Футбол тактикасини ривожлантириш



Download 244,5 Kb.
bet7/12
Sana07.07.2022
Hajmi244,5 Kb.
#755163
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Нурматова Кунлуз

II. ASOSIY QISM
2.1 Futbolda to`psiz bajariladigan harakatlar
Tupsiz bajariladigan xarakatlar kuyidagilar kiradi: «ochilish», rakibni chalgitish va aloxida maydon bulagida mikdoriy ustunlikka erishish.
«Ochilish» - sherikdan tupni olish uchun kulay sharoit yaratish maksadida maydon buylab futbolchini baradigan turli xarakatlari xisoblanadi. Moxirona «ochilish» uchun xujumchi u yoki bu pozitsiyani maksadga muofikligini yaxshi baxolay olishi kerak. Eng kulay vaziyatni uz vaktida egallashi xujumchi va unga karshilik kilayotgan ximoyachini tezkorlik xislatlariga, sherik xarakatlariga va boshka bir kancha omillarga boglik bulishi mumkin. Samarali xarakat asosan, xujumchi tupni kabul kilib olishi uchun va keyinchalik u bilan xarakatlanishi uchun eng kulay bulgan pozitsiyani kanchalik tez egallashiga boglik buladi.
Xujumchilar asosan tupsiz maydon buylab xarakat kilgan xolda xarakatlanishadi. Manyovr kilish – rakibni chalgitish uchun futbolchini maydon buylab kup marotaba uz vaziyatini uzgartirish xolatlari xisoblanadi. Xarakalar natijasida, uyin yakuni uyinchilar uz vaziyatlarini kanchalik tugri tanlashiga, mazkur vaktda tupga egalik kiluvchi futbolchiga nisbatan «takliflar» kilishi bilan boglik buladi.
Barcha xollarda pozitsiyani tanlashda futbolchi kuyidagi omillarga amal kilishi kerak:
- «ochilishni» rakib uchun ktilmagan tarzda va katta tezlikda bajarishi kerak. Bu tupni olish uchun muayyan vakt zaxirasini xosil kilgan xolda, ximoyachidan uzoklashish imkonini beradi;
- «ochilish» tupsiz xarakat kilayotgan boshka sheriklarni xarakatlarini kiyinlashtirmasligi kerak;
- tupga ega bulgan uyinchiga xaddan tashkari yakinlashish tavsiya etilmaydi, bu xol xujum xarakatlarini rivojlanishiga salbiy ta’sir kursatadi;
- «uyindan tashkari»xolatiga tushib kolmaslikka katta e’tibor karatish kerak.
Rakibni chalgitish – sherikni yakka tartibdagi xarakatlanishi uchun kulay sharoit yaratish maksadida, futbolchini maydon buylab uz vaziyatini uzgartirib xarakatlanishlari tushuniladi.
Ta’kibchini uzi bilan olib ketish va bu bilan tupga egalik kiluvchi uyinchiga yoki kulay vaziyatdagi sherikka xarakat erkinligini ta’minlash maksadida, muayyan mintakaga soxta siljish xarakatlari yaxshi manyovr xisoblanadi.
Uzbekiston terma jamoasining jaxon chempionatiga saralash uyinlarini taxlil kilish shuni kursatdiki, jamoa muvaffakiyati majmuaviy tarzda uzviy mushtaraklikdir namoyon buladi. Bunda 4 ta omil e’tiborli xisoblanadi:
Bular:
- jismoniy tayyorgarlik;
- texnik tayyorgarlik;
- ma’naviy-irodaviy tayyorgarlik;
- taktik fikrlash kobiliyati.
Xar bir omilni aloxida kurib chikkan xolda, shu ta’kidlash joizki, jismoniy tayyorgarlik, texnik taktik tayyorgarlik va psixologik tayyorgarlik bilan uzviy boglik buladi. Bu boglanishlar anchalik mustaxkam bulsa, uyinchilar xarakati shunchalik mukamallashgan buladi. Uyinchilarni atletik tayyorgarligit va ish kobiliyatlari shunchalik yukori darajada buladi.
Futbol jamoaviy sport uyinlari guruxiga kiradi. Uning uchun – sheriklar bilan jamoaviy xamkorlikda rakibni yengishga yunaltirilgan xarakat faoliyati xoslidir.
Tashki signallarni tez va turlicha uzgarib turishini xisobga olgan xolda futbol uyinchi ruxiyatiga yuksak talablar kuyadi.
Demak, tashqi muhitning turli ta’siriga ruhiyatini yaxshi moslanishi; raqib yoki sherik xarakatlarini oldindan seza olish asosida xaroakatlanishq qobiliyati va o’yin ko’nikmalarini ijodiy yondashgan tarzda amalga oshirish nazarda tutiladi. Futbol ijodiy taktik fikrlashdan kombinatsion o’yin olib borishga qobiliyat, shuningdek, jamoaviylikni, intozomlilik va o’z-o’zini boshqara olishni talab etadi.
Futbol bilan shug’ullanuvchilar tabiati xususiyatlari, irodaviy xislatlari, maqsad sari intiluvchanligi, jongovor ruhi, qat’iyatliligi va g’alaba sari intiluvchanligiga katta talablar qo’yiladi. O’yinchi organizmi yaxlit majmuani tashkil etadi, shu bois, sport mashg’ulotining aloxida qismlarini ajratib tashlash mumkin bo’lmaganidek, organizmning jismoniy va psixologik tomonlarini alohida tarzda o’rganish mumkin emas. SHunga asosan, quyidagicha xulosaga kelish mumkin:

  • o’yinchi shaxsini zamonaviy futbol o’yini talablari nuqtai nazaridan rivojlantirish;

  • o’yin faoliyatining murakkab sharoitlarida bellashuvi qobiliyatini rivojlantirish;

  • o’yin faoliyatida o’yinchining psixologik xolatidagi o’zgarishlarni boshqarish kerak.

Futbolchilarning bellashuv faoliyatini pedagogik nazorati yordamida yakka tartibdagi va jamoaviy texnik-taktik xarakatlar rivojlanishining turli darajalarini baxolash mumkin.
60-yillardan boshlab futbolda qator tadqiqot ishlari paydo bo’la boshladi. Ularda mualliflar bellashuv faoliyati jarayonida pedagogik nazoratni tashkil etish bo’yicha o’z uslubiyatlarini ishlab chiqib, sportchilarning jismoniy tayyorgarligi va texnik-taktik xarakatlari samaradorligini baxolashgan.
Mazkur ishlarda mualliflar futbolchilarning texnik-taktik xarakatlarini qayd qilishgan.
YAkka tartibdagi ximoya taktikasi.
Mudaafani muvaffaqiyatli bo’lishi nafaqat to’g’ri bajarilgan ehtiyotlash xarakatlari, o’zaro almashuvchanlik va o’yinchilar guruxlarini o’zaro kelishib xarakatlanishiga, balki, ximoyachini to’p bilan va to’psiz o’ynayotgan o’yinchiga qarshi yakka tartibda xarakatlanish qobiliyati, ya’ni aniq vazitda ximoyachi o’zi ta’qib qilayotgan o’yinchiga nisbatan vaziyatni qanchalik to’g’ri tanlashiga ham bog’liq bo’ladi. Pozitsiyani to’g’ri tanlash mudofaadagi xarakatlarni muvaffaqiyatli bo’lishi garovidir.
Mudofaadayakka tartibdagi taktik xarakatlarga to’pga ega bo’lgan va to’psiz o’yinchiga nisbatan qarshilik ko’rsatish xarakatlari kiradi.
To’psiz o’yinchiga qarshi harakatlar.
To’psiz o’yinchiga qarshi harakatlanganda himoyachi quyidagilarga intiladi:
a) raqibni to’pni egallab olishiga to’sqinlik qilish, ya’ni «yopilish» ni amalga oshirish.
b) raqib uchun mo’ljallangan to’pni egallab olish.
«YOpilish» - raqib to’pni egallashini qiyinlashtirish uchun mudofaa jamoasi o’yinchisini maydonda o’z vaziyatlarini o’zgartirib xarakatlanish xisoblanadi.
Raqibni yopish uchun ximoyachi o’z darvozasi bilan o’yinchi orasidagi pozitsiyani egallashi kerak. Ximoyachi bilan xujumchi orasidagi masofa to’p va o’yinchini darvoza tomon yaqinlashishi yoki undan uzoqlashishiga qarab qisqari yoxud ortib borishi mumkin. SHuningdek, pozitsiya ximoyachiniyugurish tezligi, yakka kurashayotgan juftliklar kuchi nisbati va boshqa omillarga ham bog’liqdir.
To’pni egallab olish – himoyachi yaqinida joylashgan raqibga uzatilgan to’pni egallb olish uchun mudofaa jamoasi o’yinchisi tomonidan bajariladigan xarakatlardir. Ularning muvaffaqiyatli bo’lishi ximoyachining to’g’ri vaziyatni tanlashi qobiliyatiga, o’z vaqtida to’p tomon chiqish, vaziyatni baholash, tezkorlikka bog’liqdir. Odatda, to’pni egalllab olishda himoyachi bilan hujumchi, orasidagi masofa «yopish» dagiganisbatan ko’proq bo’ladi. Bu hol mazkur vaziyatda ximoyachi faol tomon bo’lishi va to’p parvozining ehtimoli yo’nalishi tomon siltanib xarakatlanishga o’lgurishi bilan bog’liq.
To’pni egallab olishda himoyachi quyidagilarga amal qilishi kerak:
a) to’p joylashgan o’rniga yoki to’pni qabul qilib oladigan raqib vaziyatiga bog’liq holda, hujumchigacha bo’lgan zaruriy masofani saqlash.
To’p so’rayotgan o’yinchiga qarshi harakatlanish.
To’p so’rayotgan o’yinchiga qarshi yakka tartibdagi o’yin harakatchan mudofaa taktikasi, ya’ni o’yinchini kuzatish va u bilan o’yin olib borish asosida tashkil etiladi.
Ko’p hollarda, himoyalanuvchilarga raqib to’pni egallab olgach yoki uni nazorat qilib turganda olishuvni boshlashiga to’g’ri keladi.
YAkka kurashda g’olib kelish yoki yengilish himoyachilar to’pni egallashda zaruriy vosita va usullarni tanlash va qo’llashda qanchalik tajribali bo’lishlariga bog’liq bo’ladi.
O’yin vaziyati va ehtimolli oqibatlarga bog’liq ravishda himoyachi raqibdan to’pni tartib olishning u yoki bu usulini tanlaydi. To’pni urib chiqarish, yelka bilan turtish kabi usullarni qo’llash mumkin.
To’p uzatishga qarshilik ko’rsatish.
Ba’zan shugnday holatlar bo’ladiki, himoyachi qulay vaziyatni egallagan o’yinchiga to’p uzatishga qarshilik ko’rsatish kerak bo’ladi. Mazkur o’yin vaziyatida to’pni tartib olishga urinish yoki yakka kurashni boshlash nojoiz xisoblanadi, chunki ximoyachining omadsiz harakatlari vaziyatni yanada keskinlashishiga olib kelishi mumkin.
To’p surishga qarshilik ko’rsatish.
Agar himoyachi to’pni egallab ololmasa, yoki raqib to’pni qabul qilib olish vaqtida undan to’pni tortib olishga ulgurmasa, u barcha harakatlari va egallagan vaziyati yordamida to’p egallagan raqibni oldinga tomon tez xarakatlanishiga to’sqinlik qilishga harakat qiladi. Agar xujumchi xarakatlanishni boshlagan bulsa, ximoyachi unga parallel ravishda joylashib, uni yon chizikka surib chikarishga xarakat kiladi. Natijada, xujumchi uz sheriklarini bevosita yordamidan maxrum buladi.
Zarbalarga karshilik kursatish.
Xujumchi jarima maydonchasi yakinida darvozaga zarba berishga uringanida xavfli vaziyat yuzaga keladi. Bunda ximoyachi uz darvozasiga nisbatan orkasi yoki yon tomoni bilan joylashgan xolda unga zarba berilishiga tuskinlik kilishi kerak.



Download 244,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish