Yusupov FURQAT
– Kalcho zerikarli, deb kim aytdi? Apenninda azaldan chiroyli va to-
moshabop futbol ko‘rsatishadi, biroq shu bilan birga o‘z darvozalari daxlsiz-
ligini ham unutishmaydi.
– Murabbiylik ishi qoidalariga to‘xtalganda, u nihoyatda sodda: sening
jamoang har bir o‘yinni oldingisidan yaxshiroq o‘tkazishga intilishi zarur.
– Hozirgi “Barselona”da jahon saviyasidagi yulduzlar to‘p surishadi,
biroq menda ixtiyor bo‘lganida “Milan”ga bir kishini taklif etardim, xolos
- Frank Raykardni. (2007-yil).
– Keyingi gal shartnoma tuzishdan avval Mourino menga agentlik qi-
lishini so‘rayman. Agar u qarshi bo‘lmasa, albatta ( Mourino 14 million
yevro maosh olaman degan gapiga javobi).
– U kech qaytibdimi? Soat nechchigacha u yerda bo‘lgan ekan? Men
unga soat 5 gacha u yerda bo‘lishiga ruhsat berganman. Agar soat 4 da
qaytgan bo‘lsa undan ham yaxshi. Yakshanba kuni futbolchilar o‘zlari
xohlagancha dam olishlari mumkin. Agar Ronaldino soat 4 da qaytgan
bo‘lsa, demak diskoteka unga yoqmabdi ( 2008-yili Ronaldinoni tunda dis-
kotekada uchratishgani haqida).
– Ixtiyorida Nesta, Maldini va Stam singari yulduzlar hozir bo‘lgan
murabbiy uyqisuzlikdan azob chekmasligi muqarrar.
– “Milan” rahbariyatida Devid Bekxemni sotib olmaslik uchun sog‘lom
fikr, yetarli deb o‘ylayman. U o‘zining Viktoriyasi bilan bizning jamoa-
mizni shou-truppaga aylantirib yuborishi hech gap emas.
197
FUTBOL FALSAFASI
Pele
Futbol qiroli Pele ba’zan aqlli fikrlari, ba’zan esa ahmoqona safsa
-
talari bilan ham ancha mashhur hisoblanadi.
– Maradona meni juda yaxshi ko‘radi, o‘ylaymanki u meni yoqtiradi.
– “Santos”da o‘ynab yurgan paytimda (1956-1974) bo‘sh vaqtim ni-
hoyatda ko‘p bo‘lardi. Mehmonxona atrofida sang‘ib yurish o‘rniga qo‘lim-
ga gitara olardimda, qandaydir musiqa bastalardim va qo‘shiq kuylardim.
500 tadan ko‘p qo‘shiq yaratganman. Gohida faqat matn yozardim, gohida
esa so‘z miyamning o‘zida musiqaga uyg‘unlashib ketardi. Hatto hozir ham
diktafonni yonimda olib yuraman va ilhomim qo‘zib, miyamga biror narsa
kelib qolsa, uni darhol yozib olaman. Qolaversa, har bitta uyimda gitara
osig‘liq turadi.
– Agarda Garrincha bo‘lmaganida, men hech qachon 3 karra jahon
chempioni bo‘la olmasdim (Garrincha haqida).
– Maradonadan uning barcha unvonlarini olib qo‘yish kerak. Nega?
Shuning uchunki, u faoliyati davomida doping qabul qilgan. Bu ishga qo‘l
urgan olimpiya chempionlari nega medallaridan mahrum bo‘lishadi-yu
Maradona unvonlarini hamon o‘zida saqlayapti?
– Men uchun Pele - eng zo‘ri. Hech kim Peledan ko‘pini qila olmagan.
U 17 yoshida jahon chempioni bo‘lgan, uch marta ana shu sovrinni qo‘lga
kiritgan va 1200 dan ortiq gol ura olgan yagona o‘yinchi.
– Maradona meni sevishini, hurmat qilishini butun jahon biladi. Diego
qandaydir tadbir yoki kecha uyishtirmoqchi bo‘lsa, e’tiborga extiyoj sezadi.
Shunda darhol menga murojaat qiladi.
198
Do'stlaringiz bilan baham: |