Ko‘krak bilan to‘pni to‘xtatish
Bu usulni bajarishdan oldin o‘yinchi to‘p tomon qarab turgan bo‘lib dastlabki holatni oladi.
Kichik qadam kengligida (60-70sm) oyoqlar ochilgan, ko‘krak oldinga chiqarilgan, qo‘llar
tirsaklarda egilgan holda pastga tushiriladi. Ko‘krak to‘p bilan to‘qnashgan vaqtda ko‘krakni
orqaga-ichiga o‘tkazib yеlkalar va qo‘llari oldinga chiqariladi. To‘pni to‘xtatish yakunida tana
og‘irlik markazi taxminan to‘p yo‘nalishi tomon o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |