G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/201
Sana24.04.2022
Hajmi9,92 Mb.
#578464
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziolagiya

Ayrisimon bez. 
Bu bez to'sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. 
Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo'lib, to balog'atga yetguncha - 14- 
15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So'ngra bezning hajmi 
kichiklashib u yog' moddasiga aylanadi. 25 yoshda, bezning massasi 25 g 
gacha kamayadi. 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo'ladi. Ayrisimon bezda 
timozin gormoni ishlab chiqariladi. U bolalarning o'sishiga ijobiy ta ’sir 
ko'rsatadi. Jinsiy bezlar funksiyasini pasaytirib, bolada balog'atga yetishni 
susaytiradi. Bundan tash q ari tim ozin lim fo tsitlar hosil b o 'lish in i 
kuchaytirib organizmning immunitet xususiyatini oshiradi.
U organizm o'sishini tezlashtiradi va suyaklarda kalsiyni saqlab turadi. 
Ayrisimon bez kasalliklari kam uchraydi. Bolalarda b a ’zan ayrisimon 
bezning kattalashishi oqibatida timikolimfatik diatez uchraydi. Bunday 
kasallar haddan tashqari semirib ketadi, juda lohas bo'ladi, darmoni 
quriydi, limfa tugunlari kattalashadi. Ayrisimon bezning kattalashishi 
nafas olishda o'zgarishlar paydo qiladi. Eng muhimi yuqumli kasalliklarga 
qarshi chidamlilik ancha pasayadi, bola kasal bo'lganda esa yuqumli 
kasallik juda og'ir o'tishi mumkin. Timiko-limfatik diatezda buyrak usti 
bezlari funksiyasi susayib ketadi.
M e’da osti bezi
M e’da osti bezi me’daning orqasida, o 4n ikki barmoqli ichak yonida 
joylashgan bo'lib, ichki va tashqi sekretsiyaga ega. Bu bez tashqi sekretsiya 
organi sifatida hazm yo'liga me’da osti shirasi ajratadi, bu shira tarkibida 
turli fermentlar bo‘ladi. Bulardan tripsin, lipaza, amilaza va boshqalar 
muhim rol o'ynaydi. Bu fermentlar yog'lar, uglevodlar va oqsillarning
161
www.ziyouz.com kutubxonasi


parchalanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, me’da osti bezi ichki 
sekretor yoki endokrin funksiyaga ega, bu funksiyani o ro lch alar 
ko'rinishida to 4da-to'da bo'lib joylashgan maxsus hujayralar amalga 
oshiradi. Ular Langergans orolchalari deb ataladi. Orolchalarning asosiy 
qismini maxsus b eta-h u jay ralar (b - h ujayralar) tashkil etadi. Bu 
hujayralarda organizm da qand almashinuviga ta ’sir etuvchi insulin 
gormoni ishlab chiqariladi.
M e’da osti bezining ichki sekretsiya funksiyasi kamayib ketganda, 
q an d li diab et k asalligi kelib chiqadi. Bu k asallik d a eng avvalo, 
organizmning uglevodlarni o'zlashtirish jarayoni buziladi. Uglevodlar 
qandda, nonda, kartoshkada ayniqsa ko 4p bo'ladi. Organizmga ovqat 
bilan birga tushadigan uglevodlar hazm y o ii fermentlari ta ’sirida oddiy 
modda - glyukozagacha parchalanadi. Glyukoza qonga so'riladi va me’da 
osti bezi gormoni (insulin) ta ’sirida to'qim alar hujayralari tom onidan 
o'zlashtiriladi; bu yerda karbonat angidrid va suvgacha parchalanganda 
energiya ajralib chiqadi. Insulin glyukozaning jigarda va muskullarda 
maxsus modda (glikogen) shaklida bo'lib to 4planishiga, qandning yog'ga 
aylanishiga yordam beradi. Bu organizmning oziqlanishini yaxshilaydi. 
Qonda biror sababga k o ia , qand miqdori kaniaya boshlasa, jigardagi 
glikogen glyukozagacha parchalanadi. Bu qandning qondagi darajasini 
bir m e’yorga soladi, Jigardagi glikogen miqdori juda kamayib ketgan 
hollarda uglevodlar ovqat oqsili va yog'lardan hosil bo'lishi mumkin.
Qandli diabetda m e’da osti bezi insulinni yetarli m iqdorda ishlab 
chiqarmaydi, organizm hujayralari qandni parchalay olmaydi. Uglevodlar 
endi yetarli miqdorda yog'ga aylanmaydi; jigarda glikogen yetarli miqdorda 
to'planmaydi, bular endi qonda qand miqdorining ko 4paya boshlashiga 
sabab bo'ladi. Sog'lom odam qonida qand miqdori normada 80-120 mg 
bo'ladi, siydikda butunlay bo'lmaydi, qandli diabet bilan og'rigan bemor 
qonida esa qand miqdori 200-850 mg gacha yetishi mumkin.
Organizm ortiqcha qandni chiqarib tashlashga h arak at qiladi va 
qondagi darajasi 150-180 mg oshganda qand siydik bilan ajrala boshlaydi, 
natijada bemor tashna bo'ladi. K o'p qand yo'qotish ishtahaning ancha 
ochilishiga olib keladi. Uglevodlar endi ovqat, organizmning oqsili hamda 
yog'larda hosil bo'la boshlaydi va yog4 almashinuvi buziladi ham da 
yog'lar chala oksidlanadi. Oqsil almashinuvining buzilishi organizmda 
kislotali mahsulotlarning to'planishiga olib keladi. Y og'larning chala 
yonishi natijasida keton tanachalar hosil bo'ladi.
162
www.ziyouz.com kutubxonasi


Keton tanachalar va oqsillar parchalanishi kislotali mahsulotlarning 
to'planishiga, organizmdagi barcha reaksiyalarning kislotali tomonga 
surilishiga sabab bo'ladi - atsidoz rivojlanadi. Atsidoz markaziy nerv 
sistemasi faoliyatiga ayniqsa yomon ta ’sir qiladi va diabet karaxtligi 
(koma)ga olib keladi.
O ta-onalar bolalarda diabet rivojlanishi haqida tushunchaga ega 
bo'lishlari zarur.
Bolalarning o'sayotgan organizmi avvalo oksillar, yog'lar, uglevodlar 
va vitaminlarning doimo tashqaridan kirib turishiga muhtoj bo'ladi. Z o'r 
berib o'sish xuddi shu uglevodlar almashinuvini talab qiladi, shuning 
uchun ham bolalarni uzoq vaqt faqat parhez bilan davolab bo'lmaydi.
Qandli diabet hamma yoshda ham uchrashi mumkin, biroq ko'pincha 
6 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan bolalarda paydo bo'ladi. Ayniqsa 
bolalarda qandli diabet har xil o 'tk ir yuqumli kasalliklar (qizamiq, 
suvchechak, tepki)dan keyin paydo bo'ladi. Qattiq iztirob chekish yoki 
shikastlanish qandli diabetga sabab bo'lishi mumkin, uglevodlarga boy 
ovqatlar (hamir ovqat, qand, shirinliklar)ni haddan tashqari ko'p yeyish 
bu kasallikning rivojlanishiga sabab bo'ladi.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish