O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
E.Yu. SAFAROV, I.M.MUSAEV, X.A. ABDURAXIMOV
G E O A X B O R O T T I Z I MI VA
T E X N O L O G I Y A L A R I
Darslik
TOSHKENT - 2011
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari.
D a r slik .
- Toshkent 2011. - 148 b.
Darslik O ’zbekiston Milliv univyersiteti professori E.Yu. Safarov, Toshkent
irrigastiya
va
meliorastiya
instituti
dostentlari
I.M.Musaev
va
X.A.
Abduraximovlaming umumiy muallifligi ostida nashrga tayyorlangan.
Ushbu darslik ta’lim muassasalarining «Geocieziya, kartografiya va kadastr»,
«Yer tuzish va yer kadastri», «Ekologiya va atrof muxit muxofazasi», «Suv
resurslari va ulardan foydalanish», «Geografiya va gidrometeorologiya»
yo’nalishlari bo’yicha ta’lim olayotgan talabalarga m o’ljallangan bo’lib, unda
Geografik axborot tizimlarida manbalami to’plash, ma’lumotlar bazasini xosil
qilish, mavzuli kartalarni tuzish yo’llari batafsil bayon etilgan.
Darslikdan oliy ta ’lim talabalari, magistrlar, aspirantlar, o ’qituvchilar va
geografik axborot tizimlari bo’yicha tadqiqot ishlarini olib borayotgan ilmiy
xodimlar xam foydalinishlari mumkin.
T a q r i z c h i l a r :
I t Y. Maxamadaliev, O’z MU, geografiya fanlari nomzodi, dostent
F.A..Baraev, TIMI, texnika fanlari doktori,professor
M a s ’ и I m u x a r r i r : geografiya fanlari nomzodi, dostent
A.Egambyerdiev
K I R I S H
Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi -
GIS ishlatiladi) XX asming 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu
tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to ’g’ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20
yil ichida kompyutyer texnologiyasining ancha rivojlanishi bo’Idi. Kartalar
yaratishning "Q og’ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda
i
geografik axborot tizimidan foydalangan xolda kartalar yaratishning kompyutyerli
texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda.
Oddiy qilib aytganda, GISga tabiat va jamiyat ob’ektlari va xodisalari
xaqidagi topografik, geodezik, yer, suv resurslari va boshqa kartografik axborotni
yig’ish, ularga ishlov berish, EXM xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana
qayta ishlashni ta’minlovchi avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks,
deb ta’rif bersa bo’ladi.
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, xotirada saqlash,
yangilash, taxlil qilish va m a’lumotlami kompyuterda yoki etarli darajada tasvir
xususiyatini qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu
jarayonlami bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan
to’plangan tabiiy tarmoqlar xaqidagi keng mazmunli m a’lumotlar bazasiga
tayangan mukammal rivojlangan tizim xisoblanadi.
Xozirgi paytda foydalanish soxalarining kengligi jixatidan GISning tengi
yo’q— u navigastiya, transport, qurilish, geologiya, xarbiy ishlar, iqtisodiyot,
ekologiya va boshqa soxalarda keng qo’llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari
yer tuzishda, turli tizim kadastrlarida, kartografiyada va geodeziyada keng
qo’llanilmoqda, chunki katta xajmdagi statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa
ko’rinishdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz
mumkin emas.
Bugungi kunda ilmiy tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko’plab GISlar
ishlatiladi, lekin ular orasida shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga
Do'stlaringiz bilan baham: |