Furqat tumani 2-IDUM boshlang ‘ich ta’lim metodbirlashmasining navbatdan tashqari
Bayonnomasi
2021 yil 21 –aprel
Yig ‘ilishga ishtirok etganlar :24 nafar boshlang ‘ich ta’lim o ‘qituvchilari.
Kun tartibidagi masala:
“Eng yaxshi ko ‘rgazmali qurol,eng namunali videodars,eng yaxshi metodik qo ‘llanma“ko ‘rik –tanlovi g ‘olibini aniqlash to ‘g ‘risida
Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan so ‘zga chiqqan maktabning boshlang ‘ich ta’lim o ‘quv ishlari bo ‘yicha director o ‘rinbosari O.Abdunazarova yig ‘ilish qatnashchilariga maktabda har o ‘quv yilida ko ‘rgazmali qurollar,o ‘quv metodik adabiyotlar,didaktik materiallar ko ‘rik- tanlovi o ‘tkazilishi an’anaga aylanganligini va bu o ‘quv yilida ham o ‘qituvchilarimiz ko ‘rik-tanlovi uchun puxta tayyorgarlik ko ‘rganliklarini aytib o ‘tdi.
Xalq ta’lim bo ‘limining 2021 yil 12 apreldagi “Eng yaxshi ko ‘rgazmali qurol,eng namunali videodars,eng yaxshi metodik qo ‘llanma “ko ‘rik- tanlovini o ‘tkazish to ‘g ‘risidagi buyrug ‘iga asosan maktabda 15 aprel kuni boshlang ‘ich ta’lim o ‘qituvchilari hamda fan o ‘qituvchilari o ‘rtasida “Eng yaxshi o ‘quv –metodik adabiyotlar va ko ‘rgazmali qurollar hamda didaktik materiallar” ko ‘rik –tanlovio ‘tkazildi.Bunda maktabning boshlang ‘ich ta’lim o ‘qituvchisi O ‘.Qobilova va M.Alimovalarning ko ‘rgazmalari va metodik qo ‘llanmasi g ‘olib deb topildi. Qo ‘l bilan mayishiy chiqindilaridan tayyorlangan “ Uy” va harakatlanuvchi “ Ekskvator” deb nomlangan ko ‘rgazmasi o ‘zining mazmundorligi ,barcha fanlardan foydalanish uchun qulayligi,bugungi kun talablariga mosligi bilan alohida ajralib turadi.
Shu o ‘rinda shuni alohida ta’kidlash o ‘rinliki O ‘. Qobilova va M.Alimovalar o ‘quvchilarga ta’lim tarbiya berishda ilg ‘or pedagogik ish tajribalaridan samarali foydalanib keladilar.Boshlang ‘ich ta ‘lim bo’yicha o ‘quv dasturini o ‘quvchilar ongiga singdirishda yangi ped texnologiyalar talablariga asoslanib yaxshi natijalarga erishib kelmoqda. Ular har bir darsni AKT dantexnika vositalalardan
va qo ‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda o ‘tadi.O ‘quv jarayonida iqtidorli va bo ‘sh o ‘zlashtiruvchi o ‘quvchilar bilan mashg ‘ulotlarni muntazam olib borganligi,o ‘quvchilarni o ‘z faniga qiziqtirib,ularga chuqur bilim berganligi tufayli yaxshi natijalarga erishib kelmoqda.Ular fanga oid ma’naviy –ma’rifiy bilimlarini pedagogic mahoratini va tajribasini muntazam oshirib bormoqda.U o ‘zining yancilikka intiluvchanligi tashkilotchiligi bilan o ‘qituvchilar ,o ‘quvchilar va ota-onalar orasida hurmat qozongan.Ular maktabda har xil tadbirlarda faol qatnashib ,davra suhbatlari ,bellashuvlar tashkil qiladi.O ‘.Qobilova didaktik materiallar yo’nalishida ,M.Alimova harakatli ko ‘rgazmali qurollari
yo ‘nalishida maktab miqyosida g ‘olib deb topildi.2-bosqich “Eng yaxshi ko ‘rgazmali qurol,eng namunali videodars,eng yaxshi metodik qo ‘llanma” ko ‘rik- tanlovida ishtirok etish uchun tavsiya etildi.
Muzokara uchun so ‘zga chiqqan boshlang ‘ich ta ‘lim o ‘qituvchisi M. Jo ‘rayeva va M.Egamovalar haqiqatdan ham O ‘.Qobilova va M. Alimovalarning izlanuvchan jonkuyar,o ‘z ustida tinmay izlanadigan pedagog ekanligini va ular ko ‘rik –tanlovda yuqori natijalarga erisha olishini ta ‘kidladi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan yig’ilish qaror qiladi:
1.Furqat tumani bo ‘limining 2021 yil 7 apreldagi “Eng yaxshi ko ‘rgazmali qurol,eng namunali videodars,eng yaxshi metodik qo ‘llanma” ko ‘rik tanlovini o ‘tkazish haqidagi buyrug’I ma’umot uchun qabul qilinsin.
2.Maktabning boshlang’ ich ta’ lim o ‘qituvchilari O ‘.Qobilova ,M. Alimovalarning maktabda o ‘tkazilgan
“Eng yaxshi ko ‘rgazmali qurol,eng namunali videodars,eng yaxshi metodik qo ‘llanma”ko ‘rik- tanlovi g ‘olibi deb topilsin.
3. Maktabning boshlang’ ich ta’ lim o ‘qituvchilari O ‘.Qobilova ,M. Alimovalarning nomzodi tumanda o’tkaziladigan 2-bosqich “Eng yaxshi ko ‘rgazmali qurol,eng namunali videodars,eng yaxshi metodik qo ‘llanma”ko ‘rik- tanlovida ishtirok etish uchun tavsiya etilsin.
Yig ‘ilish raisi: M.Alimova
Kotibi: O ‘. Qobilova.
Do'stlaringiz bilan baham: |