1.5. AVTOMOBILLARNING ELEKTR TA’MINOT TIZIMNING
TEXNIK QAROVI
Avtomobil elektr tarmog‘idagi kuchlanishning o’zgarish doirasi belgilangan
qiymatga nisbatan 3% dan ortishi mumkin emasligini e’tiborga olib generator va
kuchlanish rostlagichining ishonchliligiga ancha yuqori talablar qo’yiladi.
Kuchlanish qiymatining tebranishi
5% gacha ortsa lampalardagi yorug‘lik oqimi
20% gacha o’zgaradi, kuchlanishning musbat qiymatlarida esa ularning xizmat
muddati deyarli 2 marta kamayadi. Rostlanayotgan kuchlanishning qiymati
belgilangandan 10…12% ga yuqori bo’lganda akkumulatorlar batareyasining
xizmat muddati 2…2,5 marta qisqarishi aniqlangan.
Generator qurilmasining samarali va ishonchli ishlashi uni dvigatelga yaxshi
mahkamlanishi va yuritma tasmasining tortilish tarangligini belgilangan
me’yorda bo’lishiga ko’p jihatdan bog‘liqdir.
Generator
dvigatelga
yaxshi
mahkamlanmasa
uning
mahkamlash
quloqchalari uzilib tushishi mumkin. Yuritma tasmasining tortilish tarangligi
me’yordan kam bo’lishi uni shkivda sirpanishiga, rotorning aylanishlar chastotasi
va generator ishlab chiqayotgan kuchlanishining pasayishiga olib keladi.
Yuritma tasmasining tortilish tarangligini tekshirish uchun uning generator
va suv nasosi shkivlari o’rtasidagi qismiga belgilangan qiymatdagi kuch bilan
bosiladi. Tasmaning egilish darajasi avtomobilning ishlatish yo’riqnomasida
qo’rsatilgan qiymatga mos kelishi kerak. Masalan ВАЗ avtomobillarining yuritma
tasmasi 10 kg kuch bilan bosilganda 10…15 mm chegarasida egilishi kerak.
Elektromagnit va kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlarining ishonchli
ishlashi ko’p jihatdan prujinalarning tavsifnomasini barqarorligi va kontaktlarning
eroziyaga (metalni bir kontatdan ikkinchi kontaktga ko’chishi) chidamliligi bilan
belgilanadi. Kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlarning
ishonchliligi esa o’rnatilgan elektron asboblarning (tranzistor, stabilitron, diod va
hokazo) sifati va ularni yig‘ish saviyasiga bog‘liq bo’ladi.
Elektr ta’minot tizimiga taalluqli jihozlarning texnik holatini aniqlash va
ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha mo’ljallangan ishlar avtomobilga ikkinchi
texnik xizmat ko’rsatish (TXK-2) vaqtida yoki unga karrali muddatlarda amalga
oshiriladi. Bunda generator, to’g‘rilagich bloki va kuchlanish rostlagichlarining
asosiy ko’rsatkichlari chuqur va har tomonlama diagnostika qilinadi.
94
TXK-1 da elektr ta’minot tizimiga taalluqli barcha asboblar chang, moy va
kirdan tozalanadi. Ularni yaxshi mahkamlanganligi va generator yuritma
tasmasining tortilish tarangligi tekshiriladi va me’yoriga keltiriladi.
Har to’rtinchi TXK-2 da generator dvigateldan yechib olinadi va uning
cho’tka, kontakt halqalarining holati tekshiriladi. Buning uchun avval generator
usti chang, moy va kirdan tozalanadi. Generatorning ichki bo’shlig‘i bosim
ostidagi havo oqimi bilan tozalanadi. Shundan keyin plastmassa cho’tkatutqich
yechib olinadi. Cho’tkatutqichda chutkalarni bemalol yurishi tekshiriladi, ularning
balandligi o’lchanadi, bosib turuvchi prujinaning qayishqoqligi nazorat qilinadi.
Agar cho’tka yaxshi yurmasa cho’tkatutqich devorchalarining ichki yuzi va
cho’tka benzin bilan namlangan yumshoq latta yordamida artiladi. Me’yoridan
ortiq yeyilgan cho’tkalar yangisiga almashtiriladi. Ifloslangan kontakt halqalar
benzin bilan tozalanadi. Diametr bo’yicha 0,5 mm dan ortiq yeyilgan ( ya’ni
ariqcha hosil bo’lgan) halqalar yo’niladi va silliqlanadi.
Generatorlarga texnik xizmat ko’rsatishda podshipniklarni holatiga alohida
e’tibor berish zarur. Generatorning rotori qo’lda aylantirilganda yoki sinov
qurilmasida tekshirilganda begona shovqin paydo bo’lsa generatorni alohida
qismlarga ajratish, no’qsonli podshipnikni aniqlash va uni almashtirish kerak.
Elektromagnit va kontakt-tranzistorli kuchlanish rostlagichlariga generator
bilan birga xizmat ko’rsatiladi. Elektromagnit kuchlanish rostlagichlarida
rostlanayotgan kuchlanish qiymati o’lchanadi, kontaktlarning yemirilish darajasi
aniqlanadi. Me’yoridan ortiq yeyilgan kontaktlar kichkina egovcha yordamida
tozalanadi, siqilgan havo bilan puflanadi va benzin bilan artiladi.
Elektromagnit kuchlanish rostlagichlari ushlab turadigan kuchlanish qiymati
prujinani tortish kuchini o’zgartirish yo’li bilan rostlanadi. Buning uchun maxsus
asbob yordamida prujina mahkamlangan ilgak tepaga (rostlanayotgan kuchlanish
qiymatini kamaytirish uchun) yoki pastga (rostlanayotgan kuchlanish qiymatini
oshirish uchun) bukiladi.
Kontaktsiz-tranzistorli va integral kuchlanish rostlagichlariga texnik xizmat
ko’rsatish ko’zda tutilmagan. Faqat vaqti-vaqti bilan ularning yuzidagi chang va
kirni tozalab turish kifoya.
Akkumulatorlar batareyasiga texnik xizmat ko’rsatish ularni ishchi holatga
keltirish, ishlatish jaryonida belgilangan tadbirlarni o’z vaqtida o’tkazish va
to’g‘ri saqlashni ta’minlashdan iborat.
O’z-o’zini tekshirish savollari
1.
Avtomobillarning elektr ta’minot tizimi qanday tarkibiy qismlardan tashkil
topgan?
2.
Zamonaviy avtomobillarida qanday konstruksiyaga ega bo’lgan
o’zgaruvchan tok generatorlari ishlatiladi ?
3.
Zamonaviy kompakt konstruksiyaga ega bo’lgan generatorlarning
tuzilishini o’ziga xos tomonlarini tushuntiring.
4.
O’zgaruvchan tok generatorlari o’zgarmas tok generatorlariga nisbatan
qanday afzalliklarga ega ?
95
5.
O’zgaruvchan tok generatorining tuzilishini bayon qiling.
6.
O’zgaruvchan tok generatorining elktr tavsifnomalarini chizng va izohlang
7.
O’zgaruvchan tok generatorlarida maksimal tokni cheklash qanday amalga
oshiriladi ?
8.
Kontaktsiz o’zgaruvchan tok generatorlarining tuzillishining o’ziga xos
tomonlarini izohlahg.
9.
Kuchlanish rostlagichlarining qanday turlari mavjud, ularning afzallik va
kamchiliklari ?
10.
Elektromagnit kuchlanish rostlagichining ishlash prinsipini tushuntiring.
11.
Elektromagnit kuchlanish rostlagichining tavsifnomasini yaxshilash
usullarini tushuntiring.
12.
Kontakt-tranzistorli
kuchlanish
rostlagichining
ishlash
prinsipini
tushuntiring.
13.
Kontaktsiz-tranzistorli
kuchlanish
rostlagichining
ishlash
prinsipini
tushuntiring.
14.
Integral kuchlanish rostlagichining tuzilishi va ishlash prinsipini
tushuntiring.
15.
Akkumulatorlar batareyasining tuzilishini qisqacha tushuntiring.
16.
Xizmat
ko’rsatilmaydigan
va
kam
xizmat
ko’rsatiladigan
akkumulyatorlar tuzilishini o’ziga xos tomonlari nimadan iborat ?
17.
Qo’rg‘oshin-kislotali akkumulatorlarda razryadlash va zaryadlash
jarayonlarida qanday fizikaviy-kimyoviy jarayonlar sodir bo’ladi ?
18.
Akkumulatorlar batareyasining sig‘imi nima va u qanday omillarga
bog‘liq ?
19.
Akkumulatorlarning asosiy nosozliklar va ularning kelib chiqish
sabablari ?
20.
Akkumulatorlar batareyasini zaryadlashning qanday usullari mavjud,
ularning afzallik va kamchiliklari nimalardan iborat?
21.
Elektr ta’minot tizimining texnik qarovida qanday ishlar amalgam oshirish
zarurligini tushuntiring.
96
Do'stlaringiz bilan baham: |