Furqat tumani Xalq ta’limi bo`limiga qarashli
6 –umumiy o`rta ta’lim maktabida
“Tarix-huquq va tarbiya fanlari oyligi ”da amalga oshirilgan ishlar to`g`risida
HISOBOT
1.Maktabda dekabr oyi ”tarix-huquq va tarbiya ” fanlari oyligini o`tkazish to`g`risida 2021 -yil ___-sentabrda ______ - sonli buyrug`i chiqarildi. Ushbu buyruq bo`yicha ishlar rejasi tasdiqlandi.
2.Maktabda Tarix fanidan 24 soat, huquq fanidan 5 soat, tarbiya fanidan 9,5 soat dars mavjud bo’lib, bu fanlardan o`quvchilarga tarix fanidan oliy ma’lumotli tarix fani o`qituvchisi K.Haydarov, tarix fanidan oliy ma’lumotli tarix fani o`qituvchisi J.Eshmatov va tarix-huquq fanidan oliy ma’lumotli tarix-huquq fani o`qituvchisi N.Yusupova, tarbiya fanidan oliy ma’lumotli tarbiya fani o`qituvchisi A.Sultonov va boshlang`ich sinflarga tarbiya fanidan boshlang`ich sinf o`qituvchilari ta’lim beradi.
3.Fan oyliginining birinchi kuni fan oyligi bo`yicha o`quvchilarga “Dekabr-Tarix-huquq va tarbiya fanlari” oyligi haqida e’lon qilindi va fan oyligini ochilishi o`tkazildi.
4.”Tarix-huquq va tarbiya” fani oyligini boshida sinflar kesimida o`quvchilar bilim samaradorligini aniqlash maqsadida test sinovlari o`tkazildi. Unga muvofiq o`quvchilarning bilim samaradorligi 63% ni tashkil etdi.
5. 9-11-sinf o`quvchilari o`rtasida “Mening huquq va majburiyatlarim ” tanlovining maktab bosqichi o`tkazildi.
6.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan devoriy gazetalar chiqarildi.
7.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan V-XI sinf o`quvchilari ishtirokida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori nomli” tadbir o`tkazildi.
8.O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan 8-sinflar o`rtasida “Konstitutsiya bilimdoni” tanlovi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi munosabati bilan I-IV sinflarda “Baxtimiz qomusi” nomli tadbirlar o`tkazildi.
9.O`zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kunga bag`ishlab IX-“A - B” sinf o`quvchilari ishtirokida “Muqaddas madhiyam, ulug` madhiyam” nomli tadbir o`tkazildi.
10.Fan oyligi davomida tarix-huquq xonasi o`quv va didaktik materiallar bilan boyitildi.
11.O`quvchilarni tarix faniga qiziqishini yanada ortirish maqsadida V-VIII sinflar o`rtasida “O`z tarixingizni bilasizmi?” mavzusida bellashuv o`tkazildi va VIII sinf o`quvchilari bu bellashuvda g`olib bo`ldi.
12.Fan oyligida fanlardan ochiq darslar o`tildi. 2020-yil 2-dekabr kuni Eshmatov Jumanazar 9-“A” sinfda O‘zbekiston tarixi fanidan “Rossiyada davlat dumasining tashkil topishi” mavzusida, 2020-yil 12-dekabr kuni Yusupova Nilufar 11-“A” sinfda huquq fanidan “Oilaga,yoshlarga va axloqqa qarshi jinoyatlar” mavzusida va 2020-yil 14-dekabr kuni Haydarov Kamoliddin 7- sinfda tarix fanidan “Yuz yillik urushning boshlanishi va uning dastlabki bosqichi” mavzusida ochiq darslar o`tildi. Darslar noan’anaviy tarzda axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalangan holda olib borildi.
13.O`quvchilar bilim, malaka va ko`nikmalarini aniqlash maqsadida chiqish testlari olindi. Unga muvofiq o`quvchilarning bilim samaradorligi 75% ni tashkil etdi. Fan oyligi davomida o`quvchilar bilim samaradorligi 12 % ga oshirildi.
14.Fan oyligi davomida “Yosh tarixchilar” to’garagining devoriy gazetasi chiqarildi. Devoriy gazetasi har hafta o`quvchilar tomonidan tarix va huquq faniga tegishli qiziqarli ma’lumotlar bilan to`ldirib borildi.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, “Tarix-huquq va tarbiya ” fanlari oyligi davomida o`quvchilarning tarix-huquq fanlariga bo`lgan qiziqishlari va bilimlari oshirib borildi. “Tarix-huquq va tarbiya ” fanlari oyligida fan o`qituvchilarining yana bir bor o`rta ta’lim maktablarida DTS talablari asosida o`quvchilarga saboq berib kelayotganligi yuqori natijalarga erishishimizda kata ahamiyat kasb etadi. Nafaqat dekabr oyini, qolaversa, barcha oylarni ham mana shunday tadbirlar asosida o`tkazsak maktablarda o`quvchilarning bilim, ko`nikma va malakalari yana ham oshadi.
Fan o’qituvchilari: K.Haydarov
J.Eshmatov
A.Sultonov
Metod birlashma rahbari: N.Yusupova
O`IBDO`: R.Kenjaboyev
Do'stlaringiz bilan baham: |