G‘. N. Mahmudov


Bosim va  siyraklanganlikni  o‘lchash  asboblari



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

4.2.2. Bosim va  siyraklanganlikni  o‘lchash  asboblari 
 
   Avtomobillarda  o‘rnatilgan  bosim  o‘lchash  asboblari  dvigateldagi  va 
gidromexanik  uzatmalardagi  moy,  pnevmatik  tormoz  tizimidagi  havo    bosimini 
nazorat  qilish  uchun  xizmat  qiladi.  Moy  va  havo  bosimini  nazorat  qiluvchi 
asboblari  nosoz  bo‘lgan  avtomobillarni  ishlatish  qat’iyan  man  etilgan,  chunki  bu 
avariya  rejimlarini  yuzaga  keltirishi  mumkin.  Haydovchi  diqqatini  shoshilinch 
tarzda  jalb  qilish  maqsadida,  deyarli  hamma  avtomobillarda  strelkali  manometr 
bilan birga avariya bosimi xabarchisi ham o‘rnatiladi. 
   Hozirgi 
zamon 
avtomobillarida 
kiritish 
kollektoridagi 
havoning 
siyraklanganligini  nazorat  qiluvchi  asbob  -  ekonometr  keng  ko‘lamda 
ishlatilmoqda. Bu asbobdan olgan ma’lumot asosida haydovchi eng kam yonilg‘i 
sarf bo‘ladigan harakat rejimini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
   O‘lchash  usuliga  ko‘ra,    manometrlar  bevosita  ta’sirlanuvchi  (mexanik)  va 
elektr  asboblarga  bo‘linadi.  Bevosita  ta’sirlanuvchi  asboblar  turiga  naychasimon 
prujinali  manometrlar,  elektr  asboblariga  termobimetall  impulsli  va  reostat 
datchikli logometrik manometrlar kiradi. 
   Naychasimon prujinali manometrlarning (4.6-rasm) o‘ziga xos tomoni shundan  
iboratki,  ularda sezuvchi element  naychasimon prujina va ko‘rsatkich bitta qilib 
ishlangan  va  asboblar  paneliga  joylashtirilgan,  nazorat  qilinayotgan  muhitdan 
suyuqlik  yoki  havo  bosimi  ostida  naycha  orqali  sezuvchi  elementga  uzatiladi. 
Naychasimon  prujinali  manometrning  asosiy  elementi    sifatida    elastik    yassi 
naycha    4    ishlatilib  uning  ko‘ndalang  kesimi  asosiy  o‘qlar  X  va  Y  ga  nisbatan 
simmetrik holda yasalgan. Naycha aylana yoyi bo‘ylab bukilgan bo‘lib, bitta to‘la 
tugatilmagan  o‘ramdan  iborat.  Naychaning  bir  uchi  shtuser  7  ga  kavsharlangan 
bo‘lib,  u  orqali  suyuqlik  yoki  havo  nazorat  qilinayotgan  tizimdan  naychasimon 
prujinaga  uzatiladi.  Naychaning  ikkinchi  uchi  tortma  6  ga  biriktirilgan  bo‘lib,  u 
korpus  1  ga  mahkamlangan  uzatma  mexanizmi  orqali  asbob  strelkasi  2  ni 
harakatga keltiradi. Ichidagi bosim ta’sirida naycha kengayadi (ko‘ndalang kesim 


 
187 
o‘lchami Y o‘qi bo‘yicha  kattalashadi, X o‘qi bo‘yicha - kichiklashadi), lekin  A 
va A
1
 yoylarning uzunligi amalda o‘zgarmaydi. Natijada prujina yoyining egriligi 
kamayadi, naycha to‘g‘rilanadi. Naycha to‘g‘rilanish vaqtida tortma 6 va uzatma 
mexanizmi  orqali  strelka  2  ni  harakatga  keltiradi.  Yuritish  mexanizmi  tarkibiga 
tishli  sektor  5  va  tribka  (aylanish  o‘qi  bilan  birga  yasalgan    6  tadan  16  tagacha 
kichik  modulli tishchalarga  ega  bo‘lgan  g‘ildirak)  10  kiradi.  Strelka  o‘qidagi  qil 
prujina  3,  uzatma  mexanizmidagi  tirqishlarning  asbob  aniqligiga  ta’sirini 
kamaytiradi.  Manometr  murvat  9  ni  bo‘shatib,  uzatma  mexanizm  asosi  8  ni 
kerakli tomonga harakatlantirish hisobiga rostlanadi.  
   Oxirgi  vaqtda  avtomobillarda  keng  joriy  qilinayotgan  ekonometrning  tuzilishi 
va ishlash prinsipi ham yuqorida keltirilgan naychasimon prujinali manometrning 
ishlash  prinsipiga  aynan  o‘xshashdir.  Ekonometrlarga  o‘rnatilgan  naychasimon 
prujinalar  bosimdan  emas,  balki  havoning  siyraklanishidan  ta’sirlanadi. 
Ekonometr  shkalasidagi  strelkaning  holatiga  qarab,  tanlangan  harakat  rejimining 
tejamkorligiga baho berish va dvigatelning bir qator nosozliklari haqida ma’lumot 
olishi mumkin.  
   Naychasimon  prujinali  manometrlarning  sezuvchanlik  darajasi  yuqori  bo‘lib, 
ular  o‘lchashni  katta  aniqlik  bilan  ta’minlaydilar.  Shu  bilan  birga,  bu  turdagi 
asboblar  katta  bosimlarga  va  vibratsiyaga  chidamsiz  bo‘ladi.  Shuning  uchun, 
naychasimon  prujinali  manometrlar  asosan,  pnevmatik  tormoz  tizimlarida  tatbiq 
topdi.  Bu  tizimlarda  havo  bosimi  belgilangan  maksimal  qiymatidan  uzog‘i  bilan 
25% gacha  ortishi mumkin.  
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish