Furqatning ijodiy hayot yo’lini o’rganish tarixi. Furqat Toshkentda Furqat ijodiy merosi



Download 34,74 Kb.
bet1/5
Sana09.03.2022
Hajmi34,74 Kb.
#487722
  1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5213246284730734289


Mavzu: Furqat (1859-1909) hayoti va ijodi


Reja:
Кirish

  1. Furqatning ijodiy hayot yo’lini o’rganish tarixi.

  2. Furqat Toshkentda

  3. Furqat ijodiy merosi.

  4. Ishqiy lirika;



Xulosa


Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish
Buyuk ma’rifatparvar Furqat ijodiga qiziqish uning o`zi davridayoq boshlangan.Uning hayoti va ijodi haqida H. Rasul, A. Abdug`afurov, H.Vohidov, E. Karimov, J. Usmonov kitoblarida, V. Zohidov, I. Sulton, M.Shayxzoda G`. Karimov, L. Qayumov, M. Yunusov, S.Mirvaliyev, A. Qayumov, Sh. Yusupov kabi olimlar maqolalarida tadqiq qilgan.
Mavzuning dolzarbligini inobatga olgan holda ushbu maqsadlar qo`yildi:
Shoir, publitsist, tarjimon Furqatning ijodini o`rganilish tarixi. Xususan,
a) Furqat ijodi sho`rolar davrida o`rganilishi;
b) Xorijlik tadqiqotchilarnng furqatshunoslik bo`yicha ishlarini o`rganish;
d) Milliy istiqlol davrida furqatshunoslik yo`nalishiga kimlar hissa qo`shganini va qanday yangiliklar amalga oshirganini yoritib berish;
Ikkinchidan, olim, tadqiqotchi professor Sharif Yusupovning “Xudoyorxon va Furqat” ,“Xufiya qatlamlar”, “Furqat yo`llarida” “Tarix va adab bo`stoni” asarlarini o`rganib , tahlil qilish . Olimning ilm-fan tarraqiyotiga qo`shgan hissani to`g`ri baholash.


1. Furqatning ijodiy hayot yo’lini o’rganish tarixi.

XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlaridagi 50-60 yillik davr millatning o`zini anglash davri hisoblanib , “Milliy uyg`onish davri” deb atalgan.


Mohiyatan bu davr mumtoz adabiyot bilan hozirgi adabiyot o`rtasida ko`prik bo`lgan. O`z davrida u “jadid adabiyoti” deb atalgan. Jadid adabiyotining ma’nosi yangi deganidir. Bu davrda Markaziy Osiyoning muhim madaniy markazlari-Qo`qon, Buxoro,Xiva,Toshkent, Kattaqo`rg`on va boshqa shaharlarda ko`plab shoirlar ajoyib ijod namunalarini yaratdilar.O`zbek demokratik adabiyoti rivoj topdi va bu adabiyot mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qildi. Bu davr ma’rifatparvarlari esa xalq ommasining zulm va zo`ravonlik nafratini ifodalab,xalqning baxtli kelajak qurishi uchun yo`l qidirardi. Ular orasida ana shu o`ylar bilan yongan , xalq dardlarini asarlarida ifodalagani uchun umrbod vatanidan judo bo`lgan Furqat ham bor edi.O‘zbek xalqchil adabiyotining yirik namoyandasi, ma’rifatparvari, lirik shoiri, publitsisti , mutarjimi, muarrixi Zokirjon Furqat Qo‘qon shahrida Mullo Xolmuhammad oilasida dunyoga kelgan. Mullo Xolmuhammad badiiy adabiyotga ixlosmand kishi bo`lgan. Furqat mahallasidagi Mulla Muhammad Olim maktabida tahsil ko‘radi va otasi yordamida mustaqil mutolaa orqali o‘zbek va fors adabiyotining buyuk namoyandalari Xofiz ,Bedil,Fuzuliy merosini, ayniqsa, Alisher Navoiy ijodini chuqur o‘rganadi, forsiy tilni mukammal o‘zlashtiradi.
Furqat Navoiy asarlarini qunt bilan mutolaa qiladi . Furqat buyuk shoir hatto uning tushiga ham kirganini va suhbat asnosida she’riyatdan imtihon qilib, ijodiy ish uchun “oq fotiha” berganini xotirlagan1. Navoiy duosidan ruhlangan Furqat bolaligidan to umrining oxirigacha ijod bilan shug‘ullanadi. Uning to‘qqiz yoshida yozgan she’ri muallimining tahsiniga sazovor bo‘lgan:
Mening maktab aro buldur murodim,
Xatimdek chiqsa imloyu savodim.2
Keyinchalik, Qambar Alidan xattotlik san’ati va Jome’ masjidi mudarrisi Podshoxo`jadan arab tilidan saboqlar oladi va 1873-yilda madrasaga kiradi. Furqatning 20-21 yoshlaridagi ko`rinishi “Tazkirayi Qayumiy” asarida quyidagicha ta’riflangan:
“Furqatni ko`ring-u bir hindini ko`ring,qoramtir kishi edi. … yoqimli ko`rinishli
bo`lib,lekin juda o`ychan, kam kulgi edi”3. 1875–76 yillarda Qo‘qon xonligida yuz bergan qonli, siyosiy voqealar munosabati bilan madrasa yopilgach, yana mustaqil mutolaa va ijodiy ish bilan shug‘ullanadi. 1976-yilda Yangi Marg‘ilonda savdo ishlarini yo‘lga qo‘ygan tog‘asinikiga yerga borib unga yordamlashadi, keyinchalik o‘zi ham “choy va digar ashyolar savdosig‘a do‘kon”4 ochadi, samovarchilik, mirzolik qiladi. Bunday ijtimoiy faoliyat oddiy xalq vakillari hayoti va orzu-intilishlari bilan bevosita tanishish, mustamlaka tuzumi illatlarini chuqurroq xis cfg etish imkoniyatini beradi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Turkistonda o'z hukmronligini o'rnatgan chor hokimiyati o'zbek xalqi boshiga katta kulfatlarni soldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi ijtimoiy-mafkuraviy voqealar badiiy adabiyotda ham aks etdi. Bu davrda Turkistonga ilg`or fan va texnika yutuqlari ham kirib kela boshlagan edi. O'rta Osiyoda milliy zulm avj olgan bir davrda ilg`or yangi mafkura paydo bo'ldi va bu ilg`or mafkura o'zbek adabiyotida ilk bor Furqat ijodida o'z aksini topdi.
Furqat ijodiy faoliyati ko'lami keng, serqirra va mahsuldor adiblar jumlasiga kiradi. U qoldirgan ijodiy merosning hajman katta qismini ona-yurtni mehr bilan kuylash, ishq-muhabbat, g`urbat va vatandan judolik kabi mavzudagi lirik she'rlar tashkil etadi.
Saksoninchi yillar boshlarida Qo‘qonga qaytib, oila quradi va asosan ijodiy ish bilan shug‘ullanadi. O‘zining guvohlik berishicha, Furqat xuddi shu yillarda “Hammomi xayol” risolasini yaratadi, “Chor darvesh” hikoyatini forschadan tarjima qiladi. “Nuh manzar” nomli she’riy kitob yaratadi.
“Bulardin bo‘lak har xil g‘azaliyotim Farg‘ona muzofotig‘a (ya’ni, yon-atrof qishloq shaharlariga) va digar mamlakatlarga muntashir(mashhur) bo‘ldi”, deb yozadi shoirning o‘zi tabiiy g‘urur bilan. Xuddi shu yillarda shoir ilk bor she’rlarini to‘plab majmua holiga ham keltirgan. Afsuski, shoirning o‘zi qayd etgan risola, manzuma va tarjimalari kabi bu majmua ham shu kunga qadar topilgan emas.
Furqat shu yerda o`zining ijodiy kamolotga yetishishida tayanch bo`lgan Muqimiy, Muhyi Zavqiy, Nodim, Nisbat, Muhayyir kabi ijodkorlar bilan bevosita muloqotga kirishadi, ular muntazam ravishda uyushtiradigan adabiy majlislarning, she’riyat kechalarining faol ishtirokchilaridan biriga aylanadi. Bu yirik qalam sohiblari ijodida keyinchalik kamol topgan g‘oyaviy va adabiy birlik, ular dunyoqarashidagi umumiylik xuddi shu adabiy anjumanlarda shakllana borgan.
Furqatning Qo‘qondagi ijodi tur va mavzu, mazmun va shakl rang-barangligi jihatidan ham, sermahsulligi jihatidan ham diqqatga sazovor. U mumtoz she’riyatimiz an’analari ruhida ko‘plab ishqiy g‘azallar, muxammaslar, Navoiy asarlariga go‘zal nazira va taqlidlar yaratdi, chuqur xalqchillik va zamonaviylik uning she’rlarida tobora keng o‘rin egallay boshladi.
Furqat 1886–87 yillarda Qo`qondan Marg‘ilonga borib,Muhammad Sharif degan do`1stining yordami bilan do`kon ochadi. She’riyat bilan band bo‘ladi, shaharning ziyolilari Xo‘jajon Rojiy, Muhammad Umar Umidiy – Havoiy, Mulla Toshboltu Royiq kabi ijodkorlar bilan tanishib adabiy suhbatlar quradi. Shu yerda u ilk bor gazeta bilan tanishib, uning “Toshkent shahrida bosma bo‘lg‘on”5ligini biladi.
Furqat 1889 -yili avvalida o‘lkaning bosh shahri Toshkent safariga chiqib, Qo‘qon orqali Xo‘jandga keladi. Bu shaharda Toshxo‘ja Asiriy boshliq mahalliy ijodkorlar, adabiyot muxlislari bilan qator uchrashuvlar, mushoirlar uyushtirgan Furqat, ayni zamonda shahar aholisining yashash sharoiti, kundalik hayoti, rasm – rusumlari bilan yaqindan tanishadi.Shu davrda “Nest” radifli g`aazalini yozadi.
Dar vatan az javri gardun xurrami moro nabud,
In che tole’ budki,yorab,dar g`aribi niz nest…
Furqat hatto Xo`jandda ham o`zini Vatandan chetda ,g`ariblikda his etgan.
Bu yerta xastalanib qolgan shoir tabiblar ishidan ko`ngli to`lmay, 1889- yilning iyuni o‘rtalarida (hijriy 1306- yil shavvol oyi) Toshkentga kelib, Ko‘kaldosh madrasasi hujralaridan biriga joylashadi. Odatiga ko‘ra, bu yerda ham mahalliy ziyolilar Sattorxon Abdu g`ofurov ,Saidrasul Saidazizov,Sharifxo`ja Poshshoxo`ja o`g`li bilan tez muloqotga kirishadi, adabiy hayotda ko‘rinarli mavqe’ga ko‘tarila boradi.
Yangi Marg‘ilonda ijodkor sifatida to‘la shakllangan shoir, o‘z g‘azallariga “Furqat” – “ayriliq” taxallusini qo‘yib, shuhrat qozona boshladi. Toshkentga kelgach unga do`stlari “Farxat” taxallusibilan ijod etishni boshladi. “Zokirjon Toshkentga kelganidan keyin ma’lum vaqt “Farxat” taxallusi ostida ham ijod etgan,hatto bu taxallus bilan bitilgan “toza va jadid ab’yotlari” “ishtihor” (mashhur) bo`lgan”6Mustamlakachi chor ma’muriyati joylashgan xuddi shu yerda u ilk bor ovro‘pocha hayot tarzi, zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishadi. Xususan, o`zining “Axvolot”ida o`sha davrdagi Laxtin bosmaxonasiga borganini, u yerda chop mashinalarini ko`rganini yozadi. Fuzuliyning “Layli va Majnun” dostoni chop etilayotganini ko`radi.Shuningdek,Nazarov ismli suratkashning ishxonasida bo`lib ilk bor rasm oluvchi mashinani ko`rgani haqidagi hayratlarini aks ettiradi. Ammo bu yutuqlarni ko`rib Furqatning dili yanada xufton bo`ladi. Chunki,bir qancha kitoblarni o`qigan , dunyoviy ilmlardan ma’lum darajada xabardor bo`lgan shoir yangiliklardan shu darajada hayratlandi, Farg`ona esa ahli shundan ham xabardor emas edi.
Furqat g‘azal va muxammaslarida ijtimoiy ohanglar ham ko‘rinarli o‘rin tutadi. Mustamlaka tuzumining illatlarini qoralash, joriy adolatsizlik va zo‘ravonlikdan, huquqsizlik va nochor hayotdan, nodonlarning zamonada e’tibor topib, donolarning, halol kishilarning xor-zor etilishidan norozilik badiiy buyoqlarda qat’iy jaranglaydi:
Charxi kajraftorning bir shevasidin dog‘men,
Ayshni nodon surub, qulfatni dono tortadur.
Sarig‘ oltun kasrati ko‘ngulni aylaydur qaro,
Chunki safro bo‘lsa g‘olib, o‘zga savdo tortadur.

Mashhur “Sayding qo‘yaver, sayyod” musaddasida esa Furqat chor bosqinchilari mustamlakasiga aylangan o‘lkadagi hukmron zo‘ravonlikka qarshi inson sharafi va g‘ururini ulug‘laydi. Butun musaddas misralari zaminida insonparvar va erksevar shoirning zulm o‘tkazuvchilarga qarshi qatiy norozilik ovozi jaranglab turadi.


Sayding qo`yaber sayyod, sayyora ekan mendek
Ol domini bo`ynidin, bechora ekan mendek.
O` yorini tompasdan ovora ekan mendek
Iqboli nugun baxti ham qora ekan mendek.
Hijron o`qidin jismi ko`p yora ekan mendek
Kuygan jigari bag`ri sadpora ekan mendek.
Furqat Naoiy va boshqa uztozlari an’analarini davom ettirgan kuchli lrik shoirdir.

Download 34,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish