G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


 ‘quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/201
Sana24.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#578464
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziolagiya

0 ‘quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati
O'quvchi va talabalarning ishchanlik qobiliyati deganda biror bir aqliy 
yoki jismoniy ishni uzoq m uddat davomida oz kuch sarflab, sifatini 
buzmasdan bajarish tushuniladi.
B a ’zi a d a b iy o tla rg a aso slan ib , aqliy ish ch an lik q o b iliy ati 
ko'rsatkichlarini kun davomida o'rganib chiqib alohida davrlarga ajratish 
mumkin, bu o'z navbatida o'qish va mehnat qilish bo'yicha ratsional 
kun tartibi tuzishda eng o b ’ektiv mezon hisoblanadi. Aqliy ishchanlik 
qobiliyati 5 ta davrdan iborat:
104
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. Ishga kirishish davri. Darsda bir necha daqiqa davom etib, o'quvchi 
ish sharoitiga moslasha boradi.
2. Optimal ishchanlik davri. Aqliy mehnatni bajarishning stabillashgan 
davridir. Bunda diqqat dominantasi vujudga keladi.
3. T o 'liq , k o m p e n satsiy a d avri. O ldingi d av rd an farq qilib, 
toliqishning dastlabki belgilari paydo b o ‘la boshlaydi, ammo ularni 
odamning iroda kuchi kompensatsiyalashtirib, yuzaga chiqarmay turadi.
4. B eqaror kom pensatsiya davri. Toliqishning ortib borishi ish 
faoliyatining pasayishi bilan xarakterlanadi, ammo odam iroda kuchi 
bilan m a’lum vaqtgacha aqliy mehnatni talab darajasida davom ettirishi 
mumkin.
5. Mehnat faoliyatining progressiv pasayish davri. Bu davr toliqishning 
tez ortib borishi bilan x arak terlan ad i, bunda bajarilayotgan aqliy 
mehnatning mahsuli va samaradorligi keskin kamayadi. Bu davrlami dars 
davomida, kun, hafta, chorak, yil davomida kuzatish mumkin. Aqliy 
mehnat faoliyatini yuqori darajada saqlay olish mumkinmi degan savolga 
rus olimi N.E. Vedenskiy ijobiy javob bergan edi, uning fikricha aqliy 
m e h n atn in g y u q o ri m ah su ld o rlig in i t a ’m in lov chi s h a ro itla r 
quyidagilardan iborat:
- har qanday mehnatni bajarishga asta-sekin kirishish;
- ish bajarishning optimal ritmini va tartibini tanlash va unga rioya 
qilish;
- ishni izchillikda va ketma-ket bajarishga odatlanish;
- mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil qilish, bir ish turini ikkinchisi 
bilan almashtirib olib borish.
- muntazam ravishda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish tufayli 
aqliy mehnat malakalarini avtomatlashtirish va takomillashtirish hamda 
avtomatik malaka hosil qilish.
Y u q o rid a g i o m illarn in g k o 'p c h ilig i o 'q u v c h ila rn in g ham ish 
qobiliyatini aniqlaydi, ammo ularning eng muhimi o'quv kun tartibiga 
va o ‘z vaqtida dam olishga rioya qilishdir.
Aqliy faoliyat uzoq vaqt davom etaversa, ularning ish qobiliyati asta- 
sekin pasayib, ish sifati yomonlasha boshlaydi, bajarilayotgan ishga 
nisbatan e’tibor kamayadi, o'zlashtirish pasayadi, bo'shashadi, mudraydi. 
Bu holat miyaning ish bajarayotgan markazlaridagi nerv hujayralari 
q o ‘zg‘alish holatidan torm ozlanish holatiga o'tganligini, y a ’ni ular 
charchaganligini ko 'rsatadi. Charchash bu tashqi m uhit bilan miya
105
www.ziyouz.com kutubxonasi


po'stlog'idagi nerv hujayralari o'rtasidagi aloqaning vaqtincha uzilishidir. 
C h archash deganda, miya h u ja y ralarin in g shu bilan birga b u tu n
organizmning ishchanlik qobiliyati pasayishi tushuniladi. Bu fiziologik 
ja ra y o n b o 'lib , to rm o zlan ish n in g oxirgi p o g 'o n a s i h iso b la n a d i. 
Tormozlanish dastlab bosh miya po'stloq qismiga, so'ngra nerv tizimining 
tuban qismlariga tarqalib, organizmni bo'shashtiradi.
D arsd a charchashning birinchi bosqichi faol torm ozlanishning 
bo'shashi bilan bog'liq.
Bu harakatlar o'zgacha ko'rinishda namoyon bo'ladi.
O'quvchilarning o'zlari faol o'quv yo'lidan to'xtagan bo'ladilar -
sinfda ozgina shovqin-suron ko'tariladi. Charchashning bundan keyingi 
ikkinchi bosqichi qo'zg'alish protsesslarining bo'shashi, bilan birga davom 
etadi. Tormozlanish protsesslari qo'zg'alish protsessidan ustun turadi.
I.P. Pavlov charchashda torm ozlanish protsessining aham iyatiga 
to'xtalib о 'tar ekan: «Charchash tormozlanish protsessining avtomatik 
ichki qo'zg'ovchilardan biridir» - deb yozgan edi.
Ortiqcha nagruzka yoki charchaganliklari ko'rinib turgan bir vaziyatda 
mashg'ulotni davom ettirish shunday holni keltirib chiqaradiki, uni I.P. 
Pavlov chegaradan «tashqi yoki himoyalash tormozlanishi» deb atagan 
edi, bu tormozlanish po'stloqning nerv hujayralarini zo'riqib ketishidan 
himoya qiladi. Po'stloq hujayralarining tez zo'riqib ketib tormozlangan 
h o la tg a o 'tis h i ayni bir s h a ro itd a bosh m iya quyi b o 'lim la ri 
hujayralarining chidamliligiga keskin sur’atda zid keladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun charchashning eng dastlabki 
bosqichlari xosdir. Yuqori sinf o'quvchilari esa charchash vaqtida ham 
ishlash qobiliyatlarini yo'qotmaydilar. Biroq ko'p ishlash natijasida ish 
qobiliyati pasayadi.
C h arch a sh n in g eng asosiy belgisi aqliy m eh n at n a tija sin in g
kamayishidir.
Ish faoliyatining odatdagi susayishini aqliy charchashdan farq qilish 
lozim. Aqliy charchash orta borgan sari bolaning bajaravotgan ishida 
unum bo'lm aydi.
Aqliy va jismoniy charchash o'zaro aloqadordir. Buni birinchi m arta 
Italiy a olim i M osso aniqlagan. X addan ta sh q ari aqliy ch archash 
b ajarilay otg an jism oniy ishning sam aradorligini k am ay tirad i yoki 
aksincha, jism oniy charchash toliqish aqliy m ehnatga salbiy t a ’sir 
ko'rsatadi.
106
www.ziyouz.com kutubxonasi


Aqliy toliqishning xususiy belgilariga yana diqqatning susayishini, 
xotiraning pasayishini, fikrlash va tasavvur qilishning buzilishini ham 
kiritib о 'tish lozim.
X ullas dars v aq tid a aqliy m eh n atning yuqori m ah su ld orligini 
ta ’minlash, charchashni oldini olish choralari quyidagilardan iborat 
boiishi kerak:
1. O'qituvchi yangi materialni o'quvchining optimal ish qobiliyatiga 
ega b o ig an vaqtida tushuntirishi;
2. Darsning birinchi yarmida, dars berishning faol usullarini qo'llab, 
o'q u v ch i d iq q atin i uzoq v aq t b itta predm etda ushlab tu rm asd an
tushuntiriladi.
3. Dars berish usulini o'zgartirib turish uni yuqori saviyada olib borish;
4. Sinf xonalarini tanaffus paytida shamollatish;
5. O'quvchi faoliyatini turli vazifalarga jalb qilish, o'quv texnika 
vositalarini keng qoilash, ammo o'quv texnika vositalaridan, televizordan, 
dasturlashtirilgan ovoz yozish apparatlaridan, diafirmlardan foydalanishning 
o'zi asosiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishni talab qiladi;
6. Dars materialini tushuntirishda ko'rgazm a qurollardan (rasmlar 
nam oyshi qilish, tajribalar k o'rsatish) didaktik o 'qu v vositalardan 
maksimal foydalanish:
7. Dars oralig'ida fizkuldaqiqalar o'tkazish: har bir darsda flzkultura 
daqiqalari o'tkazilishi lozim. Bu o'quvchilarning aqliy charchashini oldini 
oladi, bu vaqtda fortochkalar yoki derazalar ochib qo'yilishi kerak.
Fizkultura daqiqasi ikki-uch daqiqa bajariladi. Mashqlarni barcha 
o 'q u v c h ila r bajarish i shart. F izd a q iq ala r uchun gavdaning o rq a 
tomonidagi muskullar, qad-qomatni ko'tarib turadigan va nafas aktida 
ishtirok etadigan muskullarning mustahkamlanishiga yordam beradigan 
mashqlar talab etiladi. Bu mashqlar orqa, qo'l, panja muskullarini ham 
mashq qildirish bolalarning charchashini oldini oladi. Bunday daqiqalarni 
o'tkazishdan maqsad muskul va qon aylanish organlarini bir vaziyatda 
tutib, z o 'r berib aqliy ish bajarayotgan o'quvchi va talabalarni faol 
faoliyatga qayta ko'chirishdir.
8. O 'qituvchining pedogogik m ah o rati, uning yangi m aterialni 
tushuntirish paytidagi k o 'ta rin k i kayfiyati, o'qituvchining har xil 
ohangda so'zlashi:
O 'qituvchi bir xil ohangda so'zlagan nutqi o'quvchini zeriktirib, 
mudratib qo'yadi, bunday paytda o'quvchi tomonidan dars materialini
107
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'zlashtirish qiyinlashadi, bosh miya yarim shartlari po'stlog'ida tarqoq 
tormozlanish jarayoni paydo bo'lib, uyqu bosadi.
Gigiyenistlar o'quvchilarning darsda toliqish sabablarini o'rganib 
chiqib, qiziqarli m a’lumotlarni keltirdilar. Ular aniqlashicha, yuqori sinf 
o'quvchilari va litsey talabalarining charchashiga asosiy sabab ko'pincha 
ularning darsga qiziqmasliklari, o'qishning og'irligi, mashg'ulot bajarishga 
layoqatsizlik, darsni zerikarli o'tilishi, dars materialini tushunmaslik, 
mikromuhitning salbiy ta ’siri dir.
Agarda charchash holati o'z vaqtida dam olish bilan almashtirilmasa 
u o 'ta charchash holatiga o'tadi. Bu organizm uchun kasallikdir.
O 'ta charchagan bolalar darsni yaxshi natijada o'zlashtirishlari pasayib 
ketadi. M aktab o'quvchilarida o 'ta charchash, asosan o'quv va o'qishdan 
tashqari ishlarning m e’yoridan ortib ketishi, kun tartibining buzilishi, 
ochiq havoda yetarli sayr qilmaslik, ovqatlanishni to'g 'ri tashkil qilmaslik 
natijasida kelib chiqadi.
Y ig ‘ilgan m a ’lu m o tlarg a asoslanib ch archashning oldini olish 
choralaridan yana biri deb, pedagogik jarayonni ratsionalizatsiyalashni 
belgilash mumkin. Y a’ni, darsni tuzilishi va mazmuni jihatdan to'g'ri tashkil 
qilish innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo'llash bilan o'quvchilarning 
aqliy m ehnat faoliyatini ja d a lla tirish kerak. Jad allash tirish fa q a t 
boshlang'ich sinflardagina emas, yuqori sinflar, maxsus maktablar, (litsey 
va gimnaziyalar) uchun ham zarurdir. Chunki litsey va gimnaziyalar o'quv 
yuklamasi umumiy ta ’lim maktablardagidan ortiq bo'lib, ba’zan kuniga 
10-12 soatgacha yetadi, tabiiyki bunday yuklama o'quvchi salomatligiga 
salbiy t a ’sir k o 'rsa ta d i. Bolaning jism oniy va ruhiy salom atligiga 
maktabgacha va maktab yoshida asos solinadi, shu sababli ularni gigiyenik 
jihatdan to'g'ri o'qitish uchun aqliy mehnat gigiyenasining ilmiy asoslariga 
tayanish kerak. Bu masalaga maktab va maxsus maktablardagi pedagoglar 
va shifokorlar befarq qaramasliklari kerak.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish