G. M. K. Djabbarova, Z. A. Mamatova, U. R. Yusupova, I. I. Karimova, S. O. Mirzakulov oliy nerv faoliyati va



Download 3,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/126
Sana28.06.2022
Hajmi3,11 Mb.
#712626
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126
Bog'liq
fayl 1865 20210918

Reflekslarning turlari. 
Reflekslar yoki reflektor aktlar juda xilma-xilligi bilan 
farq qiladi. Reflekslarni bir qancha belgilariga qarab turli guruhlarga ajratish, 
klassifikasiyalash mumkin. 
1.
Biologik ahamiyati bo‗yicha: 
ovqatlanish, mudofaa, jinsiy, chamalash, 
pozali-tonusli
(fazoda gavdani tutish reflekslari), 
lokomotor
(fazoda tanani 
harakatlantirish reflekslari). 
2.
Mazkur reflektor aktini chaqiradigan qo‗zg‗atuvchi reseptorlarni joylashishi 
bo‗yicha: 
eksteroreseptiv refleks
– tananing tashqi yuzasidagi reseptorlarni 
ta‘sirlanishi, 
vissero- 
yoki
interoreseptiv refleks
– ichki a‘zo va tomirlardagi 
reseptorlar ta‘sirlanganida paydo bo‗ladigan reflekslar, 
proprioreseptiv (miotatik) 
refleks
– skelet mushaklari, bo‗g‗imlar, pay reseptorlari ta‘sirlanganida paydo 
bo‗ladigan reflekslar. 
3.
Refleksda ishtirok etadigan neyronlarni qaerda joylashganligi bo‗yicha: 
spinal reflekslar
– neyronlar orqa miyada joylashgan, 
bulbar reflekslar
– albatta 
uzunchoq miya neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar, 
mezensefal 
reflekslar
– o‗rta miya neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar, 
diensefal 
reflekslar
- oraliq miya neyronlari ishtirok etadi, 
kortikal reflekslar
– bosh miya katta 
yarim sharlari po‗stlog‗i neyronlari ishtirokida amalga oshadigan reflekslar. 
Shuni aytish lozimki, markaziy asab tizimining yuqori bo‗limlarida joylashgan 
neyronlar ishtirokida amalga oshadigan reflekslarda har doim quyi bo‗limlar – oraliq, 
o‗rta, uzunchoq va orqa miyada joylashgan neyronlar ham ishtirok etadi. Boshqa 
tomondan esa, oraliq, o‗rta, uzunchoq va orqa miya bilan amalga oshadigan 
reflekslarda asab impulslari MATning yuqori bo‗limlariga yetib boradi. Shunday 
qilib, ushbu klassifikasiya qandaydir darajada shartli hisoblanadi. 
4.
Refleksda qaysi a‘zo ishtirok etishiga qarab qaytariladigan javob reaksiyasiga 
ko‗ra:
 
motor,
yoki 
harakat reflekslari
– ishchi a‘zo bo‗lib mushaklar hizmat qiladi; 


113 
sekretor reflekslar
– bez sekresiyasi bilan tugaydigan; 
tomirlarni harakatlantiruvchi 
reflekslar
– qon tomirlarini torayishi yoki kengayishi bilan kechadigan reflekslar. 
Butun organizmning barcha reflektor aktlari 
shartsiz 
va 
shartli reflekslarga 
bo‗linadi, ularning o‗rtasidagi tafovut quyida ko‗zdan kechiriladi. 
Laboratoriya sharoitida hayvonlar ustida yoki klinikada odam asab tizimining 
kasalliklarida hammadan ko‗p tekshiriladigan bir qadar oddiy reflekslardan 
ba‘zilariga quyidagilar misol bo‗la oladi. 
Baqaning oyoq terisiga igna sanchilsa yoki baqa oyog‗i kuchsiz kislota 
eritmasiga botirilsa, o‗sha oyoq mushaklari refleks yo‗li bilan qisqaradi - baqa oyog‗i 
bukilib, ta‘sirotdan uzoqlashadi. Bu 
bukish refleksidir. 
Baqa tanasining yon terisiga bir parcha filtr qog‗ozini kislotaga ho‗llab bosilsa, 
o‗sha tomondagi oyoqni yaqinlashtiruvchi mushaklar qisqaradi, baqa ta‘sirlangan 
joyini artadi va qog‗ozni uloqtirib yuboradi. Bu refleks 
artish refleksi 
deb ataladi. 
Itning oyoq terisiga elektr toki bilan ta‘sir etilganda ham refleks yo‗li bilan 
bukish harakati yuzaga chiqadi. Yon terisini artish 
qashinish refleksining 
ta‘sirlovchisi hisoblanadi, ta‘sirlanayotgan tomondagi keyingi oyoq tananing yon 
yuzasiga tortiladi va qashinishning ritmik bukish harakatlari ro‗y beradi. 
Odam oyoq kaftining terisiga ta‘sir etilganda oyoq panjasi va barmoqlari refleks 
yo‗li bilan bukiladi — 
oyoq kaftining refleksi
. Sog‗lom bolalar hayotining dastlabki 
oylarida va katta yoshli kishilar markaziy asab tizimining ba‘zi kasalliklarida oyoq 
kaftining terisiga ta‘sir etish natijasida bosh barmoq yoziladi va oyoqning boshqa 
barmoqlari yelpig‗ichga o‗xshash taralib ketadi — 
Babinskiy refleksi 
deb shuni 
aytiladi. 
Mushak payiga bolg‗acha bilan yengilgina urilganda mushakning cho‗zilishi 
uning reflektor qisqarishiga sabab bo‗ladi. Bu 
pay-mushak proprioreseptiv 
refleksidir. 
Jumdalan, 
tizza refleksi 
(son to‗rt boshli mushakining payiga tizza 
ko‗zining pastidan urilganda oyoqning tizzadan keskin yozilishi) va 
Axill refleksi 
(Axill payiga urilganda boldir mushagining keskin qisqarishi) shunday reflekslarga 
kiradi. 


114 
Emadigan bolaning labiga tegish ritmik emish harakatlarining kelib chiqishiga 
sabab bo‗ladi. Bu 
emish refleksidir. 
Halqumning orqa devoriga biron qattiq narsa 
bilan ta‘sir etilganda odam refleks yo‗li bilan qusishi mumkin 
(qusish refleksi). 
Ko‗zning shox pardasiga biror narsa tekkanda ko‗z qovoqlari yumiladi 
(korneal 
refleks). 
Ko‗zga ravshan yorug‗lik tushganda ko‗z qorachiqlari torayadi 
(qorachiq 
refleksi). 
Yuqorida nomi aytilgan reflekslardan ba‘zilari spinal reflekslardir, ya‘ni ular 
yuzaga chiqishi uchun orqa miyani butun bo‗lishi kifoya. Baqa boshidan judo 
qilingach uning oyog‗ini bukish va yon terisini artish reflekslari shunday. Pay-
mushak reflekslari (tizza, Axill reflekslari va boshqalar), oyoq kafti refleksi, sut 
emizuvchi hayvonlar va odamning siydik chiqarish va defekasiya reflekslari ham 
spinal reflekslardan hisoblanadi. Orqa miya bo‗yin yoki ko‗krak segmentlarining 
to‗g‗risidan ko‗ndalangiga qirqib qo‗yilganda ham bu reflekslarni kuzatish mumkin. 
Emish refleksi bilan korneal refleks bulbar reflekslarga (ya‘ni uzunchoq miya 
reflekslarining) misol bo‗ladi, qorachiq refleksi esa o‗rta miya neyronlarining 
muqarrar ishtirokida yuzaga chiqadigan mezensefal refleksga misol bo‗ladi. 

Download 3,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish