Furqat tumani XTB ga qarashli 2-ixtisoslashgan maktab amaliyotchi psixologining ortabr oyi
Xisoboti Maktab psixologi tomonidan yillik ish rejadan kelin chiqib ortabr oyi ish rejasi tuzildi va tasdiqlandi. O’quvchilarning maktab sharoitiga va o’quv faoliyatiga moslashishiga ko’maklashish maqsadida 1 sinf o’quvchilariga guruhiy koreksion–rivojlantiruvchi mashg’ulotlar o’tkazildi. O’quvchilardagi o’ziga ishonchning tahlili hamda “Men” ini anglaganlik darajasini o’rganish maqsadida 2 sinf o’quvchilaridan Zina metodikasi o’tkazildi. O’quvchilarning bilish jarayonlari va fikrlash jarayonini o’rganish hamda psixokorreksoin ishlarni amalga oshirish maqsadida 4 sinf o’quvchilaridan “Ortiqcha so’zni toping”,“Найдите лишнее слово ” testi o’tkazildi va tahlil qilindi. Bu metodikani o’tkazishdan maqsad o’quvchilarning aqliy qobiliyati va tafakkur jarayonini o’rganish.
Turli fan o’qituvchilariga hamda o’quv guruhlariga nisbatan adaptatsiya jarayonini yo’naltirish ya’ni o’quvchilarning turli fanlarga munosabati tahlili va fan to’garaklariga jalb etish maqsadida V.V. Kazansevaning o’quvchilarning fanlarga qiziqishini o’rganishga qaratilgan metodikasi o’tkazildi va tahlil qilindi. Ushbu metodika 5 A B V G D sinflardan o’tkazildi.
O’quvchilarning kasbga nisbatan moyilliklarini aniqlash maqsadida G.Gardner tomonidan ishlab chiqilgan “Intelekt tiplari” metodikasi 6 A B V G D sinf o’quvchilaridan olindi.Natijalar ishlab chiqildi. Bu metodikani o’tkazishdan maqsad o’quvchilarni kasbga nisbatan moyilliklarini aniqlash.
2019-2020 o’quv yilida 11 sinfni bitirgan o’quvchilarni bandligini ta’minlash bo’yicha kerakli ma’lumotlar XTB ga topshirildi.
Xalq ta’lim Vazirligining 2020-yil 7 avgustdagi 02-46-son nazorat rejasi va o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirish va pedagogik psixologik Respublika tashxis markazining 2020-yil 25-sentabrdagi 46-sonli hamda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining 2020-yil 20 sentabrdagi 188-sonli buyrug’I ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda kasb hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etish to’g’risida 2020-yil 20-oktabr 68-sonli buyruqqa binoan Kasb tiplari bo’yicha oktabr oyi “Odam-odam ” kasb tipi oyligini tashkil etish va o’tkazish yuzasidan tadbirlar rejasi tuzildi va burchagi tashkil etildi. 11 A B V sinf o’quvchilaridan tanlagan kasb hunari va yo’nalishi haqida so’rovnoma o’tkazilda va XTB ga topshirildi.