G. A. Shahmurova yosh fiziologiy as I


Kiyim va poyabzalga bo4gan gigiyena talablari



Download 9,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/201
Sana01.07.2022
Hajmi9,92 Mb.
#725465
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   201
Bog'liq
Yosh fiziologiyasi va gigiyena (Q.Sodiqov va b.)

Kiyim va poyabzalga bo4gan gigiyena talablari. 
Odamning kiyimi va 
poyabzali yil fasllariga mos b o 4lib, havoni yaxshi o 4tkazish xossasiga 
ega b o iish i kerak. Sintetik m ateriallardan tikilgan kiyim, rezinadan 
tay y o rlan g an p o y ab zalla r havo o 4tkazm aydi. Shuning uchun ter 
bezlaridan ajralgan suyuqlik yaxshi bug4lanmaydi. Buning oqibatida 
ichki kiyim, paypoq xo4l bo 4lib, bola shamollab qolishiga sabab bo'ladi. 
Shunga k o 4ra, ayniqsa O'zbekistonning issiq iqlim sharoitida sintetik 
materiallardan tikilgan kiyim, paypoq va rezina poyabzal kiyish gigiyena 
n u q ta i n a z a rid a n ta v siy a etilm ay d i. B unday m a te ria lla rd a n
tayyorlangan sport kiyimlari va poyabzallarni faqat m ashg'ulot vaqtida 
kiyish mumkin.
Issiq sharoitda yoz oylarida ip gazlamadan tikilgan kiyim, qish faslida 
esa jun va boshqa tabiiy gazlam alardan tayyorlangan kiyim, charm 
poyabzal kiyish maqsadga muvofiq bo4ladi.
Poshnasiz poyabzal (kalish, shippak, slans, keda, krassovka kabilar)ni 
butun kun davomida uzoq muddat kiyish yaramaydi, chunki yassioyoqlik 
yuzaga kelishiga sabab b o'ladi. U larni qisqa vaqt kiyish mumkin. 
Shuningdek, poshnasi juda keng, uchi tor poyabzal ham yassioyoqlik yuzaga 
kelishiga sabab bo'ladi. O'quvchi qizlar uzoq vaqt baland poshnali poyabzal 
kiyishi natijasida ularning umurtqa pog4onasi va chanoq suyaklari egirlanib 
qolishi va yaassioyoqlik yuzaga kelishi mumkin. Qizlar poyabzalning 
poshnasi enliroq, balandligi 2-3 sm dan oshmasligi lozim. Tor poyabzal 
oyoqda qon aylanishini qiyinlashtiradi, shuning uchun odam tez charchaydi, 
qish vaqtida bunday poyabzal oyoqning sovuq olishiga sabab bo4ladi.
XVBOB.
 0 ‘QUVCHI VA TALABALAR ORGANIZMINING
MORFOLOGIK VA FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARI
X alq t a ’limi xodim lari oldida o 4quv-tarbiya ishlarining sifatini 
ko4arish, o 4qitishning yuqori ilmiy darajasini t a ’minlash, m ehnatga 
muhabbat uyg'otish, g'oyaviy va m a’naviy tarbiyani yaxshilash, estetik 
va jismoniy barkamollikka erishish kabi vazifalar turibdi. Maktabning
258
www.ziyouz.com kutubxonasi


asosiy vazifasi mehnat, t a ’lim-tarbiya va hunarga jalb etish ishlarini 
tamoman yo'lga qo ‘yishni ta ’minlashdir.
0 ‘sayotgan yosh avlodni tarbiyalash ishlarini ilmiy asosda to ‘g‘ri tashkil 
qilish uchun har bir tibbiyot xodimi va pedagog bolalar hamda o ‘smirlar 
organizmining rivojlanish xususiyatlarini mukammal bilmogi lozim.
Yuqorida keltirganimizdek, bolalar va o ‘smirlar organizmi kattalar 
organizmidan anatomik va fiziologik xususiyatlari, uzluksiz o ‘sishi va 
rivojlanishi bilan farq qiladi.
0 ‘sish va rivojlanishga tashqi va ichki omillar katta ta ’sir ko4rsatadi.
M a ’lumki, har qaysi a ’zoning holati boshqa a ’zolarga muayyan 
darajada ta ’sir ko'rsatib turadi. Chunonchi, nafas a ’zolarining bekamu 
k o ‘st rivojlanishi yurak-tomirlar sistemasining vazifaviy holatiga, bu esa 
o ‘z navbatida nafas a ’zolarining rivojlanishi va faoliyatiga ta ’sir qiladi.
A ’zolar yoki sistem alarning ch in iq ish ida ham xuddi shunday 
aloqadorlik bor.
Bolaning sihat-salom at rivojlanishi uchun badan terisi va unga 
aloqador a ’zolarning to ‘g‘ri ishlashi muhim aham iyatga ega. Badan 
terisidagi k o ‘pdan-ko‘p retseptorlar organizinning tashqi muhit bilan 
aloqa bog‘lab, shu muhitning o ‘zgarishlariga moslashishini ta ’minlab 
turadi. Badan terisi himoya vazifasini ado etib, a ’zo va to^qimalarni 
zararlanishdan saqlaydi, organizmga mikroblar, suv va unda erigan zaharli 
moddalarning o4ishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Badanning ochiq va yopiq joylaridagi terining bakteritsid vazifasi 
bolalarda, jumladan 7-9 yashar o ‘quvchilarda yaxshi rivojlangan bo‘ladi. 
Bakteritsidlik indeksi (o'ldirilgan mikroblar soni) kuz va bahorda 85-81 
foizni tashkil etsa, qishda 58 foizgacha pasayadi. Badan terisining 
bakteritsidlik vazifasi organizmning immunologik reaktivligi holatini aks 
ettiradi. Jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar va o'smirlarda 
badan terisining bakteritsid vazifasi yilning ham m a fasllarida ham 
tengdoshlariga qaraganda ancha past bo4ladi.
Retseptorlar organizmdagi issiqlikni idora etilishida ishtirok etadi, bu 
chiniqishda katta ahamiyatga ega. Yuqorida qayd qilganimizdek, badan 
terisida ultrabinafsha nurlar ta ’sirida 7-8 degidroxolesterindan vitamin 
D sintezlanadi, vitamin D kalsiy va fosfor tuzlari almashinuvini idora 
etishda qatnashadi.
Bolalarda teri m ugo'z qatlamining yuza hujayralari oson ko‘chib 
tushadi. Bular 2-3 qator bo‘lib joylashgan va bir-biri bilan ancha sust
259
www.ziyouz.com kutubxonasi


bog‘langan. Badan terisi epidermisi bilan muguz qatlami 7 yashar bolada 
ham katta odamlardagi kabi bo‘ladi. Yog' bezlari faoliyati 15-16 yoshga 
borib asta-sekin kuchayadi va 18 yoshga yetganda xuddi kattalarnikidek 
bo4 lib qoladi, ter bezlari 7 yoshgacha bo'lgan bolalarda kattalardagidan 
ko 4ra ko‘proq bo'ladi, keyinchalik kamayadi.
Suyak to ‘qimasi shakllanib, asta-sekin to g ‘ay to 'q im asi o ‘rnini 
to ‘ldirib boradi. B olalar suyak to ‘qim asida organik un su rlarn in g
ko ‘pchiligi, skeletining ancha qayishqoqligi tufayli tanaga uzoq vaqt zo‘r 
kelib turganida yoki bola gavdasini noto‘g‘ri tutganda shakli o ‘zgaradi. 
Skelet, ju m ladan, chanoqning ayrim suyaklari bir-biriga batam om
q o ‘shilm agan b o ‘ladi. 17-18 yoshga borgandan keyingina yonbosh, 
quymich va qov suyaklari bir-biriga q o ‘shilib, yagona «nomsiz» suyakka 
aylanadi.
K aft usti, y a ’ni bilakuzuk suyaklari chaqaloqda endigina m a’lum 
bo‘lib kelayotgan bo‘ladi. Bular asta-sekin rivojlanib, bola 10-13 yoshga 
yetganda suyakka aylanadi. Barmoq falangalari ham huddi shu vaqtga 
kelib suyakka aylanib bo‘ladi.
Bolalarni yozuvga va eng oddiy mehnat malakalariga o ‘rgatishda q o i 
panjalarining shu xususiyatlarini hisobga olish zarur, ayniqsa o ‘qishning 
birinchi yilida ularni yozma ish bilan zo‘riqtirmaslik lozim.
Bolalarning muskul sistemasi suyak sistemasi bilan jipslashgan bo'lib, 
bular odamning harakatlarini birgalikda ta ’minlab beradi. Badandagi 
yirik m ushaklar, asosan orqa, yelka, son m ushaklari va boshqalar 
hammadan ilgari rivojlanadi. 6-7 yashar bolalarda bular ancha yaxshi 
rivojlangan, biroq m ayda m ushaklar, m asalan, o y o q -q o ‘l panjasi 
m ushaklari hali uncha rivojlanm agan bo'ladi. Shu sababdan g o 'dak 
bolalar yurish, yugurish, sakrash, irg‘itish singari asosiy tabiiy harakatlarni 
ancha kech 
0
‘zlashtiradilar, mayda va aniq harakatlarni esa ancha qiynalib 
bajaradilar.
9-12 yoshlarda bolalar turli muskul guruhlariga tushadigan yukni 
mustaqil taqsimlay oladilar, harakatlari ancha uyg'unlashib, maromga 
moslasha boradi.
Mushak sistemasi bola ulg'aygan sari rivojlanib boradi. Chunonchi, 
chaqaloqda barcha mushaklar vazni tana vaznining 23% ini, 8 yashar 
bolada 27% ini tashkil etadigan bo'lsa, 17-18 yoshda 43-44% ini tashkil 
etadi. M ushaklar vazni ortib, shunga yarasha kuch ham k o ‘payadi, 
natijada organizmning uzoq muddat ishlay olish qobiliyati ortadi. Shu
260
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan birga harakatlar tobora uyg4unlashib, murakkablashadi va tanani 
boshqara olish ko'nikmasi hosil bo4ladi. Nainki, bolaning mushaklari, 
balki markaziy nerv sistemasi ham rivojlanib harakat analizatorlarining 
shaklanishiga bog4liq ravishda rivojlanadi.
Bolalarning yuqori nafas yo4llari kattalardagiga qaraganda ancha tor, 
nafas a ’zolari to'qimalari nozik, shilliq pardalari qon va limfa tomirlar 
bilan m o4l-ko4l ta ’minlangan, saiga jarohatlanadi. Nafas yo'llariga chang 
va kasallik q o 4zg4atuvchi mikroorganizmlarning ko 4proq tushishi ham 
shunga bog'liq. Burundagi yallig4lanish jarayonlari og4iz bilan nafas olish 
tu fay li yuqum li k a sa llik la r q o 4z g 4atu v ch i m ik ro b la r va z a h a rli 
moddalarning organizmga tushishi uchun juda qulay sharoit yaratiladi. 
Natijada, bola bronxit yoki zotiljam bilan og4rib qolishi mumkin.
O 'pk a bir necha rivojlanish bosqichini o'taydi. Bolalar o 4pkasida 
interstitsial to 4qima m o4l-ko4l, limfa tomirlari va retseptorlar bronxiolalar 
k o 4p bo 4lganligidan bolalarda yallig'lanish jarayonlari k o4p uchraydi. 
Shu sababdan, bolalar muassasalarida havo doimo toza bo4lishi shart, 
buning uchun xonalarni yaxshilab shamollatish, xo4l latta bilan artib 
turish zarur. Bolalarni burundan chuqur va bir maromda nafas olishga 
o 4rgatish kerak. Bolaning yuragi 7 yoshgacha zo4r berib o'sadi, 7 yoshdan
10 yoshgacha yurak o 4lchovlari va hajmi asta-sekin ortib boradi. Mana 
shu davrda yurakning tayanch to 4qimasi obdon shakllanib, markaziy va 
periferik nerv sistem asi yaxshigina rivojlanadi. 7 yashar bolaning 
arteriyalari k a tta kishilar tom iridan ancha keng b o 4ladi, a rte ria l 
bosimning birmuncha past bo 4lishi R shunga bog4liq.
Hujayralarga daqiqa sayin yetkazib turiladigan qon miqdori kislorod 
ehtiyojiga mos kelishi kerak. Yurak har safar qisqarganda arteriyalarga 
otilib chiqadigan qon miqdori bolada k atta odam dagiga qaraganda 
kam roq bo'ladi. Shu sababli bola yuragi katta yoshli odam yuragiga 
qaraganda har daqiqada ko'proq qisqaradi.
K ichik m a k tab yoshidagi b o la la rd a y u rak q isq a rish la ri soni 
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga qaraganda turg4un bo4ladi. 
Biroq, keskin harakatlar, turli his-hayajonlarda kichik maktab yoshidagi 
bolalarda yurak qisqarishlari soni ancha ortadi.
12-15 yoshda yurak vazni tez o 4sadi. 15 yoshga borganda yurak vazni 
dastlabki vazniga qaraganda 15 baravar ortadi, yurak hajmi tomirlar 
yo4liga uncha mos kelmaydi, chunki tomirlar yurak hajmiga nisbatan 
sekinroq rivojlanadi. Bunday rivojlanish qon aylanishini bir qadar
261
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiyinlashtirib qo4yadi, binobarin, mushak faoliyati ortganda qon bosimi 
saiga ko4tariladi.
O 'sm irlar yuragi ortiqcha q o 4zg4aluvchan bo'lganidan, jism oniy 
mashqlar va jismoniy mehnat qilganda ehtiyot bo4lishi kerak.
Oq qon ta n a ch alari organizm da yuqum li k asallik larg a qarsh i 
kurashishda zo4r himoya vazifasini ado etadi. Bolazo4r berib o 4sayotganda 
qon yaratish a ’zolari zo4riqib ishlaydigan va tashqi muhitning noxush 
t a ’sirotlariga juda sezgir bo'ladi. Bolalarning ochiq havoda yetarli 
b o 4lmasligi, haddan tashqari zo 4riqishi va gigiyena talablarining biror 
tarzda buzilishi, aksari kamqonlikka olib keladi. Quyosh nuri yoki sun’iy 
nurlardan noto‘g‘ri foydalanish bola organizmiga, jumladan, ko‘migiga 
yomon ta ’sir ko4rsatadi, natijada ko 4mik yetilmagan qon tanachalarini 
ko4plab ishlab chiqara boshlaydi.
Bolaning o 4sib-unib borishi ko 4p jihatdan hazm a ’zolari ishiga bog4liq. 
6-7 yashar bolalarda sut tishlari tushib, o ‘rniga doimiy tishlar chiqa 
boshlaydi. Avval 4 ta katta ja g 4 tishi chiqadi, keyin sut tishlari qaysi 
tartibda chiqqan bo4lsa, huddi shunday tartibda tushadi va o ‘rniga doimiy 
tishlar chiqadi. Doimiy tishlarning emal qatlami bolalarda kattalardagiga 
q a ra g a n d a birm u n ch a k a tta b o 4ladi. Shunga k o 4ra, tish la rn i 
zararlanishdan asrash uchun tish parvarishi qoidalariga bekamu k o 4st 
rioya qilish kerak. Bolalarning qizilo4ngachi kattalarnikiga qaraganda 
kaltaroq va torroq, saiga chaqalanadi, nozik shilliq parda bilan qoplangan 
b o 4ladi. Elastik to 4qima ham b o 4ladi. Shuning uchun ham ovqatni 
yaxshilab chaynab yutish zarur.
M e’da hayotning birinchi yillarida ancha tez o 4ssa, keyingi o 4n yil 
davomida o 4sishi birmuncha sekinlashadi. Bolalarda m e’da shirasidagi 
kislotalar va hazm qiluvchi fermentlar miqdori ancha kam, shuning uchun 
u ovqatni oz-ozdan, tez-tez yeb turishi kerak.
O'sm irlik davrida qalqonsimon bez bilan jinsiy bezlar faoliyatida 
chuqur o 4zgarishlar sodir b o 4ladi, shu tufayli bosh miya katta yarim 
sharlari p o‘stlog4i qo4zg4aluvchanligi o 4zgaradi.
7 yashar bolada hamma sezgi a ’zolari yaxshi rivojlangan bo'ladi, biroq, 
b a’zilari, jumladan, ko4z o 4ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Yaqin yoki olis masofada turgan narsalarni aniq ko4rish uchun ko4zni 
m a ’lum bir tarzda moslashtirish zarur. K o 4zning ana shu xususiyati 
akkom odatsiya deb ataladi. Akkomodatsiya k o 4z gavhari shaklining 
o 4zgarishiga bog4liq, odam yaqinda turgan narsalarga qaraganda ko4z
262
www.ziyouz.com kutubxonasi


gavhari bo4rtsa, uzoqda turgan narsalarni ko 4rganida aksincha yassilanadi. 
Ko'zning turli masofalardagi narsalarni ko‘rishga moslashish xususiyati 
yosh ulg‘aygan sari o'zgarib boradi. Bolalarda ko4z gavhari ancha elastik 
bo'lganidan o 4z shaklini tez o'zgartirib oladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar, ayniqsa maktabda o'qishni 
endi boshlagan bolalar rasm chizish, turli shakllar kesish va ularni 
yopishtirish, yozish va o 4qishga tobora ko ‘proq vaqtlarini sarflaydilar. 
M a s h g 'u lo tla r p ay tid a b o sh larin i ancha en gashtirib ishlay dilar. 
M ashg4ulotlar uzoq davom etganda k o 4z pardasidan qonning aylanib 
o'tishi qiyinlashadi, shunga k o 4ra k o 4z ichki bosimi ortib, lco'zning 
oldingi-orqa o 4qi asta-sekin uzayib boradi.
Shunday qilib, bolalar muassasalarida, maktab, litsey va kollejlarda 
o'tkaziladigan ta ’lim-tarbiya bolalarning yoshiga xos anatomik-fiziologik 
xususiyatlarni va gigiyena talablarini hisobga olmasdan uyushtirilsa, bu 
uning organizm rivojlanishida turli salbiy o 4zgarishlar yuzaga kelishi 
mumkin.

Download 9,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish