G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va


Asab to‘qimasining asosiy xususiyatlari



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Asab to‘qimasining asosiy xususiyatlari. 
Asab tizimi asab to‗qimasidan
hosil bo‗lib, uning asosiy funksional birligi neyron hisoblanadi. Uning asosiy 
xususiyatlari: 
qo‘zg‘aluvchanlik, qo‘zg‘alish, qo‘zg‘alishni o‘tkazish, reflektor 
reaksiyalarda ishtirok qilishdan
iborat. 
Qo‗zg‗aluvchanlik. 
Neyronlar, 
barcha 
tirik 
hujayralar 
kabi 
qo‗zg‗aluvchanlikka, ya‘ni qo‗zg‗atuvchilar yoki rag‗batlar deb ataladigan atrof-
muhitning omillari ta‘siri ostida yoki ularning holatini buzilishi oqibatida tinch 
holatdan faol holatga o‗tish qobiliyatiga ega. Turli ta‘sirlarga javoban organizmning 
strukturasi, funksiyalari va uning hujayralarini o‗zgarishi biologik reaksiya deb 
ataladi. Hujayralarning reaksiyasi, ularning shakllari, strukturasi, o‗sishi va bo‗linish 
jarayonlarining o‗zgarishida, ularda turli kimyoviy moddalarni hosil bo‗lishida, 
potensial energiyani kinetik energiyaga aylanishida, u yoki bu ishni bajarishda 
(bo‗shliqda harakatlanish, moddalar ajratishda va h.k.) namoyon bo‗ladi.
Neyron uchun, uning faoliyat ko‗rsatishini chaqiruvchi tabiiy qo‗zg‗atuvchi 
asab impulsi hisoblanadi. Bu impulslar boshqa neyronlardan yoki tashqi va ichki 
muhitning jismoniy, fizik va kimyoviy signallarni anglash uchun ixtisoslashgan 
hujayralaridan, ya‘ni reseptorlardan kelib tushadi. 
Tirik hujayralarning yoki bir butun organizmning qo‗zg‗atuvchisi sifatida 
organizm tashqi yoki ichki muhitining har qanday o‗zgarishi bo‗lishi mumkin, agar u, 
yetarlicha katta bo‗lsa, yetarlicha tez paydo bo‗lsa, yetarlicha uzoq muddat davom 
etsa. Qo‗zg‗atuvchilar fizikaviy - harorat, mexanik ta‘sir (zarb, ukol, bosim, 
harakatlanish, tezlashish) bo‗lishi, elektrik va yorug‗lik, fizik-kimyoviy – osmotik 
bosimning o‗zgarishi, muhitning va elektrolit tarkibning faol reaksiyasi bo‗lishi 



mumkin. Kimyoviy qo‗zg‗atuvchilarga turli tarkibga va xususiyatlarga ega bo‗lgan 
ko‗pchilik moddalar kiritiladi. Fiziologik mohiyatiga ko‗ra qo‗zg‗atuvchilar adekvat 
va noadekvatlarga bo‗linadi. 
Adekvat qo‘zg‘atuvchilar
– ma‘lum bir biologik 
strukturaga tabiiy sharoitda ta‘sir ko‗rsatadiganlar hisoblanadi. Ularni anglashga 
ushbu biologik struktura maxsus moslashgan va ularni sezishga unda qobiliyat juda 
yuqori. Ko‗z to‗rining tayoqchalari va kolbachalari uchun adekvat qo‗zg‗atuvchilar 
bo‗lib, quyosh spektri ko‗rinadigan qismining nurlari, tilning ta‘mni sezuvchi 
so‗rg‗ichlari uchun – turli xil kimyoviy moddalar va h.k. hisoblanadi. 
Noadekvat
qo‘zg‘atuvchilar
– shunday qo‗zg‗atuvchilarki, ularni anglash uchun ma‘lum bir 
hujayra yoki a‘zo maxsus moslashgan bo‗lmaydi. Masalan, mushakni kislota, elektr 
toki, behosdan cho‗zilishi va h.k. ta‘siri ostida qisqarishi. 
Qo‗zg‗alish. Asab va mushak to‗qimalarining hujayralari qo‗zg‗atuvchiga 
nisbatan tezkor reaksiyani amalga oshirishga maxsus moslashgan. Ushbu 
to‗qimalarning hujayralari 
qo‘zg‘aluvchan
deb, ularni qo‗zg‗atuvchiga nisbatan 
javob berish qobiliyati esa 
qo‘zg‘alish
deb ataladi. Qo‗zg‗alish o‗lchovi bo‗lib, uni 
chaqira oladigan qo‗zg‗atuvchining minimal kuchi xizmat qiladi. Bu 
qo‗zg‗aluvchanlikning bo‗sag‗asidir. Reaksiyani chaqirish uchun talab qilinadigan
qo‗zg‗atuvchining minimal kuchi qanchalik katta bo‗lsa, qo‗zg‗aluvchanlik 
bo‗sag‗asi shunchalik yuqori va qo‗zg‗alish shunchalik past bo‗ladi, va aksincha, 
qo‗zg‗aluvchanlik bo‗sag‗asi qanchalik past bo‗lsa, qo‗zg‗alish shunchalik yuqori 
bo‗ladi. Turli qo‗zg‗atuvchilarga nisbatan qo‗zg‗aluvchanlik bo‗sag‗asi turlicha 
bo‗lishi mumkin. Reseptorlarning qo‗zg‗alishi, adekvat qo‗zg‗atuvchilarga nisbatan, 
ayniqsa, yuqori bo‗ladi. 
Qo‗zg‗aluvchan hujayralar uchun qo‗zg‗atuvchilarning ta‘siriga reaksiya 
qilishning o‗ziga xos shakli xarakterlidir: ularda to‗lqinsimon fiziologik jarayon 
paydo bo‗ladi. Qo‗zg‗alish – murakkab biologik reaksiya bo‗lib, fizikaviy, fizik-
kimyoviy va funksional o‗zgarishlarda namoyon bo‗ladi. Barcha hujayralarda 
sitoplazma va tashqi muhit o‗rtasida, ya‘ni hujayra tashqi membranasining ikkala 
tomonida potensiallar farqi mavjud. Hujayra membranasi, shunday qilib, qutblangan 



hisoblanadi - uning ichki yuzasi tashqi yuzasiga nisbatan manfiy zaryadlangan. 
Ushbu farq membrananing tinchlik potensiali (MP) deyiladi. Uning kattaligi bir 
necha o‗nlab mV ga teng. Potensiallarning bunday farqlari sababi, hujayra ichida – 
sitoplazmasida va hujayra tashqarisida – o‗rab turgan to‗qima suyuqligidagi ionlar 
konsentrasiyasining tengsizligidir. Sitoplazmada, to‗qima suyuqligidagiga nisbatan 
30-50 marta ko‗p kaliy ionlari va 8-10 marta ko‗p natriy ionlari mavjud. Tinch 
holatda hujayra membranasi natriy ionlari uchun kam o‗tkazuvchan, kaliy ionlari 
uchun esa o‗tkazuvchan bo‗ladi va ushbu ionlarni membrana orqali o‗tishi MP ni 
belgilaydi. Qo‗zg‗aluvchan hujayralarda qo‗zg‗alish paytida natriy ionlariga ayrim 
hujayralarda kalsiy ionlariga nisbatan membrananing o‗tkazuvchanligi ortadi. Ushbu 
musbat zaryadlangan ionlarni hujayra ichiga o‗tishi MPni pasayishiga (membranani 
qutbsizlanishi) va hattoki qarama-qarshi belgili potensiallar farqini namoyon 
bo‗lishiga olib keladi. Qo‗zg‗alish paytida potensiallar elektrli farqining o‗zgarishi 
harakat potensiali (HP) deyiladi. Qo‗zg‗alish – portlaydigan jarayon bo‗lib, 
qo‗zg‗atuvchining ta‘siri ostida membrana o‗tkazuvchanligining o‗zgarishi natijasida 
paydo bo‗ladi. Ushbu o‗zgarish, boshida, nisbatan uncha katta emas va qo‗zg‗atuvchi 
ta‘sir qilayotgan joyda uncha katta bo‗lmagan qutbsizlanish (depolyarizasiya), MP ni 
uncha katta bo‗lmagan kamayishi bilangina birga sodir bo‗ladi va qo‗zg‗aluvchan 
to‗qima bo‗ylab tarqalmaydi (mahalliy qo‗zg‗alish). Potensiallar farqining 
o‗zgarishlari kritik – bo‗sag‗a – darajasiga yetgach, ko‗chkisimon ortib boradi va 
tezlik bilan asabda soniyaning o‗n mingdan bir necha ulushida maksimumga erishadi. 
Birlamchi 
potensiallar 
farqining 
(PF) 
tiklanishi 
– membrananing 
repolyarizasiyasi – avvaliga hujayradan kaliy ionlarini chiqishi hisobiga amalga 
oshadi, keyinchalik natriy-kaliyli nasos hisobiga sitoplazma va hujayrani o‗rab turgan 
muhit o‗rtasidagi ionli konsentrasiyaning tengligi tiklanadi (kaliy ionlari hujayraga 
qaytadan kiradi, natriy ionlari esa undan chiqadi). Ushbu tiklanuvchi jarayon ma‘lum 
bir energiyani sarflanishini talab qiladi. Ushbu energiya moddalar almashinuvi 
jarayoni tufayli yetkazib beriladi. 
Hujayraning qo‗zg‗alish momentidagi – membrananing maksimal 



qutbsizlanishi davridagi xarakterli xususiyati – uni yangi qo‗zg‗atuvchiga javob bera 
olmasligi hisoblanadi. Hujayraning, unga qo‗zg‗atuvchi ta‘sir ko‗rsatgan vaqtidagi 
qo‗zg‗almaslik holati 
refrakterlik
deyiladi. 
Tirik hujayraning qo‗zg‗atuvchi ta‘siriga qo‗zg‗alish shaklidami va u bilan 
bog‗liq elektrli reaksiya bilanmi yoki qisqarish shaklidami yoki sekretlar sintezi 
bilanmi, bu hodisa doimo, ayrim yashirin yoki latent davrdan keyin sodir bo‗ladi. 
Bunday nom bilan, qo‗zg‗atuvchining ta‘sirining boshlanishi va uning ta‘siriga 
to‗qimaning javob reaksiyasi o‗rtasidagi davr nomlanadi. 
Reflektor reaksiyalar. Asab tizimi mavjud hayvonlarda o‗ziga xos, alohida 
tipdagi reaksiyalar - reflekslar rivojlangan. 
Reflekslar
- organizmning MAT 
ishtirokida sodir bo‗ladigan javob reaksiyalaridir. 
MAT ga periferiyadan yoki reflekslar paytida bir neyrondan ikkinchisiga 
o‗tkaziladigan impulslar nafaqat qo‗zg‗alishni, balki tormozlanishni ham 
chaqiradilar. Ushbu jarayon asabli faollikni tugatilishi yoki susayishi bilan 
xarakterlanadi, u qo‗zg‗alishni bostiradi va uni paydo bo‗lishiga qarshilik ko‗rsatadi. 
Tormozlanish, asab impulslari ta‘siri ostida periferik a‘zolarda (yurak, jigar, ichaklar, 
bezlar) ham paydo bo‗lishi mumkin. Bu holatda u, faoliyatni tugatilishida yoki 
susayishida, ya‘ni mushakning qisqarishida, bezlarning sekret ishlab chiqishida 
namoyon bo‗ladi. MAT ning neyronlar joylashgan uchastkalari, biron-bir faoliyatni 
amalga oshiruvchi (bosh miya va orqa miya uchastkalari), ularga ma‘lum bir periferik 
reseptorlardan impulslar keluvchi va ular impulslarni periferik a‘zolarga uzatuvchi 
uchastkalar - 
asab markazlari
deb ataladi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish