har doim bolasiga yaxshi kayfiyat va ochiq chehra bilan qarashga
6
O‘zbek xalq og’zaki poetik ijodi. Toshkent O‘qituvchi 1990 yil
7
M.Mutalipova Xalq pedagogikasi –o‘quv qo‘llanma- Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
nashriyoti Toshkent - 2011
41
harakat qilgan. Hattoki ko‘nglidagi dardlar o‘zini emas, balki
bolasining taqdirini o‘ylash qiynoqlari ostida kechgan. Birinchi
holatda bolaning serzavq bo‘lib o‘sishiga zamin hozirlansa, ikkinchi
holatda uning ruhan mayuslashuviga asos solinadiki, bu bola
ulg‘ayganda harakterida o‘z asoratini, albatta qoldiradi.
Allalar davr va zamon bilan muhit va sharoit bilan o‘zgarib
sayqal topib shakllanib borgan. Bolaning uyqusini tilab aytgan
allalarda ham, orzu istak, dilda bor hislarini qo‘shib aytayotgan
onaning alla so‘zlarida ham o‘zgarishlar bo‘lgan. Bola uchun allaning
so‘zi emas, kuyi yoqimli va muhimdir. Chunki u hali so‘zni
anglamaydi.
Alladagi so‘zlar ona uchun muhim: ular ona qalbining nidolari.
Bu kuy bola ma’naviy extiyoji qondirilishining dastlabki ta’minlovchi
kuchi sifatida nomoyon bo‘ladi. Chunki allalar har qanday holatda,
ham jismoniy harakat, ham psixik faoliyat bilan uzviy bog‘liqlikda
ijro
etiladi.
Jismoniy
harakat
bolaning
muttasil
o‘sishini,
organizmning chiniqishiga imkon beruvchi muhim vosita bo‘lsa,
allalarning ohangi shu jismoniy rivojlanishni ma’naviy ulg‘ayishga
undaydigan vosita bo‘lib, bola psixik faoliyatini harakatga solishga va
aktivlashtirishga xizmat qiladi.
Allalarning kompozitsion butunligini, so‘z, ohang va harakat
birligi, ularning mantiqiy aloqadorligi nuqtayi nazaridan tekshirish
kerak. Bolalarning harakterlarini ochishda doimo tiniqlik va quvnoqlik
bilan bog‘liq tuyg‘ularini teran ko‘rsatishga xizmat qiluvchi
epitetlarga murojaat qilinadi. Shu niyatda qo‘zichoq, qo‘chqor olqor,
toychoq, saman, toyloq, bo‘toloq, kiyik, serka, bulbul, qizil gul
obrazlarida farzandlari qiyofasiga xos fazilatlarni umumlashtirib
e’zozlaydilar. Allalardan namunalar:
***
Sen bog‘imning bahori,
Sen umrimning nahori.
Sen qalbimning oxori,
Onajoning shunqori, alla-yo, alla.
42
***
Baxmal po‘stin kiyasan, alla-yo, alla,
Zo‘r pahlavon bo‘lasan alla-yo, alla.
Tezroq voyaga yetgin alla-yo alla,
Mehriboning boqasan, alla-yo alla.
Shirin erkam, oppog‘im alla,
Jon dilim ko‘z qarog‘im alla.
Oy ham botdi chirog‘im alla,
Qo‘zichog‘im, alla.
Do'stlaringiz bilan baham: |