*** Hatto Iso payg‘ambar ham hammaga birdek yoqqan emas. Endi mening qanday vaziyatda ekanligimni tasavvur qilib olavering. *** “Yuventus” meni tashvishlantiryaptimi? Ko‘zim ostidagi qora chiziqlar- ga e’tibor bering – tuni bilan uxlolmayapman. *** Bizning ixtiyorimizga atiga 45 ta mijozli “Inter Channel” bor xolos. Milanda esa 3 ta telekanal va bitta gazeta mavjud. Yuventus ham o‘zining gazetasi – Tuttosportga ega. Bahsli munozaralar aynan shu gazetalarda yu- ritiladi. ( Matbuotning noxolisligiga qaratilgan shikoyat) *** Mening shogirdlarim yuzaga keltirgan xavfli vaziyatlar hamda ular ning raqibdan to‘la ustunlik qilayotganliklarini ko‘rdingizmi? Biz bemalol 5:1 hi- sobida g‘alaba qozonishimiz, men esa darvozani qo‘riqlashim mumkin edi. *** “Yuventus” ishtirokidagi o‘yinni ko‘rgan ko‘rmaganim bilan qiziqi- shadi. Ha, tomosha qildim, faqat Amaurining goligacha. Qolganini ko‘rma- ganimga sabab – o‘sha vaqtda kechki taomni keltirishdi. *** O‘zimni italyan futbolidagi Robin Gud o‘rnida his qilayapman. Shu sa- babli “Inter”da ishlash men uchun yoqimli.
104
Yusupov FURQAT *** Biz bilan durrang natijani qayd etgan “Yuventus” futbolchilarining yosh bolalardek quvonishgani menga yoqdi. Vaholanki, ular peshqadamdan 10 ochkoga ortda qolishmoqda. ( Raneriga navbatdagi zarba) *** Pedro Leon deganlari kim o‘zi? U Maradona ham, Zidan ham, Di Ste- fano ham emas. Uning asosiy tarkibga kiritilmagani haqida nega so‘rayap- siz? Axir, Leon bundan bor yog‘i 2 oy muqaddam “Xetafe” a’zosi edi. *** Agar biz sening xohishing bilan mashg‘ulot o‘tkazganimizda, mashq- larni soat 12:00 da boshlagan bo‘lar edik. Biz soat 10:00 da ishga kiri shamiz. Sen esa 11:00 gacha uyqini urasan. (Karim Benzemaga qaratilgan tanbeh) *** “Levante” futbolchilaridan hech biri shifoxonaga tushmaganidan xursandman. ( Raqib futbolchilari haddan ko‘p simulyatsiya ishlatgan- liklariga sha’ma) *** Umuman olganda “Barselona”ga qarshi muntazam tarzda 10 kishi bo‘lib o‘ynayverish jonimga tegdi. Umid qilamanki finalda bunday bo‘lmay- di. (“Barsa” bilan 1:1 hisobda durrang o‘ynagach. 2011-yil) *** Ta’til paytida Manolinni ko‘proq sog‘indim. Chunki har gal uni ko‘rganimda, o‘zimni kulgidan tiyolmayman.
105
FUTBOL FALSAFASI
*** Men ChLda 2 marta g‘olib bo‘ldim, o‘z jamoamning kuchliligi tufay- li, Gvardiola esa bir marta g‘olib bo‘ldi, lekin uning o‘rnida bo‘lganimda uyalardim. ( ChL-2011 yarim finalida Barsa bilan o‘yinda hakamlarning adolatsiz qarorlari haqida) *** Ko‘rib turganimdek, sizlar ancha ulg‘ayibsizlar. ( “Portu”-“Deportivo” uchrashuvi arafasida ispaniyalik jurnalistlar sha’niga bildirilgan fikr) *** Nima uchun kasbdoshlarim meni tanqid qilishadi? Chunki shu yo‘l bi- lan gazetalarning 1-sahifasidan joy olishadi. Bu ular uchun bepul reklama.