Futbolda o`quv trеnirovka mashg`ulotlarini tashkil etishning mеtodologik asoslari



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/32
Sana29.12.2021
Hajmi0,83 Mb.
#75864
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32
Bog'liq
jismoniy sifatlar va ularning yosh futbolchilarda rivojlantirish hususiyatl

Kuchni  oshirish  xususiyatlari.  Dastlabki  tayyorgarlik  va  boshlang’ich  sport 

ixtisoslashuvi  bosqichlarida  kuchni  oshirishda  asosiy  e’tibor  butun  harakat 

apparatidagi  mushaklarni  mustahkamlashga  qaratilishi  kerak.  Shuni  hisobga  olish 

lozim,  tabiiy  o’sish  jarayonida  bolalarda  qorin  mushaklari,  tananing  qiyshiq 

mushaklari,  qo’lning  uzoqlashtiruvchi  mushaklari,  sonning  serbar  mushagi, 

oyoqning  yaqinlashtiruvchi  mushaklari,  odatda,  uncha  yaxshi  rivojlanmagan 

bo’ladi.  Bolalarning  kuch  imkoniyatlari  oz  bo’lganligi  uchun  ularda  kuchlilikni 

tarbiyalashni  juda  ehtiyotkorlik  bilan,  asosan,  dinamik  xarakterdagi  qisqa  vaqtli 

zo’r  berishdan  foydalanib  olib  borish  kerak.  Kuchni  oshirishga  oid  mashqlar 

minimal  zo’riqish  bilan  bajarilishi  lozimki,  bunda  bor  kuchni  yig’ish, 

shuningdek, uzoq davom etadigan anchagina zo’riqish istisno qilinadi. 

Futbolchilar  bilan  olib  boriladigan  mashg’ulotlarda,  asosan,  kamroq  yuk 

bilan  katta  tezlikda  bajariladigan  mashqlar  qo’llaniladi.  9-11  yoshli  bolalar 

shaxsiy og’irligining 30% iga, 12-13 yoshli o’smirlar esa gavda og’irligining 50% 

iga teng bo’lgan og’irlik bilan bajariladigan mashqlarni qo’llashlari mumkin. 

Boshlang’ich  sport  tayyorgarligi  bosqichida  kuchni  oshirish  uchun 

mashqlarning tayyorlik komplekslarini qo’llash maqsadga muvofiqdir. 

Jiddiy  mashg’ulot  qilish  bosqichida  butun  harakat  apparatining  mushak 

guruhlarini  rivojlantirishga  qaratilgan  kuch  mashqlaridan  keng  foydalaniladi. 

Shu  bilan  birga,  ayrim  mushaklar  guruhiga  (rivojlanib  boruvchi  kuchning 

quvvati,  asosan,  shularga  bog’liq  bo’ladi)  alohida  ta’sir  ko’rsatishga  imkon 

beruvchi  mashq1ar  ham  qo’llaniladi.  Jumladan,  nerv-mushak  kuchlanishlarining 

tuzilishi  va  xarakteriga  ko’ra  futbolning  butunlay  ta’siriga  o’xshash  mashqlar 

(tutash  uslub),  shuningdek,  asosiy  yuklama  tushadigan  muskullar  guruhini 

rivojlantirishga  qaratilgan  mashkdar  alohida  ta’sir  ko’rsatishga  imkon  beruvchi 

mashqlar hisoblanadi. 




 

62 


Barcha  harakat  apparatining  mushaklar  guruhini,  shuningdek,  ayrim 

mushaklar  guruhini  (futbolchilar  tomonidan  ko’rsatiladigan  kuchning 

samaraliligi,  asosan,  shularga  bog’liq  bo’ladi)  rivojlantirish  uchun  ko’proq 

dinamik  kuch  mashqlaridan  foydalaniladi,  bular  ikki  guruhga:  shaxsiy  kuch 

guruhiga bo’linadi. 

Yosh  futbolchilarning  kuch  imkoniyatlari  umumiy  darajasini  oshirish 

uchun  ko’proq  takroriy  zo’r  berish  uslubi  qo’llaniladi.  Bu  uslubda 

mushakning nisbatan ko’p ishlashi modda almashinuvini anchagina yaxshilaydi. 

Trofik  jarayonlarning  faollashuvi  o’smirlar  kuchining  o’sishiga  ijobiy  ta’sir 

etadi.  Bundap  tashqari,  takroriy  zo’riqish  uslubidan  foydadanganda,  haddan 

tashqari kuch sarflash ehtimoli kamayadi. 

13-16  yoshda  og’irliklar  bilan  ishlashda  maksimal  darajada  zo’riqishga  yo’l 

qo’yilmaydi.  Shuning  uchun  og’ir  jismning  optimal  vaznini  aniqlashda  yosh 

futbolchining  maksimal  imkoniyatlarini  emas,  balki  uning  shaxsiy  og’irligini 

e’tiborga olish kerak. 

Og’irliklar  bilan  bajariladigan  mashqlardan  tashqari,  mashg’ulotlarda  juft-

juft  bo’lib  va  guruhli  ravishda  qarshilik  ko’rsatib  bajariladigan  mashqlardan, 

snaryadda  ijro  etiladigan  gimnastikadan,  harakatli  o’yinlar  va  hokazolardan 

foydalaniladi.  Kuchni  oshirishga  oid  u  yoki  bu  mashqning  murakkabligi  har  bir 

alohida holda shug’ullanuvchilarning yoshi va tayyorgarligiga qarab belgilanadi. 

Sport  tayyorgarligi  bosqichida  17-18  yoshli  futbolchilar  bilan  olib 

boriladigan  mashg’ulotlarda  asosiy  yuklama  tushadigan  mushaklar  guruhini 

rivojlantirishga  katta  e’tibor  beriladi.  Turgan  gapki,  bunda  sportchining  butun 

gavda mushaklarini mustahkamlash borasidagi ishlar to’xtatilmaydi. 

Katta  yoshdagi  o’smirlarda  asosiy  mushak  guruhlarining  kuchini  tarbiyalash 

ba’zi  bir  xususiyatlarga  ega.  Bu  maqsadda  turli  xil  dinamik  kuch  mashqlari 

qo’llaniladi.  Samarali  tezlik-kuch  mashqlaridan  biri  orqa  bilan  sakrash  deb 

ataladigan  sakrash  (75-100  sm  balandlikdan)  bo’lib,  bu  mashqni  dastlab 

chuqurlikka  sakrab  ko’rilgandan  keyin  bajariladi.  Shuningdek,  shaxsiy-kuch 

mashqlari: gimnastika snaryadlarida bajariladigan mashqlar, akrobatika mashqlari, 




 

63 


sherigi  bilan  birga  cho’qqayish,  anchagina  og’ir  shtanga  bilan  nisbatan  sekin 

bajariladigan  mashqlardan  ham  foydalanish  mumkin.  Shtanga  bilan  bajariladigan 

mashqlarni  shunday  tanlash  kerakki,  ular  mushak  kuchini  hamda  ularning 

qisqarish tezligini mushaklarning futbol o’yinida namoyon qilinadigan kuchlanish 

strukturasi, xarakteri va  miqdoriga muvofiq ravishda rivojlantirishga yordam 

beradigan bo’lsin. 

Kuchni  rivojlantirish  mashqlaridagi  og’irliklar  miqdorini  yaxshisi  gavda 

og’irligiga va mashqni bir marta bajarganda necha marta takrorlashga nisbatan friz 

hisobida  belgilash  kerak.  Bunda  V.M.Zastiorskiy  tomonidan  tavsiya  qilingan 

quyidagi shartli belgilarga amal qilish mumkin. 

Takroriy  zo’riqish  uslubida  katta  va  o’rtacha  katta  qarshiliklar  bilan 

bajariladigan  mashqlardan  foydalaniladi.  Agar  yosh  futbolchining  kuchi 

mashg’ulotdar  jarayonida  harakatlarni  8-12  martadan  ko’proq  bajara  oladigan 

darajada  ortsa,  mashqlarni  4-7  marta  bajarishga  imkon  beradigan  darajaga  qadar 

murakkablashtirish lozim. Kuchni tarbiyalashda mashqni bir urinishda 50 tagacha 

takrorlash  tavsiya  etilmaydi.  Bunchalik  ko’p  takrorlashlar  faqat  chidamlilikni 

tarbiyalashda maqsadga muvofiqdir. 


Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish