istamasdim. Mag‘rurligim yil sayin gazak olib boraverdi.
Mabodo shayton yo‘ldan urib, biror kishi oldida buni tan
olib qo‘yguday bo‘lsam bormi, chamamda, o‘sha kuniyoq
peshonamga to‘pponcha tirab, miyamni dalva-dalva qilib
tashlardim. O, o‘smirlik chog‘larim, bir kuni bardoshim
tugaydi-yu, o‘rtoqlarim oldida buni tan olib qo‘yaman, deb
qanchalik ezilardim-a. Lekin o‘zimning bu sifatimni yildan-
yil ko‘proq anglay borgan bo‘lsam-da, ulg‘aygach, negadir
unga biroz beparvo qaraydigan bo‘ldim. Ha, chindan ham
«negadir», chunki men uning boisini hali ham bilmayman.
Ehtimol, bunga ichimdagi bir o‘zgarish sabab bo‘lgandir.
O‘sha paytlarda mening yuragimni butun borlig‘imdan
ko‘ra yuksakroq bir e’tiqod yuzasidan dahshatli g‘ussa
Do'stlaringiz bilan baham: |