G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Qonning yoshga xos xususiyatlari



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/201
Sana18.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#821464
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Qonning yoshga xos xususiyatlari
Qon odamning yoshiga qarab o 4zgarib turadi, ayniqsa bir yoshgacha 
qon o 4z xususiyatiga k o 4ra katta odamnikidan farq qiladi. M oddalar 
almashinuvi, qon yaratuvchi organlarning tuzilishi va funksiyasi, qon 
aylanishi. Yoshga xos xususiyatlarga bog‘liq bo'ladi. Bola qancha yosh 
bo4lsa, moddalar almashinuvi shuncha kuchli bo'ladi.
Bolalarda qoning absolyut miqdori bolaning o'sishi va rivojlanishi 
jarayonida oshib borsa, nisbiy miqdori (1 kg og'irlikka to 4g4ri keladigan 
miqdorda) kamayib boradi. Yangi tug'ilgan bolaning har kilogramm 
vazniga 150 sm3, go4dak bolada 110 sm3, 7 yoshdan 12 yoshgacha 70 sm3, 
15 yoshdan boshlab esa 65 sm3 qon to 4g4ri keladi. Yangi tug4ilgan bolada 
qon tana vaznining 15% ni, bir yashar bolada 11% ni, 6 yoshdan 14 
yoshgacha 14% ni, katta odamda esa 7% ni tashkil etadi. 0 4g4il bolada 
va katta yoshli kishida qon miqdori qizlar va ayollardagiga nisbatan 
ko 4proq bo4ladi.
229
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangi tug4ilgan bolada qonning solishtirma og'irligi 1060 dan 1080 
gacha, 2 yashar bolada 1050, yosh ortishi bilan bir oz ko ‘tarilib, 1055- 
1062 ga yetadi va doimo shu xilda birday turadi.
Y angi tu g ‘ilgan bolada e ritro tsitla r k o 4p b o 4lganidan qonning 
yopishqoqligi 10-11 b o ‘lib, ikki yoshda 6 gacha tushadi, kattalarda 4 
bo‘ladi. Yangi tug‘ilgan bolaning qon plazmasi ko‘pi bilan qonning 50% 
ni tashkil etadi. Qon plazmasida oqsil miqdori katta odamdagidan kam, 
ya’ni 5,5-6,5% bo‘ladi. 7 yoshda plazmadagi oqsillar miqdori 6-7% ni 
tashkil etadi.
Yangi tug‘ilgan bolada plazma albuminlariga nisbatan globulinlar 
miqdori kattalardagiga qaraganda kam bo ‘ladi. Eritrotsitlarning cho‘kish 
reaksiyasi (ROE-SOE) bir soatda 2 mm, chaqaloqlarda soatiga 4-8 mm,
7-11 yoshda bir soatda 4-12 mm bo ‘ladi. Yangi tug4ilgan bolaning qon 
plazmasida-osh tuzi va qandning miqdori nisbatan kam, 6 yoshda katta 
odamnikiga yetadi. Kalsiy tuzlari katta odamnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. 
Eritrotsitlar miqdori katta odamnikiga qaraganda ortiq bo ‘lib, 1 mm3 
qonda 4,5-7,5 mln ga teng, 12 yoshda bu m iqdor katta odam nikiga 
tenglashadi. 12-14 yoshda eritrotsitlar soni bir oz ortadi.
Yangi tug‘ilgan bolalarda gemoglobin miqdori 110-114%, 100 g qonda
17-25 g b o ‘ladi. Bola k a tta b o ‘lgan sari gem oglobin m iqdori ham
kam ay ib , 1-2 yoshda 80-90% b o 4ladi. G em oglobin m iq d o ri, 
eritrotsitlarning ko ‘p b o ‘lishi bolaning sof havoda qancha b o 4lishiga 
bog4liq. Yangi tug‘ilgan bolalarda leykotsitlarning soni 1 mm3 qonda 
10000 dan 20000 bo‘ladi, 12 yoshda 10000 dan 12000 gacha kamayadi. 
M aktab yoshidagi bolalarda 1 mm3 qonda 7-3 mingni tashkil etadi. 3-7 
yoshda neytrofillar soni kam, limfotsitlar soni esa ancha ko ‘p bo‘ladi.
Bolaning yoshi ortishi bilan neytrofillar soni ortib, limfotsitlar soni 
kamayadi. Neytrofillar va qonning fagotsitar funksiyasi ham kam bo ‘ladi. 
Bog‘cha yoshidagi bolalarni yuqumli kasalliklarga tez chalinishi qisman 
shu bilan izohlanadi. 8-9 yoshdan fagotsitar funksiya ortib, organizmning 
turli kasalliklarga chidamliligi oshadi.
Trom botsitlarning soni ham yoshga qarab o ‘zgarib turadi. K atta 
odamda 1 mm3 qonda 200-400 ming, 1 yoshgacha bo'lgan bolalarda 160- 
330 ming, 1 yoshdan 2 yoshgacha 140-170 ming, 2 yoshdan 3 yoshgacha 
150-300 ming, 3 yoshdan 4 yoshgacha 356-370 ming bo4ladi. Qonning 
ivish tezligi barcha yoshdagi bolada bir xil b o ‘lib, 3-4 daqiqada qon 
lahtasi hosil bo'ladi.
230
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangi tug4ilgan bolada qon suyaklardagi qizil ilikda yaratiladi. Bir 
yoshdan boshlab qizil ilik yog4 to'qimasi bilan almashina boshlaydi, bu 
jarayon dastlab son, katta boldir suyaklarida, kechroq um urtqalarda 
boshlanadi. Besh yoshdan qizil ilikning yog4 to'qimasi bilan almashinishi 
ancha tezlashadi. 8 yoshda boldir suyaklarining yarmida qizil ilik о 4mini 
yog4 to 'q im asi qoplaydi. 12-15 yoshdan boshlab, qon y aratilish i 
kattalamikidek bo'ladi. Bola tug'ilgandan so'ng taloq tez o'sa boshlaydi, 
vazni 5 oylikda 2 hissa, 1 yoshda 3 hissa, 10-12 yoshda 10 hissa ortadi.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish