G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


  Jahon  mamlakatlarida  ta’limni  integratsiyalashtirish  va  kasbga



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

3.2.  Jahon  mamlakatlarida  ta’limni  integratsiyalashtirish  va  kasbga 
yo’naltirish masalalari 
      
 Integratsiyalashtirilgan  o‘quv  dasturlarining  mualliflari  barcha  yondosh  o‘quv 
kurslarini  o‘zak  predmet  va  g‘oya,  atrofiga  jipslashtirishga  harakat  qiladi,  bu 
o‘quvchilarning  ijodiy  tafakkurini  rivojlantirishga  yordam  beradi.  Ammo  bunday 
uslub 
hamma 
vaqt 
ham 
ko‘zlangan 
natijani 
bermaydi. 
Chunki, 
integratsiyalashtirilgan 
o‘quv 
kurslari 
mutlaq 
ko‘pchilik 
o‘quvchilarga 
mo‘ljallangan  bo‘lib, u kimgadir  zarur, kimgadir  keraksiz.   
Bu  muammoni  to‘ldirish,  o‘quvchilarning  u  yoki  by  kursga  bo‘lgan  ehtiyojini 
to‘la  qondirish  uchun  maktablar  alohida  predmetlardan  chuqurlashtirilgan  kurslarni 
tavsiya  etmoqda.  Masalan,  G‘arbiy  Yevropa  maktablarida  15  foiz  o‘quvchilar 
fizika  fanini  chuqurlashtirib  o‘rganishmoqda.  So‘nggi  yillarda  AQSHda  ilmiy 
bilimlarni 
chuqurlashtirib, 
o‘rgatishni 
ta‘minlash 
maqsadida 
integratsiyalashtirilgan  kurslarning  turli  variantlari  ishlab chiqildi.   
Chet  el  tajribasi  shuni  ko‘rsatadiki,  ta‘lim  mazmunini  qayta  qurish  ishida 
shoshma-shosharlikka  yo‘l  qo‘yib  bo‘lmaydi.  Fikrimizcha,  bu  sohadagi  samarali 
yo‘l integratsiya  va ixtisoslashtirishga  asoslangan o‘quv dasturlarini  yaratishdir.   
Iqtisodiy  jihatdan  rivojlangan  mamlakatlarda  mehnat  ta‘limi  hamda  kasbga 
yo‘naltirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlarning  eng  e‘tiborga  moligi,  shu 


 
49 
ta‘lim  sohasi  bo‘yicha  o‘quv  dasturlarini  kengaytirish,  professional  kadrlarga 
etibor  qaratish,  kuchli  moddiy  bazani  barpo  etish  yo‘lidir.  1977  yilda  AQSHda 
qabul  qilingan  ―Mehnat  faoliyatiga  tayyorlash  akti‖ning  asosiy  g‘oyasi ham shunga 
qaratilgan.  Umuman  olganda,  AQSHda  bu  masalaga  munosabat  jiddiy.  Kollejlarda 
kotejlar  qurish,  avtomobillarni  ta‘mirlash,  kompyuterlarni  terish  kabi  amaliy 
faoliyat,  mavjudki,  ular  o‘quv  muassasalariga  ma‘lum  miqdorda  daromad  ham 
keltiradi.   
G‘arpiy Yevropada ham bu sohada o‘ziga xos yangi yo‘nalishlar  paydo bo‘ldi. 
Masalan,  Fransiyada  mehnat  ta‘limiga  ajratilgan  o‘quv  soatlari  1,5  barobar 
oshirildi.  Buyuk  Britaniyada  «Mehnat  ta‘limi  va  kasbga  tayyorlash»  aktiga  (1973 
yil)  muvofiq  maktablar  bir  qanchafaoliyat  sohasi  bo‘yicha  majburiy  kasb-kor 
dasturini  o‘zlashtirmoqda.  
Mehnat  ta‘limida  stajirovka  asosiy  o‘rinda  turadi.    Stajirovka  dasturi  va  u 
amalga  oshiriladigan  korxonani  tanlashda  ota  -  onalar  bilan  kelishib  olinadi. 
Stajirovkalarni  tashkil  qilish  va  amalga  oshirishga  ketadigan  sarf-xarajatlarning 
katta  qismini  sanoatchilar  va  finansistlar  to‘laydi.  Masalan,  Germaniyada  mehnat 
ta‘limi  stajirovkasini  amalga  oshirishga  450  ming  kompaniya  va    korxonalar 
yordam  beradi.  Ular  ichida  kichik  ustaxonalardan  tortib  ―Mersedes  Bens‖  kabi 
ulkan  korxonalar  ham bor.  
Mehnat  ta‘limi  bilan  bir  qatorda  kasbga  yo‘naltirish  ishlari  ham  zamon 
talablariga  hamohang  takomillashib  bormoqda.  
 Kasbga  yo‘naltirish  darslari  barcha  rivojlangan  davlatlarda  mavjud.  Bunday 
darslarda  mehnat  olamidagi  o‘zgarishlar  va  tendensiyalar  bilan  bir  qatorda  kasb -
kor  sohibi  bo‘lish  imkoniyatlari  ham  o‘rgatiladi.  Kasbga  yo‘naltirish  darslarini  fan 
o‘qituvchilari  hamda  maxsus  kasbga  yo‘naltirish  ishlari  bo‘yicha  maslahatchilar 
olib    boradi.  Bundan  tashqari  kasbga  yo‘naltirish  konsultatsiya  punktlari  ham 
mavjud  bo‘lib,  ular  yuqori  sinf  o‘quvchilari  va  ota  -  onalarga  shu  soha  bo‘yicha 
konsultatsiyalar  tashkil  etadir.  Bunday  konsultatsiya  punktlari  maktablar  tarkibiga 
kirmaydi.  Ular   xususiy yoki mehnat  birjalari   tasarrufida  bo‘ladi.  
 Kasbga  yo‘naltirish  ishlarini  tashkil  etishda  korxonalar  amalga  oshirayotgan 
ishlar  ham  e‘tiborga  molikdir.  Ularning  shtatli  konsultantlari  maktablarda  kasbga 
yo‘naltirish  bo‘yicha keng qamrovli  tushuntirish  ishlarini  olib boradilar.  
 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish