Yusupov FURQAT
Taqdirimiz mundial
Asta-asta mundialga tashlayapmiz qadam,
Bizni qarshi olishga tayyordir butun olam,
Ulug‘ yurtim insonlari Vatanni derlar onam,
Taqdirimiz ham, qismatimiz ham mundial.
Mundialga borishimiz qismatimizga bitilgan,
Ko‘ksimizga ona tuprog‘imiz yerlari tikilgan,
Oyoq ostimizda ko‘raylik raqiblarni, yiqilgan,
Taqdirimiz ham, qismatimiz ham mundial.
Boshimizni tutib mag‘rur, ko‘ksimizda iftixor,
O‘rtada turar doim Vatan sha’ni, nomus-u or,
Bizning yurtda Alpomish-u Jaloliddinlar bor,
Taqdirimiz ham, qismatimiz ham mundial.
Hech narsaga parvo qilmay, olg‘a boramiz,
Tariximizga yangi g‘alabali sahifalar ochamiz,
Termamizga she’r, doston-u afsona yozamiz,
Taqdirimiz ham, qismatimiz ham mundial.
Shior topdik o‘zimiz uchun – “Kuch birlikda”,
Mudom tarixdan joy olaylik har to‘rt yillikda,
O‘tsin har bir kunimiz doim xursandchilikda,
Taqdirimiz ham, qismatimiz ham mundial.
26.06.11
75
FUTBOL FALSAFASI
O‘n birinchi avgust
Paxtakor-79 xotirasiga bag‘ishlanadi
11-avgust. Shu kunni ko‘zdagi yoshimiz bilan esga olamiz,
Osmon-u falakka boqib, unsiz nido, dod-u faryod solamiz,
Ularni har dam eslab, xayolimizda bir umr birga qolamiz.
Paxtakor-79. Ko‘ksimizdagi g‘urur, qalbimizdagi armonsan,
Shirin-shirin tuyg‘ularni sog‘inganda, dardimizga darmonsan.
11-avgust. Ko‘z yoshimiz oqdiki, hatto o‘ynamay qoldi yomg‘ir,
Bu halokat har bir yurtdoshimiz uchun bo‘ldi judayam og‘ir,
Boshimizga dard tushdi, hamma qayg‘uda, ezildi yurak-bag‘ir.
Paxtakor-79. Faxr-iftixorga to‘lgan, o‘zbekning nomus-u orisan,
Xalqing boshidagi do‘ppisi, belidagi belbog‘i, qo‘lidagi dutorisan.
11-avgust. Samolarga ma’yus holda tashlaymiz nigohimizni,
Eh, kimlarga ham aytamiz, dillardagi to‘lib turgan ohimizni,
Hech kimsa ketkaza olmas yurakdagi yaramizni, dog‘imizni.
Paxtakor-79. Qolasan bir umr mangu, har lahza yodimizdasan,
Xayolimizda tiriksan, ko‘nglimizda asirsan, doim yonimizdasan.
11-avgust. O‘n yetti o‘g‘lonim qani, javob ber, ey osmon-u falak,
Bu savolga javob topa olmay, necha yillardan beri bo‘ldik halak,
Qabringizga gullar qo‘ysak, kamdir hatto atab she’rlar yozsak.
Paxtakor-79. Halokating qancha-qancha dillarga qayg‘u soldi,
O‘yinlaringizdan Moskva, Tbilisi, hatto Kiyev hayratlarda qoldi.
11-avgust. Shu kuni yurakdagi, qalbdagi, yaramizni ochamiz,
Eslab, qumsaymiz, ko‘k-u firoqqa boqib, osmonlarga uchamiz,
76
Yusupov FURQAT
Ko‘zdagi yoshimiz ila devorlarda turgan rasmlaringiz quchamiz.
Paxtakor-79. Sizlar bilan muxlislar xursand, xalqimiz shod edi,
Qancha-qancha raqiblaring muxlislari ko‘z oldida dod dedi.
11-avgust. Hamma shokka tushib qoldi, xalq a’zaga burkandi,
Afsus, butun yurtimiz sizlarni so‘nggi manzilga kuzatib turgandi,
An, Fyodorov, Ashurovlar, eh... qanday gollarni urib yurgandi.
Paxtakor-79. Noming ko‘kka ko‘taramiz, sha’ningni ulug‘laymiz,
Sizlarni so‘nggi nafasimiz, so‘nggi onlarimizgacha unutmaymiz.
11-avgust. Shu kunni g‘am-g‘ussaga solib ketdingiz elingizni,
O‘yinlaringizni, gollaringizni, ko‘rmaganman hech biringizni,
Shunday bo‘lsa ham, aytib turing tushlarimga kirib siringizni.
Paxtakor-79. Xalqning eng alamli, ang og‘riqli buyuk dardisiz,
O‘zbekning o‘g‘loni, jasur va dovyurak, mardlarning mardisiz.
13.07.2011
Do'stlaringiz bilan baham: |