192
sifatida kaprondan tayyorlangan
silindrik qalqi 1 ishlatilib, u
pishang 7 bilan birga o‘q 2
atrofida buralishi mumkin. Shu
o‘qning
o‘ziga
reostatning
bronzali sudralgichi 9 mahkam-
langan va u harakatlanganda
reostat chulg‘ami 12
ustida
sirg‘a-ladi. Reostat chulg‘ami 0,2
mm li nixrom simdan tekstolit
taxtacha 10 ga o‘ralgan. Rux
qotishmasidan
tayyorlangan
datchik korpusi ikki bo‘lakdan (3
va 4) iborat bo‘lib, ular bir-biriga murvat 6 yordamida biriktirilgan. Korpusning
ustki bo‘lagi 4 dagi chiqish qisqichi 5 ga reostat chulg‘amining bir uchi 11
ulangan. Reostat sudralgichi sim halqa 8 yordamida datchik korpusiga ulangan.
Yonilg‘i sathi kamaysa datchik qalqisi pastga tushadi va u bilan birga sudralgich
ham buralib reostat qarshiligini kamaytiradi.
KaмАЗ avtomobillariga o‘rnatilgan БM158-A belgili datchik boshqacharoq
tuzilgan bo‘lib, ularga qo‘-shimcha juft kontaktlar o‘r-natilgan. Bu kontaktlar
tuta-shganda, asboblar panelida (odatda yonilg‘i sathi ko‘r-satkichining ichida)
signal lampa yonadi va haydov-chini yonilg‘i tugayotganli-gidan ogoh qiladi.
ВАЗ avtomobillariga o‘rnatilgan datchiklari ham shunga o‘x-shash tuzilishga ega.
Elektromagnitli ko‘rsatkich (4.13-rasm) asos 4 ga mahkamlangan yumshoq
po‘lat o‘zakli bir-biriga nisbatan 90
0
burchak ostida joylashtirilgan ikki g‘altak 5
va 7 dan iborat bo‘lib, ularning usti qutb poynaklari 6 va 8 bilan qoplangan.
G‘altaklarning o‘qlari kesishgan nuqtada joylashgan o‘qda ko‘rsatkich strelkasi 2,
jez posongi 1 va po‘lat yakorcha 10 mahkamlangan. O‘t oldirish kaliti 5
ulanganda tok akkumulatorlar batareysidan ampermetr va ko‘rsatkichning
B
qisqichi orqali g‘altak 5 dan o‘tadi, keyin ikki zanjirga bo‘linadi: g‘altak 7 orqali
korpusga va datchik reostati 9 orqali korpusga.
G‘altaklar 5 va 7 dan tok o‘tganda, ular atrofida
magnit maydon hosil bo‘ladi. Bu ikkala magnit
maydonlarning o‘zaro ta’sirida hosil bo‘lgan
natijaviy magnit maydon po‘lat yakorchani va u
bilan birga strelkani o‘z magnit kuch chiziklari
bo‘ylab yo‘naltiradi.
Yonilg‘i
sathi o‘zgarganda datchik
reostatining qarshiligi ham o‘z garadi. Natijada 5
va 7 g‘altaklardan o‘tayotgan tok va ularda hosil
bo‘la-yotgan magnit maydonlarning o‘zaro ta’siri
o‘zgaradi. Bu, natijaviy magnit maydon va unga
mos ravishda strelkaning holati o‘zgarishiga olib
keladi. Asbob tok manbaidan ajratilganda, posongi
1 strelkani dastlabki holatiga qaytaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: