Antonio Jilardino
2009-yilning 5- iyul kuni taniqli
fotomodel Alisa Bregolia bilan rasman er-xotin bo‘lishdi. Ularning ni-
kohi Ligure shaharchasidagi Santa-Margarita cherkovida qayd etildi.
Beloruslik
Aleksandr Gleb
– “Topless” guruhi eks-solisti Anas-
tasiya Kosenkova bilan 2006-yilning 10-oktabrida Minskdagi Pervo-
278
Yusupov FURQAT
mayskaya Nikoh uyida nikohdan o‘tishgan. Nikoh uyiga Gleb va
Kosenkova ikki yaqin do‘stlari bilan birga kelishgan. Kuyovjo‘ra vazi-
fasini Sashaning yaqin do‘sti, taniqli sport jurnalisti Sergey Shurko
bajargan bo‘lsa, kelin tomondan guvoh, uning dugonasi – gimnasti-
kachi Lyubov Cherkashina edi. Nikoh hammadan qattiq sir tutildi.
Kelin-kuyov hech qanday to‘y libosida kelishmadi. Hatto futbolchi
nikoh uyining suratchisiga ham rasmga olishni man etdi. Shu tariqa
Gleb va Kosenkova nafaqat o‘zlari, balki kelajakda paydo bo‘ladigan
farzandlari va nabiralarini ham esdalik suratlaridan mahrum qilishdi.
279
FUTBOL FALSAFASI
FUTBOLKALARDAGI
RAQAMLAR HAQIDA
Bu narsa o‘ylab chiqilganligining sababi, bir futbolchini boshqa-
sidan ajratib olish edi, albatta. Chunki o‘sha payt aksariyat muxlis
-
lar yaxshi yoki yomon o‘ynayotgan futbolchilarni tezda ajratolmas-
dilar. Ilk vaqtlarda futbolchilar asosan “1”dan “11”gacha bo‘lgan
raqamlar ostida maydonga tushardilar. Lekin keyinchalik boshqa
raqamlar ham muomalaga kirdi. Hozirda asosan “1”dan “99”gacha
bo‘lgan raqamlardan foydalanishadi. To‘g‘ri, shuning barobarida
noodatiy raqamlar ham uchrab turadi. Yaqin o‘tmishda Shotlandi-
yaning “Aberdin” klubi a’zosi Xishem Zeruali hammani ajablantir-
gan holda maydonga “0” raqamida tushgan. Muxlislar hatto erka
-
lab, unga “Zero”, deb laqab qo‘yib olishgan.
“1” raqami odatda darvozabonlarga tegishli bo‘ladi. Shu sababli
ham bu raqamda boshqa amplua vakillarini uchratish noodatiy hi-
soblanadi. Masalan, o‘z vaqtida “Charlton” a’zosi Styuart Bal mer,
“Slima Uonderers” klubi vakili Jo Brinket, “Partizan” futbolchisi
Simon Kukchevich va AeKda faoliyat yuritgan Pantelis Kafes dar-
vozabonlarning raqamlarida maydonga tushishgan. Shuningdek,
Chiapassko shahrining “Yaguar” jamoasida to‘p surgan Adolf Bau-
tista Meksika futbol federatsiyasi ruxsatiga ko‘ra, “1” raqamida to‘p
surgan. Keyinchalik u Gvadalaxaraning “Deportivo” klubiga o‘tgan
va “100” raqami ostida maydonga tushgan.
280
Do'stlaringiz bilan baham: |