G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

Oliy O’quv Yurti 
   O‘rta  maktab  bitiruvchilarini  OO‘Yulariga  qabul  qilish  etuklik  attestatida 
to‘plagan  ballari  asosida  amalga  oshiriladi.  O‘qitish  zachet  va  imtihonlar  asosida 
o‘tadi.  OO‘Yuda  o‘qish  diplom  ishi  himoyasi  bilan  yakunlanadi.  Texnika 
OO‘Yularida  injenerlik  imtihonlari  ham  topshiriladi.  Davlat  OO‘Yularining 
obro‘si balandroq. OO‘Yuda ikki bosqichli ta‘lim mavjud: 
-  magistr  darajasini  olish (5 yil);   
-  yoki  listenziat(3  yil)  + magistr  darajasi(2-yil).   
OO‘Yu bitiruvchilarining  kasbiy nomlari 
•  Listenziat  – OO‘Yuda 3-3,5 yil  o‘qigan talaba. 
•  Injener  – Texnika, qishloq xo‘jaligi,  iqtisodiyot OO‘Yulari  bitiruvchisi. 
•  Magistr  – ta‘limning  5 yillik  standart kursini  bitiruvchisi. 
      Ilmiy darajalar va unvonlar: 
 Doktor  –  doktorlik  dissertastiyasini  himoya  qilgan  shaxsga  beriladigan  daraja 
(bizdagi  fan nomzodiga to‘g‘ri keladi). 
Doktor  xabilitovan  –  doktorlik  darajasiga  ega  bo‘lgan,  fanga  ulkan hissa qo‘shgan 
va  yana  bir  ilmiy  ishni  himoya  qilgan  shaxsga  beriladigan  ilmiy  daraja.(bizdagi  fan 
doktoriga to‘g‘ri keladi). 
Polshada  o‘qituvchilarning  xizmat  pog‘onalari  bo‘yicha  o‘sishi  quyidagi 
bosqichlarga ega (ketma-ket  polyakcha nomi bilan): 
•  Yangi  ish boshlagan o‘qituvchi ―stajer o‘qituvchi‖ maqomini  oladi. 


 
88 
•  9  oy  muddatda  staj  o‘tagach,  ―shartnomali  o‘qituvchi‖  maqomiga  ega 
bo‘ladi. 
•  1  yildan  keyin  esa    ―mianovan o‘qituvchi‖ maqomini olish uchun staj o‘tash 
huquqini  oladi. 
•  Staj 2 yil-u,  9 oy davom etadi, so‘ngra gmin  komissiyasi oldida imtihon 
topshiradi. 
•  ―Mianovan  o‘qituvchi‖  maqomini  olgach,  3  yildan  keyin  ―diplomli 
o‘qituvchi‖  maqomi  uchun  staj  qilish  imkoniyatiga  ega  bo‘ladi.  Staj  2 yilu 9 
oy davom etadi va ta‘lim  vazirligi  vakillari  suhbati bilan  yakunlanadi. 
•  ―Diplomli  o‘qituvchi‖  maqomini  olgach,  9  yildan  so‘ng  ―professor 
o‘qituvchi‖  maqomini  olishga  harakat  qiladi  (bu  professorlik  ilmiy  darajasi 
emas). 
O‘qituvchilarning  xizmat  pog‘onalari  bo‘yicha  o‘sishda  xizmat  pog‘onalari 
bo‘yicha  o‘sishning  barcha  bosqichlarida  berilgan  muddatlarga  amal  qilinishi,  bu 
muddatda  kerakli  hujjatlar  tayyorlanishi  va  topshirilishi  lozim.  Staj  paytida 
o‘qituvchi  maktab  direktori  tasdiqlagan  shaxsiy  reja  asosida  ishlaydi.  Barcha  ish 
natijalarini 
hisobotda 
yozib 
boradi, 
keyinchalik 
direktorga 
va 
imtihon 
komissiyasiga  taqdim  etadi.  Xizmat  pog‘onalari  bo‘yicha  o‘sishi  o‘qituvchining 
tegishli  maqomga  ega  bo‘lishi  va  oylik  maoshining  oshishi  bilan  bog‘liq  bo‘ladi. 
O‘qituvchini  ishga  qabul  qilish  va  kasb  imtiyozlariga  ega  bo‘lishi  ko‘p  jihatdan 
uning  maqomiga  daxldor masala sanaladi. 
Polshaning  zamonaviy  ta‘lim  tizimi  bugungi  kunda  katta  yutuqlarga  erishishiga 
xizmat  qilmoqda.  Ammo  ta‘lim  tizimida  ba‘zi  muammo  va  yutuqlari  mavjud. 
Jumladan,  kichik  qishloq  maktablarini  moliyalashtirish  muammosi:  bir  sinfda  25 
o‘quvchi  bo‘lsagina  maqsadli  dotatsiya  beriladi.  Maqsadli  dotatsiya  bo‘lmasa 
gminlar  o‘z  shaxsiy  byudjetlaridan  xarajatlarni  qoplaydilar  shu  bois  kichik  qishloq 
maktablari  yopiladi.    Boshlang‘ich  ta‘limning  1-3-sinflarida  baholash  tizimi 
mavhum  tuzilgan.  Shuningdek,  Umumpolyak  imtihonlarining  kiritilishi  alohida 
regionlardagi  o‘qitish  darajalarini  taqqoslash  imkoniyatini  berdi.  OO‘Yuga  qabul 
qilish  tizimida  korrupsiyaning  yo‘qotilishini  ta‘kidlash lozim. 
  

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish