Oiiy nerv faoliyatining tiplari
Oliy nerv faoliyati bosh miya yarim sharlari va ularning po'stlog'ida
joylashgan nerv hujayralari (nerv markazlari)ning normal funksiyasiga
yoki ulardagi ko'zg 'alish va torm ozlanish jarayonlarining kuchiga,
tarqalish tezligiga hamda ularning bir-biriga munosabatiga bogiiq.
Shartli rekflektor faoliyati nerv sistemasining individual xossalariga
bogiiq, oliy nerv faoliyatini belgilab beruvchi shu xossalar yigindisi har
bir organizmning irsiy hususiyatlariga va avvalo hayot tajribasiga bogiiq
b o iib , nerv sistemasining tipi deyiladi.
I.P.Pavlov k o 'p yillik ilmiy kuzatishlari asosida m iyaning nerv
hujayralaridagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining kuchiga,
79
www.ziyouz.com kutubxonasi
tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga k o 'ra odam oliy
nerv faoliyatini 4 tipga bo'lgan edi.
1. Kuchli, ko'zg'aluvchan, muvozanatlashmagan, jonsarak tip. Bu
tipda qo'zg'alish va tormozlanish kuchli, ammo muvozanatlashmagan,
qo'zg'alish tormozlanishdan ustun turadi, bu tipga kiruvchi bolalarda
shartli reflekslar sekin paydo bo'ladi, o'rta o'zlashtiradi, biror ishga tez
kirishib, tez soviydi, emotsional reaksiyalari kuchli, bilar-bilmas javob
berib o'z fikrini maqullaydi, topshiriqlarni o'z vaqtida bajarib kelmaydi,
sekin paydo bo'lgan shartli reflekslar tez so'nadi, m aktab hayotiga
qiyinchilik bilan ko'nikadi, nutqi tez va qo'pol, xarakteri o'zgaruvchan,
o'z hissiyotlarini qiyinchilik bilan ushlaydi, qiziqqon, agressiv, tarbiyaga
qiyinchilik bilan beriluvchi, faqat tarbiya asosidagina uzoq va tizimli ish
faoliyatiga ega bo'ladi.
2. Kuchli, qo'zg'aluvchan, muvozanatlashgan, serharakat tip. Bu tip
nerv p rotsesslarining kuchliligi, k o 'z g 'a lis h va to rm o zlan ish n in g
muvozanatlashganligi va harakatchanligi bilan ta ’riflanadi. Bu tipga
kiruvchi bolalarda shartli reflekslar tez hosil bo'lib, tez so'nadi va tez
tiklanadi, ular m aktab hayotiga tez ko'nikadi, o'qish va yozishni tez
o'rganadi, namunali xulqqa ega bo'ladi, darslarni a ’lo o'zlashtiradi, uyga
berilgan vazifalarni o'z vaqtida bajarib kelishga harakat qiladi, nutqi tez
va ravon, so'z boyligi ko'p, aytilgan so'zlarni tez ilg'ab oladi, jonli,
harakatlari tez, turli imo-ishoralar bilan o'z fikrini ifoda qiladi va boshqa
ijobiy xarakterlar bilan ajralib turadi.
3. Kuchli, qo'zg'aluvchan, muvozanatlashgan, kam harakat tip. Bu
tipda ko'zg'alish va tormozlanish kuchli, ammo ularning o'rin almashinuvi
sust. Bu tipga kiruvchi bolalarda shartli reflekslar sekin hosil bo'ladi, tez
so 'n a d i va sekin tik lan ad i, u la r o 'q ish , yozish va g ap irish n i tez
o'rganadilar, ularning xulqlari yaxshi, odobli, nutqlari sekin va ravon,
his tuyg'ulari past bo'ladi.
4. Nimjon yoki sust tip. Bu tipda nerv protsesslari sustligi, kam
qo'zg'aluvchanligi va m uvozanatlashm aganligi, y a ’ni torm ozlanish
jarayonining yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu tipga kiruvchi bolalar
ish qobiliyati past, nutqi sekin, yaxshi rivojlanmagan, so'z boyligi kam,
qiyinchiliklardan qo'rqadigan, tez charchaydigan, o'qish, yozishni sekin
o'rganadigan, m aktab hayotiga qiyinchilik bilan ko'nikadigan, o'z
o 'rtog'ining xarakteriga ixtiyorsiz moslashadigan, o'zlashtirish past,
xarakteri beqaror, maqsadsiz, diqqati beqarorligi bilan xarakterlanadi.
80
www.ziyouz.com kutubxonasi
I.P. Pavlovning fikricha, oliy nerv faoliyatining 4 tipi odamlardagi
G ippokrat tomonidan aniqlangan 4 temperament mijozga mos keladi.
Gippokrat odamlarda to 'rtta temperament - xolerik, sangvinik, flegmatik
va melanxolilc tem peram entlarini aniqlagan. Jonsarak tip - xolerik,-
harakatchan tip - sangvinik, kam harakatchan tip flegmatik va nimajon,
kuchsiz tip melanxolik temperamentiga mos keladi. Oliy nerv faoliyatining
yuqoridagi tiplari sof holda kam dan-kam uchrab, k o 'p in ch a b itta
individumda har xil tiplarga xos belgi va hususiyatlar aralashib ketadi.
Oliy nerv faoliyatining tipi nerv tizimining naslga o'tgan xossalari bilan
individning hayot davrida boshidan kechiradigan ta ’sirlaridan tarkib
topadi.
N atijada nerv tizimining muayyan tipi vujudga keladi. Oliy nerv
faoliyatining tug'm a tipi bola tug'ilgan kundan boshlab, atrof-muhit va
ijtimoiy sharoit ta ’sirida shakllana boradi va hayot mobaynida o'zgarib
turadi.
Oliy nerv faoliyati tipining o'zgarib turish jarayonini plastiklik deb
ataladi. Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko'rsatilgan tiplari tug'ma, ya’ni
nasldan-naslga berilgan bo'ladi. Bu belgilar asosan bolalik davrlarida
yaqqolroq ko 'rin adi, yosh kattalashgan sari tashqi m uhit, ota-ona,
o'qituvchilar, tarbiyachilar va atrofdagi kishilarning tarbiyaviy ta ’siri
natijasida ayrim tipga xos bo'lgan belgilar m a’lum darajada o'zgaradi,
ayniqsa birinchi va to'rtinchi tipning vakillarida o'zgarish ancha sezilarli
b o 'lad i, chunki ularning xulq-atvoridagi yom on o d atlar k o 'p ro q ,
b o'lganligi uchun atrofdagi kattalarn in g tarbiyaviy e ’tibori ularga
nisbatan ko'proq, bo'ladi.
Shunday qilib, bolalik davridagi oliy nerv faoliyatining tiplari, ya’ni
xulq-atvor yosh oshgan sari o'zgarib boradi. Oliy nerv faoliyatining
tug'm a ko'rinishi temperament, ularning tarbiya natijasida o'zgarishidan
yuzaga kelgan holati xarakter deyiladi. Bog'cha, kichik maktab yoshidagi
bolani to'g 'ri tarbiyalash ko'p jihatdan nervning tipiga va xulq atvorining
shakllanishiga bog'liq bo'ladi. Bola ulg'ayar ekan miya po'stlog'idagi
qo'zg'alish, torm ozlanish jarayonlari, nerv jarayonlarining kuchi va
harakatchanligi hamda boshqa xususiyatlar o'zgarib boradi
Tarixda yashab ijod qilgan buyuk siymolar ham m a’lum tipga xos
bo'lganlar. Masalan: rus sarkardasi A. V. Suvorov xolerik temperamentiga,
shoir A.S. Pushkin ham xolerik temperamentiga, sangvinikka shoir A.I.
Gertsen, Goncharov flegmatikka, fransuz filosofi Rene Dekart, ingliz
81
www.ziyouz.com kutubxonasi
olim i C harlz D arv in , p o ly ak k o m p o z ito ri Shopen m elan x o lik
temperamentiga xos insonlar bo'lishgan.
I.P. Pavlov birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o'zaro ta ’sirlanish
xususiyatlarini hisobga olib, odam nerv sistemasini ikkita xususiy tipga
ajratish mumkin deb topdi. Shularning birinchisini badiiy tip deb atadi.
Shoirlar, muzikachilar, rassomlar va boshqalarni u shu guruhga kiritdi.
Bu guruh kishilarida birinchi signal sistemasi ikkinchi signal sistemasidan
birmuncha ustun turadi. Ikkinchi tip mutafakkirlar tipi deb ataladi. Bu
guruhga olimlar, filosoflar, matematiklar, filologlar va boshqalar kiradi.
Bu guruhga kiradigan kishilarda ikkinchi signal sistemasi birinchi signal
sistemasidan ustun turadi. Bulardan tashqari oraliq guruh ham mavjud.
Oraliq guruhga kiradigan kishilarda birinchi signal sistemasi ikkinchi
signal sistemasidan ustun turmaydi.
Xulosa qilib aytganda, oliy nerv faoliyatining tipi hayot davomida
shakllanib boradi va tarbiya yo'li bilan o'zgartirilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |