G. D. Shamsidinova, D. A. Karimova gidroekologiya


III. DUNYO OKEANI. UNING QISMLARI VA OKEAN TUBI RELYEFI



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana09.07.2022
Hajmi0,91 Mb.
#767098
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Gidroekologiya

III. DUNYO OKEANI. UNING QISMLARI VA OKEAN TUBI RELYEFI
Boshqa fanlarda bo’lgani singari okeanshunoslikda ham nazariy va tajriba tadqiqotlari
o’tkaziladi. Ular o’zaro chambarchas bog’langan. Tajriba yo’li bilan olinadigan
kuzatishlarga oid ma’lumotlar sizni qiziqtirayotgan obyekt – okean tuzilishi to’g’risida
yaxlit tasavvur hosil qilish uchun nazariy tafakkurni taqozo etadi. O’z navbatida nazariy
andozalar yanada ko’proq bilimga ega bo’lish uchun keyingi kuzatishlarni qay yo’sinda
tashkil etishda asqotadi.
Yaqin-yaqingacha har narsaga qiziquvchi dengizchilarning yo’l-yo’lakay kuzatishlarini
hisobga olmaganda tadqiqot kemalaridagi dengiz ekspeditsiyasi okeanni tajriba yo’li bilan
o’rganishning asosiy vositasi edi. Bunday kemalar maxsus jihozlar: suvning temperaturasi


kimyoviy tarkibi oqimlar tezligini o’lchaydigan asboblar dengiz tubidan tuproq oladigan
dengiz jonivorlarini tutadigan moslamalarga ega bo’lishi kerak. Dastlabki okeanografik
asboblar kema bortidan metall arqon bilan oddiy chig’ir yordamida suvga tushirilgan.
Katta chuqurliklardagi suvning o’ziga xos xususiyatlarini o’lchash topqirlikni talab qiladi.
Darhaqiqat bir necha kilometr chuqurlikdagi asbob ma’lumotlarini qanday olishi mumkin?
Uni yuzaga ko’tarish kerakmi? Ammo asbob yuzaga ko’tarilayotganda, suvning turli
qatlamlaridan o’tishi oqibatida undagi ma’lumotlar ko’p marta o’zgaradi. Shu sababli
kerakli chuqurlikdagi suv temperaturasini o’lchash uchun to’ntariluvchi termometrdan
foydalaniladi. bunday termometrning “oyog’i osmondan bo’lganida” faqat o’sha o’zi
to’ntarilgan chuqurlik temperaturasidan boshqasini ko’rsatmaydi. Uning to’ntarilishiga
yuqoridan arqon bo’ylab tushirilgan kichik bir chopar yuk signal beradi. Ma’lum bir
chuqurlikdan kimyoviy tahlil uchun suv namunasini oladigan idishning bo’g’zi ham
to’ntarilgan vaqtda yopilib qoladi. Bunday idishlar batometrlar deb ataladi.
Keyingi yillarda okeanshunoslar uzoq vaqt yordam berib kelgan bunday oddiy asboblar
o’rnini tok o’tkazuvchi kabel yordamida chuqurliklarga tushiriladigan elektr moslamalar
egallab bormoqda. Asbob bunday kabel bilan kema bortidagi kompyuterga bog’langan
bo’ladi. kompyuter chuqurlikdan kelayotgan ma’lumotlarni eslab qoladi va qayta ishlaydi.
Ammo okean haqida to’la ma’lumot olish uchun ilgarigi asboblarga nisbatan puxta, aniqva
qulay moslamalar ham yetarli emas. Sababi, dunyo okeani hajmi shu qadar kattaki (Yer
yuzining 71% maydonini ya’ni 360 mln kv km ni tashkil etadi) eng tezyurar kema ham
uning barcha mintaqalarini kezib chiqishi uichun bir necha o’n yillar kerak bo’ladi. bu vaqt
ichida uning suvlari holati atmosfera ob- havo o’zgargani kabi jiddiy ravishda o’zgarib
ketadi. Kuzatishlar vaqti cho’zilib ketgani uchun okean to’g’risidagi tasavvurlar uzuq-
yuluq bo’ladi. Okeanshunoslarga bu borada Yer atrofida bir kecha kunduzda bir necha
marotaba aylanib chiqadigan yoki ekvatorning qaysi bir nuqtasidagi yuksaklikda
“harakatsiz” turib qoladigan sun’iy yo’ldoshlar yordamga keladi. O’sha balandlikdan Yer
yuzasining deyarli yarmi ko’rinadi. Bunday yuksaklikdan okeanni har tomonlama o’lchash
qiyin ammo bu eplasa bo’ladigan ish. Hatto kosmonavtlar kuzatatdigan okean suvining
loyqalanish hodisasi ham uning harakati haqida ko’p narsa berishi mumkin. Oqim bilan
birga ko’chib yuruvchi bo’ylarni (suvda sayozlik, yo’l va h.k ni ko’rsatadigan belgi)
yo’ldoshlardan kuzatish orqali suvning harakatini yavshiroq bilib olish mumkin bo’ladi.
ammo okean yuzasidan chiqayotgan elektromagnit to’lqinlarini qayd etib boorish orqali
ham ko’proq axborot olish mumkin. Yo’ldoshdagi asboblar tutib oladigan to’lqinlarni tahlil
qilib ham okean yuzasi temperaturasi, shamol tezligi, shamol to’lqinlarining balandligi va
okeanshunoslarni qiziqtiradigan boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.
Okean va undagi ekologik holatni aynan ana shu bobda o’rganamiz.

Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish