Tarbiya usullari.
Ibrat na’muna usuli yaxshi xulq-atvor
o‘rgatish, o‘rni kelganda nasihat qilish, jiddiy tanbeh berish, unga
nisbatan munosabatni o‘zgartirish, ishontirish, jamoatchilikning,
mahallaning ta’siri, rag‘batlantirish kabilardan iboratdir. Har bir ota-
ona tarbiyasining o‘ziga xos nazariy hamda amaliy qonun-qoidalarini
o‘zlashtirib ularga amal qilish lozim. Negaki, oilada bola tarbiyasi
g‘oyat nozik murakkab masala bo‘lib, ota-onadan pedagogik bilim,
katta tarbiyachilik mahorati, bolalarning har birini o‘ziga xos
xususiyatlari haqida tushunchalar bo‘lishini talab etadi.
Ota-onaning namunasi uning oilada, jamoada, mahallada tutgan
mavqeidan kelib chiqadi. Zero, u sog‘lom, jismonan tetik, ongli,
axloqli, xushmuomala, kasbining jonkuyari, vatanparvar, didli
bo‘lishi, mehribon ota yoki ona sifatida atrofdagilar diqqatini o‘ziga
qaratishi, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozonishi shart.
Kattalarga hurmat o‘zbek oilalaridagi an’anaviy tarbiya uslublaridan
biridir. Oilada bolalarni to‘g‘ri tarbiyalash ota-onalarnigina emas,
balki xonadondagi katta yoshli kishilarning namunasi, oila shaxsini
69
shakllantiruvchi, uning dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, jamoa orasida
o‘zini tuta bilishiga tayyorlovchi omildir.
Ota va onaning bir-biriga do‘stona munosabati mehribonligi,
g‘amho‘rligi o‘z navbatida oilada farzandlarining munosabatlarini
normal o‘stirishga yordam beradi. Ona qiziga muloyimlik,
shirinsuhanlik, qizlarga xos bo‘lgan oriyat, uyatchanlik, ibo, iffat kabi
fazilatlarni shakllantirish bilan birga, unga uy-ro‘zg‘or yumushlarini
mukammal o‘rgatmog‘i zarur. Yoki aksincha ma’naviy qashshoq,
yengil-yelpi hayotga ko‘nikib, tubanlik botqog‘iga botib qolgan ayrim
ayollarning ayanchli qismatidan misollar keltirish ham maqsadga
muvofiqdir.
Ota-ona nazokati degan ibora zaminida katta ma’no bor.
Farzandlarga oqilona tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning eng muhim
jihatlaridan biri ayni shu ota-onaning tarbiyachilik nazokatidir.
Tarbiyachilik
nazokati
ota-onadan
o‘g‘il-qizlar bilan to‘g‘ri
munosabatda, iliq muomalada bo‘lishni, ularga hamisha g‘amho‘rlik
ko‘rsatishni, ularning oldiga omilkorlik bilan talablar qo‘yishni, inson
qadr-qimmatini hurmatlashga o‘rgatishni taqozo etadi. Boshqacha
qilib aytganda, ota-onaning murabbiylik nazokati – oila a’zolariga
tarbiyaviy ta’sir o‘tkazishning noyob tuyg‘usi, turmush tajribasida
sinalgan
haqiqiy
mezoni,
muloqotga
kirishishning
me’yori
hisoblanadi. Binobarin, nazokat bu – farzandlar izzat nafsiga
tegmasdan, o‘rtaga hech bir nizo tushirmasdan, ularni ro‘yi rost
tarbiyalashdan iborat ota-onaning tarbiyachilik san’atidir.
Psixolog va sotsiologlarning tekshirishlariga qaraganda, oilaviy
tarbiya kamchiliklari turli-tuman ekanligi dalillab ko‘rsatilgan, ularni
keltirib chiqaruvchi sabablar ochib berilgan:
bolalarga
kattalar
tomonidan
diqqat
e’tiborning
yetishmasligi;
farzandlar bilan muloqotga kirishish istagining mavjud
emasligi yoki xohishning yo‘qligi;
ota-onalar bilan farzandlar o‘rtasida o‘zaro tushuntirishning
yo‘qligi va unga ikki tomonlama intilishing yetishmasligi;
ota-onalarning
o‘g‘il va qizlarga nisbatan qo‘pol
muomalada bo‘lishlari;
ko‘r-ko‘rona otalik va onalik mehr-muhabbatning hukm
surishi va uning barqaror ahamiyat kasb etmasligi;
70
oila davrasida, muhitida doimiy janjallarning qaror
topganligi va ularni kamaytirish uchun intilishning yo‘qligi;
ota-onalarning
barqaror
his-tuyg‘ulari,
kayfiyatlari,
ularning tartibsiz, tasodifiy harakterga ega bo‘lishi;
ota-onalar shaxsiy qiziqishlarining o‘zaro mos tushmasligi
va qarama-qarshiligi;
katta-kichik yoshdagi farzandlar davrasida ota-onalarning
salbiy xulq-atvorlari hamda ularning ichkilikbozliklari, giyohvandligi;
ota-ona
o‘rtasidagi
o‘zaro
tushunmovchiliklarning
surunkasiga davom etishi;
oila muhitida adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, o‘g‘rilik,
tovlamachilik illatlarining namoyon bo‘lishi;
oila turmushining to‘ralarcha qonun-qoidasi, shaxsiy
manfaatdorlikka ruju qo‘yilganligi;
ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy darajalarining
past ekanligi;
oilada yaxshi an’analar, rasm-rusumlar yo‘qligi va ma’lum
qolipdagi salbiy xatti-harakatlarga rioya qilishi kabi qator
kamchiliklar o‘g‘il va qizlarni oqilona tarbiyalashga halal beradi,
ko‘zlangan maqsad sari intilishga g‘ov bo‘ladi.
71
Do'stlaringiz bilan baham: |