G‘. N. Mahmudov



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

 
Nomi 
BMT EIK ning qoidalariga 
ko‘ra  yoritilganlik, 
lk
 
1   va    5 
8,  20  va  31 
Chegaraviy qiymatlari 
32 dan kam emas  48-240 
Nazorat nuqtalari: 
 
 
O , kamida 
0,9E
max
 
0,8E
max
 
A va  A

 , kamida 
16 
24 
B va  B

 


 
 
5.4.
 
BOSH YORITISH FARALARNING  TUZILISHI
 
 
   Bosh    yoritish    faralar  asosan  korpus,  optik  element  va  rostlovchi  me-
xanizmdan  tashkil    topgan.  Optik  element  tarkibiga  nur  qaytargich,    nur  tar-
qatgich, to‘g‘ri nurlarni to‘suvchi ekran va bir yoki ikki rejimli  yorug‘lik manbai 
kiradi.  Faralarning  optik  elementi  doira  yoki  to‘g‘ri    burchakli  shakl-ga  ega 
bo‘lishi  mumkin.  Avtomobillarda  uzoq  vaqt  davomida  doira  shakli-dagi  faralar 
o‘rnatilib kelib, ularga ikki farali tizim uchun 

178 mm bo‘lgan to‘rt farali tizim 
uchun esa 

146 mm bo‘lgan optik element qo‘llanilgan. 
   MDX da keng tarqalgan Yevropa yorug‘lik taqsimlanish tizimiga  ega bo‘lgan 
doira shaklidagi  FG140 belgili  faraning  tuzilishi 5.8-rasmda keltirilgan. Korpus 
5  ning  ichki    qismidagi    qovurg‘alariga  optik  elementning  tayanch  halqasi 
o‘rnatilgan.  Tanyach  halqaning  chekka  qismida  rostlash  murvatlari  3  ning 
qalpoqchalari  kirishi  mo‘ljallangan    o‘yiqlar  ishlangan.  Murvatlar  korpusga 
mahkamlangan gaykalarga buraladi va faraning yorug‘lik dastasini gorizontal  va  
vertikal  tekisliklarda  

4
0
30

  
burchak doirasida rostlash imkoniyatini beradi. 
   Optik  element  tayanch  halqada  ichki  gardish  1  yordamida  uchta  murvat  14 
bilan  mahkamlanadi.  Optik  elementni  doimo  bir  xil  muayyan  o‘rnashishini 
ta’minlash  uchun  tayanch  halqasi  uchta  nosimmetrik  joylashtirilgan    darchaga 
ega. 
   Metall  shishali  optik  element  fokus  masofasi  27  mm  bo‘lgan  paraboloid 
qaytargich  10,  qaytargichga  elimlangan  tarqatgich    11  va  lampa    2  dan  iborat. 
Qaytargich  po‘latdan  shtampalash  yo‘li  bilan  tayyorlanadi.  Qaytargichni 
korroziyadan  asrash  uchun  avval  uni  yaxshilab  sayqallangan  yuziga  lak  va  lak 
ustidan  vakuumda  bug‘lash  yo‘li  bilan  yupqa  qatlamli  (3-5 
mkm
)  alyuminiy 
qoplanadi.  Alyuminiylangan  yuzni  oksidlanib  qolishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  uchun  u 
maxsus lak bilan qoplanadi.  Alyuminiylangan  yuz,  unga  tushayotgan yorug‘lik 
nurini 90 % gacha qaytarish xususiyatiga ega. 
   Faraning  optik  elementining  paraboloidsimon    qaytargichning  cho‘qqi  qis-
miga  yorug‘lik  manbai  6  o‘rnatilib,    uning  uzoqni  yoritish  tolasi  qaytargich 


 
219 
fokusiga,  yaqinning  yoritish  tolasi  fokusdan  oldinroq    va    yuqoriroqqa 
joylashtiriladi. 
   Hozirgi zamon faralarida  A12-45+40 turidagi oddiy yoki  H4  turdagi galogen 
lampalar ishlatiladi. Tok lampaga shtekker dasta  7 va korpusdan ushlagich 9 dan 
o‘tkazilgan simlar orqali uzatiladi. 
   Fara  lampasining  cho‘g‘lanish  tolalaridan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  chiqqan  yorug‘lik 
nurlar  ta’sirida  ro‘paradan  kelayotgan  avtomobil  haydovchisining  ko‘zini 
qamashishini  kamaytirish  maqsadida  ushlagich  13  ga  parchin  mixlar  yordamida  
to‘suvchi  ekran  12  o‘rnatilgan.  Ekran  sfera  shaklidagi  yupqa  metall  tasmadan 
tayyorlanadi. 
   Optik  elementning  nur  tarqatgichini  odatda  rangsiz  silikat  shishadan 
tayyorlanib, uning  ichki  yuzi  silindrik va sferik linzalar,  prizma va prizmalinza 
shaklidagi nur sindirkich elementlar bilan qoplanadi.  O’tgan asrning 90 yillaridan 
taqsimlagich sifatida polimer materiallar turkumiga taalluqli bo’lgan polikarbonat 
ishlatila  boshlandi.  Bu  faralarning  og’irligini  deyarli  1  kg  gacha  kamaytirish 
imkonini berdi.  
  1960  yillardan  boshlab  avtomobillarda  doira  shaklidagi  faralar  bilan  birga 
to‘g‘ri  burchakli  faralar  ham  tatbiq  topa  boshladi.    Bu  turdagi  faralarning 
konstruksiyasining o‘ziga xos tomoni shundan iboratki, ularda qaytargich sifatida 
yorug‘lik  teshigining  diametri  katta  bo‘lgan  (250  mm  gacha)  kesik  paraboloid 
ishlatilgan.  Bu  qaytargichning  gorizontal  yo‘nalishda  ishlaydigan  qismlarining 
yuzini  ancha  oshishiga  va  yaqinni  yoritish  rejimidagi  yorug‘lik  taqsimlanishini 
sezilarli darajada yaxshilanishiga olib keladi. Bundan tashqari,  to‘g‘ri  burchakli  
faralar  vertikal    o‘lchamlarining  nisbatan  kichik  bo‘lishi  avtomobilning 
aerodinamik  xususiyatlarini  yaxshilaydi,    yonilg‘i  tejamkorligini  oshiradi.    Shu 
bilan birga tayyorlash texnologiyasini nisbatan  murakkabligi,  tannarxi balandligi 
va o‘rnatilish uchun kattaroq joy talab qilinishi bu turdagi  faralarning kamchiligi 
hisoblanadi. 
    To‘g‘ri burchakli  faralarning tuzilishi  5.9-rasmda ko‘rsatilgan. Plastmassadan 
tayyorlangan  korpus  2  ga  gardish  vositasida  murvatlar  bilan  tarqatgich  1 
5.8-rasm. ФГ140 belgili avtomobil farasi 


 
220 
mahkamlangan. Qaytargich  3  prujinaning ichki qismiga uchta sharsimon tayanch 
sharnirlari 10 ga o‘rnatilgan. 
   Sharsimon  sharnir  4  qo‘zg‘almas  tayanch  vazifasini  bajaradi.  Qaytargichni 
gorizontal tekislik bo‘yicha aylantirish, sharnir 7 ni harakatlantiruvchi murvat 6 ni 
burash  hisobiga  amalga  oshiriladi.  Bu  holda  qaytargich,    4    va    5  sharnirlarning 
markazidan  o‘tadigan  vertikal  o‘q  atrofida  buriladi.  Qaytargichning  eng  chekka 
holati shtrix chiziq bilan ko‘rsatilgan. 
   Faraning yorug‘lik dastasining qiyaligi ikkita murvat  8 va  9 bilan rostlanadi. 
Dastlabki  rostlash  murvat  9  bilan  amalga  oshiriladi.  Bunda  qaytargich  4  va  7 
sharnirlar  markazidan  o‘tgan  gorizontal  o‘q  atrofida  buriladi.  Faraning  yorug‘lik 
dastasini qiyalik burchagiga tuzatish kiritish  (masalan, avtomobilning  yuklamasi  
o‘zgarganda),    ya’ni  yorug‘lik  dastasining  vertikal  tekislikdagi  holatini 
o‘zgartirish murvat 8 yordamida amalga oshiriladi. Ba’zi avtomobillarda murvat 8 
haydovchi kabinasidan boshqariladigan yuritma bilan jihozlangan.  
   Oxirgi  vaqtda  avtomobillarda  to‘g‘ri  burchakli  faralar  asosida  tayyorlangan 
blok-faralar (5.10-rasm) tobora keng tadbiq topmoqda. Blok-faralar bitta korpusda 
avtomobilning  oldingi  yorug‘lik  asboblarining  hammasini  yoki  asosiy  qismini 
birlashtiradi.  Blok-faralarning  tarqatgichi  umumiy  yoki  qo‘shma  konstruksiyaga 
ega  bo‘lishi  mumkin.  Blok-faralarni  turli  avtomobillar    uchun    unifikasiya    qilib   
bo‘lmasligi      asosiy    kamchilik   deb    hisoblanadi.  Avtomobilning   o‘ng  va  chap 
tomonidagi blok-faralarni o‘zaro almashtirilib bo‘lmaydi. 
                    
5-9-rasm. To’g’ri burchakli faralarning tuzilishi 
 
 


 
221 
   AQSH,  Yaponiya    va  boshqa 
bir  qator  mamlakatlarda  doira  va 
to‘g‘ri 
burchak 
shaklidagi 
faralarning 
optik 
elementlari 
ajralmas, 
yaxlit 
lampafara 
ko‘rinishida  yasaladi.  Bu  optik 
asboblarning 
qaytargichi 
va 
tarqatgichi 
shishadan 
tayyorlanadi.  Qaytargich  yuzasi 
alyumin  bilan  qoplanadi,  unga 
cho‘g‘lanish  tolalari  o‘rnatiladi. 
Shundan  keyin,  qaytargich  bilan 
tarqatgich 
bir-biriga 
payvandlanadi,    hosil  bo‘lgan 
kolbadan havo so‘rib tashlanib, u 
butunlay kavsharlab qo‘yiladi. 
Dunyoda  yildan-yilga  yonilg‘i 
taqsilchiligi  kuchayib  borishi, 
konstruktorlar 
oldiga 
avtomobillarni 
havo 
oqimiga 
bo‘lgan  aerodinamik  qarshiligini 
kamaytirish  masalasini  qo‘ydi.  
Bu  muammoni  hal  qilish,    avtomobilning  oldingi    qismini  toraytirish  va 
faralarning  balandligini  120...150  mm  dan  60  ...  90  mm  gacha  kamaytirilishini 
talab  qiladi.  Bu  talablar  faraning  konstruktsiyasida    an’anaviy  yorug‘lik-optik 
sxemalarni  ishlatishga  yo‘l  bermaydi,  chunki  bu  holda  yorug‘lik  oqimini  saqlab 
qolish  uchun    qaytargichlarning  chuqurligini  ancha  oshirish  kerak  bo‘ladi  va  bu, 
ma’lum  texnologik  qiyinchiliklarni  tug‘diradi.  Bundan  tashqari,  an’anaviy 
yorug‘lik-optik  sxemalarda  ishlatiladigan    nur  taqsim-lagichlarni  vertikal 
tekislikka  nisbatan  25
o
  dan  ortiq  burchak  bilan  o‘rnatilishi,    ularni  ishini 
buzilishga olib keladi. 
Zarur  yorug‘lik  oqimini  saqlash  va  avtomobilning  aerodinamik  qar-shiligini 
kamaytirishdek bir-biriga qarshi muammolar printsipial yangi konstruktsiyaga ega 
bo‘lgan faralarni ishlab chiqilishiga olib keldi. "Lukas" (Buyuk-Britaniya)  firmasi  
tomonidan faraning yangi konstruktsiyasi taklif qilinib, unda qaytargich ikki yoki 
uchta kesik paraboloidlar yig‘masi  ko‘rinishida  ishlangan. Bu paraboloidlarning  
fokus  masofasi  har  xil  (20  va  40  mm)  bo‘lgani  bilan,  ularning    fokuslari    bir  
nuqtaga keltirilgan. 
   YUqorida  keltirilgan  printsipga  asoslangan  qaytargichlar    "gomofokal" 
qaytargichlar  deb  ataladi.  Gomofokal  yorug‘lik-optik  printsipdan  foydalanib,  har 
xil  fokusli  qaytargichning  alohida  bo‘laklarini  tanlab  olib,  shunday  qaytargich  
yig‘ish  mumkinki,  u  yaqinni    va  uzoqni  yoritish  rejimlaridagi 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish