Men janubiy kareayada 1 yillik exchange dasturi asosida o’qish davomida kareys tilidagi bilimlarim ham mustahkamlanib, xozirda o’z fikrimni kares tilida erkin ifoda eta olaman. Shuningdek bu galgi kareyada magistrda o’qish davomida o’sha bir yil ichida o’rgana olmagan kareys tilining o’ziga xos jihatlarini to’liq o’rganib TOPIK 6 darajani, ya’ni maksimal 300 balni magistrning 1 kursidayoq qo’lga kiritmoqchiman. Faqat shu bilan cheklanib qolmasdan ingliz tiliga ham qiziqishim kuchliligi sababli kareyada ta’lim olish davomida ingliz tilidagi bilimlarimni ham mustahkamlash niyatidaman. Buning uchun men chet davlatlardan tashrif buyurgan boshqa talabalar bilan ham ko’proq vaqt otkazish o’zaro tajriba almashish niyatidaman. Bu albatta mening ingliz tilida ravon so’zlashuv malakamni yanada ravonlashtirishiga ishonchim komil. Bundan tashqari men, kareys va ingliz tillarida eshitish va notiqlik qobiliyatimni rivojlantirish uchun turli xil konferensiyalar va valantyorlik tadbirlarida ishtirok etishni maqsad qilib qo’yganman. Albatta qaysidir tilni mukammal o’rganish uchun ushbu mamlakat madaniyati va tarixi haqida ham yetarli bilimlarga ega bo’lish kerak. Agar men GKS dasturi asosida o’qishga qabul qilinsam kareys madaniyati va tarixini ham yanada chuqurroq o’rganish niyatidaman. Men bundan oldin kareyadagi bir yillik o’qish paytimda korishga ulgura olmagan koplab tarixiy va madaniy maskanlarini tashrif buyurishni maqsad qilganman.
Future plan.
men uzbekiston va kareya respublikasi o’rtasida o’zaro aloqalarni rivojlantirishda koprik vazifasni o’tashda o’z hissamni qoshishni oldimga maqsad qilib qo’yganman. Bu yo’lda men uzim tanlagan kareys tilini o’qitish metodikasi yo’nalishini muvafaqqiyatli tamomlab O’zbekistonga qaytganimdan keyin kareyada talim olishni xoxlovchi yosh avlodga kareys tilini professional darajada o’rganishlari uchun o’z hissamni qo’shmoqchiman. Shuningdek bugungi kunda o’zbekiston va kareya respublikasi o’rtasida turli sohalardagi hamkorlik aloqalari jadal suratlarda rivojlanayotgan bo’lib bu borada sohalarning hamkorlik aloqalarida rivojlanishi uchun malakali tarjimonlarning roli muhim sanaladi. Bu bora men o’zimning egallagan bilimlarim asosida ikki tomon o’rtasidagi yiril loyihalarda sinxiron tarjimonlik orqali o’z hissamni qoshmoqchiman.
Bundan tashqari men davlatlarimiz o’rtasidagi ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishda quyidagilarni o’z oldimga maqsad qilib qo’yganman.
1.O’zbekiston va kareya respublikasidagi universitetlari o’rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirgan holda o’zbekistonda koreya universitetlarining filiallarini ochish
2.koreya res/da talim olish va ishlar istadida bo’lgan ozbekiston fuqarolariga kareys tilidagi dastlabki fundamental bilimlarni egallashlarida ko’maklashish,
3.shuningdek nafaqat kattalar uchun balki o’sib kelayotgan yosh avlodga ham kareys tili va uning madaniyatiga qiziqish uyg’otish uchun kareys tiliga asoslangan xususiy maktablarini tashkil etish,
4. kareys tilini o’qitish bo’yicha sodalashtililgan o`quv qo`llanma yozib nashir qilish.
Ishonamanki bu kareya va o’zbekiston o’rtasida ilk inovatsion va mativatsion loyiha bo’ladi.