G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot


-rasm. Dunyodagi biznes gʻoyalar



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

 
10-rasm. Dunyodagi biznes gʻoyalar
21
Demak, innovatsion gʻoyani shakllantirish bosqichida muammoni hal 
qilishning muqobil variantlari aniqlanadi. Innovatsion gʻoya uzoq vaqt 
21
 www.beboss.ru 
Go'sht qovurish 
uchun lampa 
• Bolani qattiq 
uxlashi uchun 
gadjet 
Itlar uchun 
dushli 
kabina 
• Robot 
kalligraf 
Mushuklar 
uchun 
stomatologiya 
• Pivoni 
sovutish 
uchun 
krujka 


64 
davomida, ishlab chiqish orqali shakllanishi yoki kutilmaganda paydo 
boʻlishi mumkin. 
 
11-rasm. Oʻzbekistondagi biznes gʻoyalar
22
Innovatsion gʻoyalarning paydo boʻlishi ekspert baholash usullari, shu 
jumladan, quyidagi mashhur metodlar yordamida sodir boʻladi 
1. fikrlarni aniqlash usullari (intervyu usuli; soʻrovnoma usuli - 
tanlanma soʻrovlar; senariy yozish va boshqalar); 
2. ijodiy usullar (aqliy hujum, morfologik tahlil; Delfi usuli va 
boshqalar). 
Innovatsion gʻoyani shakllantirishning asosi loyihaning maqsadli 
xususiyatlari hisoblanadi. Kerakli operatsiyalar tarkibini topish jarayonida 
biz tizimlashtirishni, ya’ni yakuniy maqsadlarning tarkibiy elementlarini 
tanlashni amalga oshiramiz. Koʻpgina mualliflarning ta’kidlashicha, 
loyihadagi elementlarni tanlashda ikkita funktsional va muammoli turlarni 
ajrata bilish zarur. 
Loyiha maqsadlarining funktsional taqsimlanishining boshlanishi, uni 
toʻliq va har tomonlama hal qilish uchun zarur boʻlgan operatsion 
elementlarning tarkibini aniqlashdir. Ushbu turdagi tuzilish “maqsadlar 
daraxti” koʻrinishida amalga oshiriladi, bu bir qator darajalarga ega boʻlgan 
ierarxik tizim boʻlib, ular bajarilishini talab qiladigan ketma – ketlikdagi 
batafsil maqsadlardir. Shu bilan birga, har bir keyingi darajadagi maqsadlar 
yuqori darajadagi maqsadlarning bajarilishini ta’minlashi kerak. 
22
elmadad.uz/ideas
 
Avto qismlarida biznes qilish 
Yelimni qayta ishlab chiqarish 
Muhr tayyorlash 
Uyning tashqi devorlarini isitish 
Yarim tayyor mahsulotlarni uy sharoitida tayyorlash 
Bolalar markazini ochish 
Aerodizayn xizmati 


65 
“Maqsadlar daraxti”ni tahlil qilib shuni ta’kidlash mumkinki, 
tanlangan har qanday element, shu jumladan muqobil elementlar uchun, 
ularning ilmiy – texnik darajasini tavsiflovchi va mazmunini ochib beradigan 
yuqori darajadagi eng muhim maqsadli koʻrsatkichlarning cheklangan 
roʻyxati beriladi. 
Bundan tashqari, maqsadli indikatorlarning ehtimoliy qiymatlari 
loyihaning alohida davrlari uchun, har bir element rivojlanishining individual 
prognozlariga asoslangan harajatlar sarfi va me’yori nisbatlarini hisobga 
olgan holda hisoblanadi. Maqsadli koʻrsatkichlar qiymatini belgilashda, 
yuqori darajadagi mos keladigan elementning maqsadli xususiyatlarini 
majburiy ta’minlash zarurligini hisobga olish kerak. “Maqsadlar daraxti” 
elementlariga koʻra, maqsadli xususiyatlarni hisoblash eng yuqori darajadan 
quyiga qarab ketma – ketlikda amalga oshiriladi. 
Shuningdek, “maqsadlar daraxti”ning har qanday elementi uchun 
maqsadli koʻrsatkichlardan tashqari, maqsadlarga erishish uchun maxsus 
shart – sharoitlarni belgilovchi cheklovchi xususiyatlarni topish tavsiya 
etiladi. Ushbu xususiyatlar va ularning qiymatlari formulasi mutaxassislar 
tomonidan loyihaning oʻziga xosligidan kelib chiqib tanlanadi. Cheklovchi 
xususiyatlar loyihani amalga oshirish jarayonida bajarilishi kerak boʻlgan 
talablarni belgilaydi. Shunday qilib, loyihani cheklovchi xususiyatlarning 
tarkibi va ularning sifat qiymatlarini belgilash loyihani amalga oshirishda 
texnik – iqtisodiy asoslashning birinchi va tayanch bosqichi, deb hisoblash 
mumkin. 
Keyingi bosqichda “ishlar daraxti” shakllanib, bu ierarxik tuzilishga 
ega boʻlgan “maqsadlar daraxti”ning vazifalari va tizimini oʻzida ifoda etadi. 
Bu loyiha tuzilishi muammoli jihatidir. “Ish daraxti” – koʻzlangan 
mablagʻlarni olish yoʻllari va usullarini aniqlashi kerak boʻlgan tadbirlar 
majmuidan iborat. Tadbirlarni shakllantirishda ishlar, masalalar, vazifalarni 
quyi darajadan yuqori darajadagi ketma-ketlikda bajarish tamoyilidan 
foydalanish kerak. 
Kerakli amaliyotlar roʻyxatini ishlab chiqish quyidagi ketma -ketlikda 
amalga oshiriladi: 

agar ilmiy asoslar yetarli boʻlmasa, litsenziyalar, uskunalar yoki 
hujjatlarni sotib olish asosida xorijiy davlatlar tajribasidan foydalanish 
imkoniyati oʻrganiladi va chora -tadbirlar rejalashtiriladi; 


66 

ilmiy tadqiqot ishlarining yoʻnalishi va aniq mavzulari boʻyicha 
takliflar ishlab chiqiladi; 

avval yakunlangan ilmiy – tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda 
qoʻllash boʻyicha chora -tadbirlar ishlab chiqiladi; 

an’anaviy uskunalar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish orqali 
maqsadli xususiyatlarni ta’minlash imkoniyati va maqsadga muvofiqligi 
oʻrganiladi. 
Loyihani ishlab chiqishning keyingi bosqichlarida “maqsadlar daraxti” 
ning eng past darajadagi komponentlari boʻyicha tuzilgan va yuqori 
darajadagi tegishli elementlarni yaratish bilan bogʻliq vazifalar va 
bosqichlarga birlashtirilgan ishlar soni qoʻllaniladi.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida, qabul qilingan loyiha variantlari 
uchun belgilangan muddatda maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan 
operatsiyalar roʻyxati tuziladi. 
Innovatsion gʻoyaning shakllanishi doimo marketing tadqiqotlari bilan 
birga olib borilishi kerak. Ushbu bosqichning maqsadi innovatsion 
loyihaning iqtisodiy tuzilmalarga ta’sirini, shuningdek koʻrib chiqilayotgan 
loyihaning maqsad va vazifalari sonini aniqlashdan iborat. Biz har doim ham 
ishlab chiqilayotgan loyihaning yakuniy maqsadlarini aniq belgilay 
olmaymiz, shuning uchun loyihani ishlab chiqish loyihaning yakuniy 
maqsadini miqdoriy aniqlashdan va uni turli xil vaqt oraligʻida amalga 
oshirish uchun oraliq vazifalarni belgilashdan boshlanishi kerak. 
Ushbu maqsad bilan: 

loyiha maqsadli mahsulotining mumkin boʻlgan iste’molchilari 
aniqlanadi; 

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yangi turdagi maqsadli mahsulotlarga 
almashtirish imkoniyatlari va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi tahlil qilinadi; 

loyihani amlga oshirishni xomashyo, energiya manbalari, butlovchi 
qismlar va boshqalar bilan ta’minlaydigan tarmoqlar tuzilmasi oʻrganiladi; 

loyihaning yakuniy mahsulotidan foydalanishning yangi sohalari tahlil 
qilinadi; 

loyihaning iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari oʻrganiladi. 
Mazkur bosqichda odatda innovatsion marketingning umumiy usullari 
qoʻllaniladi. Yakuniy bosqich – marketing tadqiqotlari natijalarida 


67 
loyihaning maqsadli xususiyatlarining miqdoriy qiymatlarini ifodalashdan 
iborat boʻladi. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish