G‘. N. Mahmudov


Termobimetall  impulsli  termometr



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

Termobimetall  impulsli  termometr.
  Termobimetall  impulsli  termometr 
datchik va strelkali ko‘rsatkichdan iborat. Datchik (4.1-rasm) konusli rezbaga ega 
bo‘lgan  metall  qobiq 6  ga  mahkamlangan  yupqa  devorli  jez  ballon  9  dan  iborat. 
Datchikning  termobitall  plastinasi  3  asos  izolyatori  8  ga  mahkamlangan. 
Termobimetall plastina umumiy qalinligi 0,25 mm bo‘lgan ikki qatlamdan iborat 
bo‘lib,  ustki  qatlam  issiqlikdan  kengayish  koeffisienti  nisbatan  past  bo‘lgan 
invardan  (36%  nikel  +  63%  temir  va  boshqa  metallar),  pastki  qatlami  esa 
issiqlikdan  kengayish  koeffisienti  yuqori  bo‘lgan  kam  magnitli  po‘latdan 
tayyorlangan. Bimetall plastinaga konstantan yoki manganin simdan tayyorlangan 
qizdiruvchi  chulg‘am  4  o‘ralgan.  Bu  chulg‘amning  bir  uchi  bimetall  plastina 
uchidagi qo‘zg‘aluvchi kontakt 2 bilan ulangan, ikkinchi uchi kontakt sim 5 orqali 
chiqish  qisqichi  7  ga  biriktirilgan.  Qo‘zg‘almas  kontakt  1  datchik  qobig‘i,  ya’ni 
massa bilan tutashtirilgan. 
   Termometrning  ko‘rsatkichi 

  simon  termobimetall  plastina  10  dan  iborat 
bo‘lib,  uning  ishchi  elkasiga  qizdiruvchi  chulg‘am  13  o‘ralgan.  Bimetall 
plastinaning ishchi elkasi strelka 12 ga sharnirli biriktirilgan, termokompensasiya 
elkasi  esa  rostlanadigan  sektor  11  ga  mahkamlangan.  Rostlash  zarur  bo‘lganda 
sektor 11 o‘z o‘qi 14 ga nisbatan harakatlanishi mumkin. 
   Sektor  16  elastik  plastinasi  15  yordamida  strelkani  bimetall  plastina  uchidagi 
ilmoqqa tirab, unga sharnirli asos hosil qiladi. Bu sektor rostlash tishchalariga ega. 


 
182 
   Datchik    va      ko‘rsatkich      chulg‘amlari    tok    manbaiga      ketma-ket    ulanadi  
(4.1-rasm). 
   Termometr  tok  manbaiga  ulanmagan  holda  datchik  kontaktlari  tutash, 
ko‘rsatkich  bimetall  plastinasining  ishchi  elkasi  13  egilmagan  va  strelka  12 
shkalaning chap chekkasida, ya’ni 110
0
C belgi tomonda bo‘ladi. O‘t oldirish kaliti 
ulanganda  datchik  va  ko‘rsatkich  termobimetall  plastinalaridagi  qizdiruvchi 
chulg‘amlardan  tok  o‘ta  boshlaydi.  Datchik  plastinalari  qiziydi,  yuqori  tomonga 
egiladi va kontaktlarni uzadi. Bir necha daqiqadan keyin plastina soviydi va yana 
o‘z holiga qaytib kontaktlarni tutashtiradi va tok yana qizdiruvchi chulg‘amlardan 
o‘ta boshlaydi. Atrof-muhit harorati o‘zgarmas bo‘lganda, datchik kontaktlar ham 
bir  xil  chastota  bilan  uzilib-tutashib  turadi.  Kontaktlarning  tutashib  turish 
vaqtining,  tutashib-uzilish  davrining  umumiy  vaqtiga  nisbati  atrof-muhit 
haroratiga  bevosita  bog‘liq.  Termobimetall  plastina  atrofidagi  muhit  harorati 
qanchalik baland bo‘lsa, u egilib kontaktlarni uzgandan keyin sovushi shunchalik 
qiyin bo‘ladi, kontaktlar tutashgandan keyin esa tez qizib ketadi. 
    O‘t  oldirish  kaliti  ulanib,  termometr  chulg‘amlariga  tok  berilganda, 
dvigatelning  sovitish  tizimidagi,  demak  datchik  atrofidagi  harorat  ham  past 
bo‘ladi.  Bu  holda  datchik  kontaktlarining  tutashib-uzilish  chastotasi  katta  (40 
0

da minutiga taxminan 80-120 marta) va demak, 
I
eff
 
qiymati ham katta bo‘ladi. Bu 
ko‘rsatkichdagi  bimetall  plastinani  ko‘proq  egilishiga  va  strelka  shkalaning o‘ng 
tomoniga, ya’ni past temperaturalar tomonga og‘ishiga olib keladi. 
   Dvigatelning  ish  jarayonida  uning  sovutish  tizimidagi  suyuqlik  isiy  boshlaydi 
va  bu,  albatta  shu  muhitga  joylashtirilgan  datchikning  termobimetall  plastinasiga 
ta’sir  qiladi.  Natijada,  kontaktlar  uzilgandan  keyin  plastinaning  sovush  tezligi 
sekinlashadi, kontaktlarning tutashib-uzulish chastotasi ham kamayadi. (110
0
C da 
minutiga  taxminan  8-10  marta).  Bu  ko‘rsatkich  bimetall  plastinasi  chulg‘amidan 
o‘tayotgan 
I
eff
 
tokni  kamayishiga,  plastina  sovub,  egilgan  holdan  sekin-asta 
4.1-rasm. Termobimetall impulsli termometr 
 


 
183 
to‘g‘rilanishiga  va  strelkani  shkalaning  chap  tomoniga,  ya’ni  yuqori 
temperaturalar tomoniga og‘ishiga olib keladi. 
   Ko‘rsatkichdagi 
termobimetall 
plastinaning 
qizishi 
nafaqat 
uning 
chulg‘amidan  o‘tayotgan 
I
eff
 
tokka  ,  balki  ko‘rsatkich  joylashtirilgan  asboblar 
paneli  atrofidagi  muhit  haroratiga  ham  bog‘liq.  Atrof-muhit  haroratini 
termometrning 
o‘lchash  aniqligiga  ta’sirini  istisno  qilish  maqsadida 
ko‘rsatkichning termobimetall plastinasida termokompensasiya elka mavjud (4.1-
rasmda  u  sektor  11  ga  mahkamlangan).  Asboblar  paneli  atrofidagi  harorat 
o‘zgarganda,  masalan  ortganda,  bimetall  plastinaning  har  ikkala  elkasi  baravar 
egiladi va strelkaning shkalaga nisbatan holati o‘zgarmaydi. 
   Termobimetall  impulsli  termometrlarning  tuzilishi  sodda  va  tannarxi  past. 
Lekin  termometrning  ishonchli  ishlashini  pasaytiradigan,  radioqabulga  xalaqit 
beradigan  kontaktlarning  mavjudligi  bu  turdagi  termometrlarning  jiddiy 
kamchiligi hisoblanadi. Bundan tashqari, termobimetall impulsli termometrlarning 
o‘lchash  aniqligi  tok  manbaining  barqarorligiga  bevosita  bog‘liq.  Agar  tok 
manbaining  kuchlanishi  biror  sababga  ko‘ra  o‘zgarsa,  termometrning  o‘lchash 
aniqligi keskin kamayadi. 
   Xozirgi  vaqtda  avtomobillarda  yuqorida  keltirilgan  kamchiliklardan  ko‘p 
jihatdan  holi  bo‘lgan  magnitoelektr  (logometrik)  termometrlar  keng  tatbiq 
topmoqda. 
   

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish