Futbol Futbol bu «oyoq to`pi»



Download 426,5 Kb.
Sana27.06.2022
Hajmi426,5 Kb.
#710066
Bog'liq
Futbol


Futbol
Futbol bu «oyoq to`pi» dеgan ma`nodagi inglizcha so`z bo`lib, Frantsiya, Ispaniya, Rossiyada shu nom saqlanib qolgan.
Futbol bu chinakam atlеtik o`yin. U tеzkorlik, chaqqonlik, kuchlilik va sakrovchanlikni rivojlantirishga yordam bеradi. Futbolchi o`yin paytida xaddan tashqari ko`p ish bajaradi. Bu esa odamning funktsional imkoniyatlari darajasini oshirishga, ma`naviy, irodaviy xislatlarini tarbiyalashga yordam bеradi. Futbol o`ynash umumiy jismoniy tayyorgarlik ko`rishda yaxshi vosita bo`lib xizmat qila oladi. Yonalishni o`zgartirib xilma-xil yugurish, sakrashning turli xillari, struktura jixatdan turlicha gavda harakatlari, to`pni tеpish, to`xtatib olish va olib yurish, maksimal tеzlikda harakat qilish, irodaviy xislatlarning, taktik tafakkurning kamol topishi kabilar, futbolni har qanday ixtisosdagi sportchiga zarur bo`lgan ko`pgina muxim xislatlarni o`stiradigan sport o`yini dеb xisoblash imkoniyatini bеradi.
Hozirgi zamon futbolining «ajdodi» bundan ikki ming yil avval qadimgi Sharq xalqlari va antik dunyo davlatlari Grеtsiya va Rimda ma`lum bo`lgan «Garponon» (o`sha paytda futbol shunday atalar edi) o`yinini o`ynagan qadimgi Grеtsiya o`smirlari maydon o`rtasidan turib to`pni raqiblar tomoniga o`tkazishgan, Goy Yuliy Sеzarning rimlik ligionеrlari to`pni har qanday usul va priyomlarni qo`llagan holda ustunlar orasiga kirgizishga harakat qilganlar. O`rta asrlarda o`yin kеng tus oldi.






Basketbol


Basketbol (ing. basket — savat, ball — to‘p) — sport turi, 3,05 m balanddagi savatli halqaga to‘pni qo‘lda tashlab o‘ynaladigan jamoa o‘yini. Basketbol mashg‘uloti va musobaqalari uchun to‘rtburchak maydoncha (o‘lchami 26x14 m) yoki zal (balandligi 7 m) talab qilinadi. Har bir jamoada 12 nafardan o‘yinchi bo‘lib, maydonga bir yo‘la har jamoadan 5 tadan o‘yinchi tushiriladi (bu o‘yinchilar almashtirilishi mumkin). Qaysi jamoa raqibining savatiga ko‘p to‘p tushirsa, o‘sha yutgan hisoblanadi. Uyinda savatga tushirilgan to‘p uchun 2 ochko, jarima belgilanganda tushirilgan to‘p uchun 1 ochko, jarimadan tashqaridagisi uchun 3 ochko beriladi. Erkaklar 40 minut, ayollar 36 minut, 15 — 16 yashar o‘smirlar va qizlar 30 minut, 13 — 14 yashar o‘g‘il va qiz bolalar 24 minut o‘ynashadi. O‘yin 2 qismdan iborat, orada 10 minut dam olinadi. Belgilangan vaqtda jamoalar baravar ochko olsa, biror jamoa g‘olib chiqquncha 5 minutdan qo‘shimcha vaqt beriladi.
Basketbol vatani AQShdir (1891). Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA; 1932 yil tuzilgan)ga 177 mamlakat a’zo (1991). Basketbol 1936 yildan Olimpiya uyinlari dasturiga kiritilgan. 1950 yildan Basketbol bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazib kelinadi. Basketbol O‘zbekistonda 1921 yildan o‘ynala boshlagan. O‘zbekistonlik R.Salimova 2 marta jahon hamda olimpiya o‘yinlari chempioni bo‘lgan. Basketbol bo‘yicha O‘zbekiston respublika federaiiyasi oliy liga jamoalari o‘rtasida musobaqalar tashkil etib kelmoqda. Oliy ligada Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyati, Chirchiq shahar hamda Sirdaryo va Navoiy viloyati basketbolchilari musobaqalashadi. O‘zbekiston terma jamoasi 1997 yil II Markaziy Osiyo o‘yinlari — «Sprayt chellenje» xalqaro turnirining g‘olibi bo‘ldi (terma jamoa bosh ustozi A. Adisman, jamoa a’zolari 3. Xabibulin, M. Shafenkov, R. Karimov, S. Demurin, B. Mirodilov, T. Abbosov, V. Petrishchev).






Voleybol


Voleybol (ing . volley ball, volley — urib qaytarmoq va ball — koptok) — jamoa boʻlib oʻynaladigan sport oʻyini; oʻrtasidan toʻr bilan (erkaklar musobaqasi uchun 2,43 m va ayollar musobaqasi uchun 2,24 m balandlikda) boʻlingan 9x18 m li maydonchada oʻynaladi. Bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 2 jamoa oʻynaydi. Oʻyinchilar toʻpni qoʻl bilan urib, raqib maydoniga tushirishga harakat qiladilar. Koptokni uch urishda raqiblar tomoniga oʻtkazish lozim. Musobaqa 3 yoki 5 qur oʻynaladi. V. AQShda paydo boʻlgan (1895). Xalqaro federatsiya (FIVB; 1947 yil asos solingan) ga 180 dan ortiq mamlakat aʼzo. 1964 yildan Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan, 1949 yildan jahon birinchiliklari oʻtkaziladi.Voleybol Oʻzbekistonda 1920 yildan oʻynaladi. Oʻzbekiston Respublikasi 1991 yil Xalqaro V. federatsiyasiga, 1992 yil Osiyo V. konfederatsiyasiga aʼzo boʻlib kirdi. Oʻzbekistonda bu sport turi bilan 700 mingdan ortiq kishi muntazam shugʻullanadi. U maktablarda om-maviy tus olgan, jismoniy tarbiya boʻyicha dasturning ajralmas qismi hisoblanadi. Voleybol 1895 yilda Amerika qo‘shma shtatlarining Massachusets shtatidagi Xoliok shahrida yosh xristianlar ittifoqini jismoniy tarbiya bo‘yicha rahbari pastor Vilyam Morgan tomonidan yaratilgan. U voleybol o‘yinini oddiy, ko‘p mablag‘ sarflamasdan tashkil etishni ko‘zda tutib yangi o‘yinning qoidalarini ishlab chiqdi. Oʻyin nomini avvaliga mintonett deb nomladi. 1896 yilda Springfild shahridagi kollej direktori doktor Alfred Xalsted bu o‘yinga “voleybol” deb nom berdi. “Voleybol” inglizcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “parvoz qiluvchi to‘p” degan ma’noni bildiradi. 1897 yilda tadbiq etilgan ba’zi bir o‘yin qoidalari quyidagicha edi: 1. Maydoncha chegaralari 7,6 x 15,1 m 2. To‘rning o‘lchamlari 0,65 x 8,2 m, balandligi 198 sm 3. To‘pning vazni 340 g, aylanasi 63,5 – 68,5 sm 4. O‘yinchilarning soni chegaralanmaydi va hokazo. 1895-1920 yillar voleybol o‘yini rivojlanishining birinchi bosqichi bo‘lib hisoblanadi.






Download 426,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish