Buni bilib qo‘ying!
83
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, shuni ta ’kidlash lozimki,
Jom iy asarlarida ilgari surilgan flkrlar hozirgi davrda inson
tarbiyasida muhim dastur bo‘lib xizmat qiladi.
Yodlab oling!
Abdurahmon Jomiy Temuriylar davri ilm — fani va mada-
niyatining faxri. Sharq m a’naviyatini yangi bir yuksak cho'qqiga
ko‘targan buyuk so‘z san’atkori, ustoz murabbiyidir.
M. Xayrullaev
Bilib qo‘ying!
Agar inson xulqi o ‘zgaruvchan boMmaganida edi, unda aqlning
bilish quw ati befoyda, siyosat hamda ta ’lim-tarbiyaning esa keragi
yo‘q bo'lur edi.
J. D a v o n iy
Davoniyning to ‘liq ismi Jam oliddin M uham m ad Asad-as-
Siddiqiy ad D avoniy bo'lib, 1427-yilda Eronning K azarun
viloyatiga qarashli Davon qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq
ilm -fanga, ayniqsa fiqhshunoslikka qiziqadi va boshlang‘ich
m aktabni qishlog‘ida bitirgach Sherozga kelib, m adrasada yirik
olimlar qo‘lida tahsil oladi. Keyinchalik Sheroz shahrining qozisi
etib tayinlanadi. Q ozilikdan iste’foga chiqqach, m adrasada
mudarrislik qiladi. Ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 1502-yilda
Kazardi shahrida vafot etadi va Davon qishlog‘iga dafn qilinadi.
Tadqiqotchi olimlarning xabar berishicha Eron, Iroq, Hindis-
ton, 0 ‘rta Osiyoning ko‘p shaharlarini kezib, olim lar bilan
uchrashadi, ular bilan falsafaning turli muammolari bo‘yicha bahs
yuritadi.
Maryam Mirhodiyning (tehronlik tarixchi olim) aytishicha,
Davoniy yuksak qobiliyat egasi bo‘lgan, u o ‘zi topgan butun
boyligini ilm — fan ravnaqiga sarflagan.
84
Buni bilib qo‘ying!
Buni yodda saqlang!
Jamoliddin Davoniyning ilmiy merosi juda boy bo ‘lib, o ‘sha
davr olimlari orasida yozgan risola va asarlari k o ‘p fanlarni
o'rganish uchun qo‘llanma vazifasini o ‘tagan.
Asarlari:
1. «Risolayi isboti vojib» (Zaruriyatning isboti haqidagi risola)
2. «Risolat ul — xuruf» (Harflar haqida risola)
3. «Risolayi fi tavjix ul — tanbix» (Majoz talqini haqida risola)
4. «Risola dar ilm ul — nafs» (Ruhshunoslik haqida risola)
5. «Tariqati tarbiyat ul — avlod» (Bolalarni tarbiyalash usuli)
6. «Arznoma» (Q o‘shinni boshqarish mezonlari) kabi asarlari
m a’lum.
J.Davoniy asarlari Xuroson va M ovarounnahrda ham tarqalib,
bu yerda turli ilmiy yo ‘nalishlarga, m a’naviy hayotga ta ’sir
ko‘rsatdi. Davoniyning eng katta yirik asari «Axloqi Jaloliy» asari
bo‘lib bu asar 1470— 1478-yillar orasida yozilgan. Bu asar 1839-
yilda olim V.F.Tompson tom onidan ingliz tiliga tarjima qilingan.
Asar fors tilida yozilgan bo‘lib, qo ‘lyozmasi dunyoning juda
ko‘p kutubxonalarida mavjud.
Bilasizmi?
Asarni J.Dovoniy G ‘arbiy Eron hokimi, O qqo‘yinlilar sulo-
lasi vakili U zun Hasanga bag'ishlagan.
85
«Odamlar birlashib, bir-biriga yondamlashganda boshqalar
to ‘g ‘risida chinakam iga qayg‘uradi, o ‘zaro yordam va aloqa
o ‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash
vositalari tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi
va inson zoti saqlanadi»
Do'stlaringiz bilan baham: |