G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/126
Sana25.02.2022
Hajmi3,11 Mb.
#463247
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

qaytar tormozlanish
deb ataladi. 
Lateral tormozlanish qaytar tormozlanishning bir ko‗rinishi hisoblanadi. 
Renshou neyronlari ishlayotgan motoneyrongagina emas, balki qo‗shni motoneyron 
hujayrasining 
postsinaptik 
membranasiga 
va 
motoneyronning 
tanasiga 
bog‗lanayotgan boshqa aksonning presinaptik membranasiga ham tutashadi. Natijada 
qo‗shni hujayralarda tormozlanish paydo bo‗ladi. Bunday postsinaptik va presinaptik 
tormozlanishlar ishlayotgan neyronning yonidagi neyron elementlarida paydo
bo‗lganligi uchun ularni 
lateral tormozlanish
deb ataladi. 
Markaziy tormozlovchi sinapslar va mediatorlar. Presinaptik va postsinaptik
tormozlanishlar. Somatik va vegetativ asab tizimining efferent neyronlari
impulslarni qayta ishlash va integrasiyalashdan tashqari ularni effektor azolarga 
uzatadi. Impulslarni uzatish sinaptik apparatlarning mediatori bilan postsinaptik
membranadagi maxsus reseptor ishtirokida amalga oshadi. Sinaptik jarayonlar
sababli postsinaptik membrananing o‗tkazuvchanligi o‗zgaradi. Unda 
depolyarizasiya, yoki giperpolyarizasiya potensiali paydo bo‗ladi. Depolyarizasiya 
potensialini hosil qiluvchi neyronlarni qo‗zg‗atuvchi, giperpolyarizasiya potensialini 
hosil qiluvchisini esa tormozlovchi neyron yoki tormozlovchi sinapslar deb ataladi.
Bitta neyronda ikki xil sinaps bo‗lishi ham mumkin. 
Tormozlovchi neyron mediatori ta‘sirida postsinaptik membranani 
giperpolyarizasiyalanishi 
postsinaptik tormozlanish
deb ataladi. Akso-aksonal 
sinapsning presinaptik membranasidan mediatorni kam ajralishi tufayli paydo 
bo‗lgan tormozlanish 
presinaptik tormozlanish
deb ataladi. Presinaptik tormozlanish 
asosan MATda, postsinaptik tormozlanish esa orqa miya va bosh miyaning turli 
bo‗limlarida uchraydi. MAT da postsinaptik tormozlanish juda muhim rol o‗ynaydi.
Afferent neyron ta‘sirlansa mushakni innervasiyalovchi motoneyronda
qo‗zg‗alish paydo bo‗lishi bilan birga antagonistik mushak motoneyronida
tormozlanish paydo bo‗ladi. Ta‘sirot sababli antagonist motoneyronda sodir bo‗lgan 
giperpolyarizasiya potensiali tormozlovchi postsinaptik potensial deb ataladi. 


19 
Tormozlanishning bu turi hujayra somasi va dendritlari membranasining 
qo‗zg‗aluvchanligini pasayishidan hosil bo‗ladi. Tormozlovchi postsinaptik potensial 
o‗zining vaqt tavsifi bilan qo‗zg‗aluvchi postsinaptik potensialining aksi emas
chunki uni latent davri katta. Tormozlovchi mediatorlar ta‘siridan postsinaptik 
membrananing kaliy va kalsiy kationlarini o‗tkazuvchanligi kuchayadi.
Membrananing manfiy zaryadlangan teshiklari faqat kationlarni o‗tkazib 
yuboradi, anionlarni o‗tishiga esa yo‗l qo‗ymaydi. Tormozlovchi postsinaptik 
potensialning faol fazasida hujayra tormozlangan holatda bo‗ladi. Tormozlovchi 
sinapslardan mediatorning ajralishi qo‗zg‗aluvchi sinapsdagiga o‗xshaydi. Tuzilishi 
jihatidan farqlanmaydigan oddiy sinaptik pufakchalarda tormozlovchi mediatorlar 
bo‗ladi. Ular qatoriga gammaaminomoy kislota, glisin, dofamin, gistamin, serotonin, 
glutamin kislota va boshqalarni kiritish mumkin. 
Agar birorta efferent asab ta‘sirlanganidan keyin (bu vaqtda motoneyronda 
tormozlovchi postsinaptik potensial hosil bo‗lmasa ham) mushak dukcha afferentini 
ta‘sirlansa motoneyronda hosil bo‗layotgan qo‗zg‗atuvchi postsinaptik potensialning
amplitudasi kamayib ketishi kuzatiladi. Bu mediator ajralishining kamayishi sababli 
bo‗layotgan tormozlanish 
presinaptik tormozlanish 
deb ataladi. 
Afferent asab ta‘sirlangandan keyin motoneyron ta‘sirlansa, presinaptik 
ta‘sirlanish sababli, monosinaptik refleks 15-20 ms o‗tgach tormozlanadi va 100–150 
ms o‗tgach, qayta tiklanadi. Akso-akson sinapsni faollashuvining postsinaptik 
membranasini 
depolyarizasiyaga 
olib 
keladi. 

birlamchi 
afferentning 
depolyarizasiyasi deb ataladi. 
Postsinaptik membrananing depolyarizasiyalanishi presinaptik membranadan 
mediator ajralishini kamayishiga olib keladi. 
Presinaptik 
tormozlanish 
vaqtida 
ajralayotgan 
mediatorni 
kamayishi 
presinaptik harakat potensiali amplitudasining kamayishiga bog‗liq. Sust elektronik 
tarqalayotgan harakat potensiali asab uchlaridan mediatorlar ajralishini ko‗paytirib 
yuboradi, yoki aksincha, batamom to‗xtatib qo‗yadi. Buning oqibatida asab tolalari 
uchida to‗liq blokada sodir bo‗ladi. 


20 
MAT ning asosiy vazifasi organizm faoliyatini integrasiyalashdan iborat 
ekanligini Ch. Sherrington (1906) ko‗rsatgan. Integrasiya reflektor yo‗l bilan amalga 
oshadi. MAT va uning neyronlari tomonidan qo‗zg‗alish impulslarni qabul qilish, 
xotira asosida ularni qayta ishlash, jumladan reflektor faoliyatini rejaga solish, 
boshqarish va nazoratga yo‗naltirilgan buyruq impulslarni hosil qilish kabi vazifalar 
MAT tomonidan umumlashtirilgan integrasiya deb ataladi. Asab tizimining 
integrasiyalash (lotincha ―integration‖ - umumlashtirish, tiklash) qobiliyati murakkab 
tizim tomonidan amalga oshiriladi. Bu tizim MAT ning ma‘lum qismi emas, uning 
bo‗limlarini o‗zaro uyg‗unlikda ishlashidan iborat. Bu esa organizmning tashqi va 
ichki muhitda ro‗y beradigan barcha o‗zgarishlar ta‘siriga organizmning reflekslar 
orqali moslashishini ta‘minlaydi. 
MATning integrasiya xususiyati neyronlarning konvergensiya va 
divergensiya qobiliyatiga, postsinaptik membranalarni geterokimyoviy sezgirligi va 
neyronlarni ta‘sir izlarini saqlab qolish xususiyatiga bog‗liq. Refleks halqasi deganda 
refleksni amalga oshiradigan va reflektor javob harakteri va kuchi haqidagi 
ma‘lumotni MATga uzatuvchi barcha tuzilmalarning uyushmasi tushiniladi. Refleks 
halqasi refleks yoyidan tashqari effektor a‘zodan, MAT ga javob natijasi haqidagi 
ma‘lumotni uzatuvchi teskari yo‗nalishli afferentasiyani ham o‗z ichiga oladi. 
Ekstrafuzal (kapsula sirtidagi) va intrafuzal mushak tolalari b- va g-motoneyronlar 
bilan nervlantirilgan. g-motoneyronlar orqali ekstrafuzal mushaklar qisqarishi 
ta'minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dukchalarning ikkala uchiga kelib 
tushadi. Bu asab orqali dukchalar, b-neyronlar orqali esa ekstrafuzal mushaklar 
qisqarishi ta‘minlanadi. g-motoneyron orqali qisqargan dukchalarning reseptorlarida 
hosil bo‗lgan impulslar 1- va 2-afferent asablar vositasida markazga uzatiladi. 
Natijada yoyiluvchi mushak refleksi kelib chiqadi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish