Jonatan Bornshteyn
AQSh terma jamoasining chap qanot himoyachisi Jonatan Born-
shteyn Kosta-Rikaga qarshi kechgan saralash uchrashuvining hakam
tomonidan qo‘shib berilgan 5-daqiqasida hisobni tenglashtiradi.
Natijada JCh-2010 yo‘llanmasi Kosta-Rika emas, Gondurasga nasib
etadi. O‘sha oqshom gondurasliklar amerikalik futbolchini o‘zlari-
ning kumirlariga aylantirishgan bo‘lsa neajab.
Jemmi Pollok
“KPR” klubining har bir muxlisi uchun bu futbolchining nomi
muqaddas hisoblanadi. Boisi aynan shu Jemmi Pollok 1997-1998-yil-
lar amvsumining so‘nggi turida o‘z jamoasi darvozasiga to‘p yo‘llab
qo‘ygandi. Natijada kuchlilar safini “KPR” emas, balki “Manchester
Siti” tark etadi. Himoyachi esa bir lahzaning o‘zida “KPR” muxlislari
yoqimtoyiga aylanadi. Qizig‘i shundaki o‘sha golni Pollok haqiqiy
hujumchilarga xos tarzda urgandi – raqib futbolchisini mohirlik bi-
lan aldab o‘tib, to‘pni boshi bilan darvozabon ustidan oshirib qo‘ydi-
da o‘ziyam! “Shaharliklar” bitta javob golini kiritishdi. Biroq 2:1 hi
-
sobidagi g‘alaba londonliklarga elitada qolish imkoniyatini berdi.
Pollok esa “KPR” tarixidan zarhal harflar bilan joy oladigan bo‘ldi.
Xorvatiya terma jamoasi
Xorvatiya terma jamoasi Rossiyalik muxlislarning eng sevimli ja-
moasiga aylanishgandi. Gap shundaki Yevropa chempionati saralash
o‘yinlari doirasidagi so‘nggi turda Xorvatiya terma jamoasi Angliya-
ga safar uyushtiradi. Mazkur bellashuv Xorvatlar uchun hech qanday
ahamiyat kasb etmasdi. Boisi ular muddatidan oldin Yevropa chempi-
onatiga yo‘llanmani naqd qilib qo‘yishgandi. Inglizlarni esa durang
265
FUTBOL FALSAFASI
natija ham qoniqtirardi. Biroq Xorvatiyaliklar o‘ziga hos jasorat
ko‘rsatib, g‘alabani qo‘lga kiritishadi. Bu esa Rossiyaliklarga qo‘l kel-
di va ular yevro-2008 yo‘llnmasini qo‘lga kiritishdi. Keyinchalik ular
turnirda qanday karomat ko‘rsatganliklarini yaxshi eslasangiz kerak.
AVTOGOLLAR HAQIDA
Akmal Shorahmedov ham o‘zi bilmagan holda Koreyaliklarning
afsonasiga aylandi. Jahon chempionati saralash o‘yinlari doirasida
Koreyada kechgan o‘yinda himoyachi o‘z darvozasini ishg‘ol qilib
qo‘yadi. Ushbu gol uchrashuvda yagonaligacha saqlanib qoladi.
Keyinchalik mazkur gol koreyslar uchun oltinga teng bo‘ldi. Nati-
jada Jahon chempionatiga O‘zbekiston emas, balki Janubiy Koreya
terma jamoasi yo‘l oldi.
1995-yili Belgiya chempionatining navbatdagi turida “Jer-
minal” jamoasi o‘z maydonida “Anderlext”ni qabul qildi. Ush-
bu o‘yin qahramoni mezbonlar himoyachisi Sten ven den Buys
bo‘ldi. U o‘yinda “xet-trik”ka erishadi. Eng qizig‘i gollarining
barchasini o‘z darvozasiga kiritadi. Mehmonlar bironta ham gol
urmay turib 3:2 hisobida g‘alabaga erishadilar. Ha bunaqa omadni
faqat orzu qilish mumkin.
1976-yilda “Aston Villa” - “Lester” o‘yinida “Villa”ning Shimoliy
Irlandiyalik futbolchisi o‘ziga xos “poker”ga erishdi. Ya’ni ikkitas-
ini raqib darvozasiga qolgan ikkitasini esa o‘z darvozasiga yo‘llay-
di. Ajablanarlisi o‘yinda undan boshqa hech kim gol ura olmagan.
“Avtogol” urgan futbolchini raqib jamoa muxlislari xush ko‘ri-
shadi. Biroq sevimli jamoasining o‘yinchisi o‘z darvozasini ishg‘ol
266
Do'stlaringiz bilan baham: |