Yusupov FURQAT
yubordi. O‘yinni kuzatishda davom etamiz. Birinchi bo‘limning
so‘nggi daqiqalari. “Oq bo‘rilar” hujumga tashlanmoqdalar. Bu
vaziyatda Aleksandro biroz ayyorlik ishlatib yiqildi, o‘yin qoidasi-
ni Maykonov buzdi. Dunyoning eng aqlli o‘rtacha hakami Yoshida
amaki esa hammani ajablantirgan holda Anzurdinoni ogohlantir-
di. Jarima to‘pining oldiga Jepardino yaqinlashmoqda. Darvozaga
2800-3000 santimetr masofa bor. “Jonli devor”ni esa Marselov, Al-
vesov, Ramiresov, Elanoyev, Patoyev va Robinoyevlar tashkil etish-
di. Zarba! Eh, agar to‘p 10 metrlarcha pastroqdan yo‘llanganida, bra-
ziliyaliklar posboni Yuliy Sezarov yig‘lashga tusharmidi?. Mana shu
lahzada Qunduz amakimidi? Kim edi-ya? Ha, endi esimga tushdi.
Yoshida amaki karnayini chaldi va jamoalarni tanaffusga chorladi.
Qadrli futbol ishqibozlari “sariq devlar” bilan “oq bo‘rilar” ik-
kinchi taymga “jang”ga tayyorlanishmoqda. Hozircha “devlar”
“bo‘rilar”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratishyapti. O‘zbekis-
ton termasi murabbiyi Vadimlari birinchi bo‘limda uncha ko‘zga
tashlanmagan Smalyachenkarning o‘rniga tezkor yarimhimoyachi
Sherzodinoni, ancha faol o‘ynayotgan Aleksandro o‘rniga Abbosdi-
noni maydonga tushirmoqda. Yoshida amakining karnayidan so‘ng
to‘pni “sap-sariq devlar” o‘yinga kiritishdi. Jamoalar tarkibi bilan
yana bir bor tanishtirishni xohlamasdim-u, lekin na iloj... Demak,
mehmonlardan boshlaymiz: darvozada Ignatior telefon raqamini
beramiz, o‘zingiz tanishib olavering. Himoyada... Qarang-qarang,
himoyachi Sahobdo to‘pni “devlar”dan olib qo‘ydi va mehmonlar
zudlik bilan hujumga o‘tishmoqda. Odildino, Serverdino, Sherzod-
dino... U to‘pni oldinga, hujumchi Ivandoga uzatdi. Lekin afsuslar
bo‘lsinki, bu vaziyatda mehmonlarning 10-raqamdagi forvardi o‘yin-
dan tashqari holatga tushib qoldi. Bugungi bahsda Ivandino uchin-
chi marotaba shu holatda qolib ketdi. O‘yinning 55-daqiqasi o‘tib
bormoqda. Marselov to‘pni Maykonovga, u esa Kakayevga uzatdi.
65
FUTBOL FALSAFASI
To‘p Patoyevda. O-o-o! U yiqildi! Bu vaziyatda Anzurdino qo‘pollik
ishlatdi, deb topdi hakam. Penaltiiii!! Qo‘shimchasiga, bosh hakam
Anzurdinoni maydondan chetlatishga qaror qildi. “Oq bo‘rilar”
hakamga o‘z e’tirozlarini bildirishmoqda. Lekin hakamni “eritish”
ancha qiyin... “Nuqta”ga Neymarov yaqinlashdi. Neymarov va Igna-
tior o‘rtasidagi “chinor ostidagi duel”. Zarbaaaa! Gooool demoq chi
edim, lekin gol bo‘lmadi. Kusto hayratda! Zarba yo‘liga katta maho
-
ratini ishga solgan Ignatior to‘g‘anoq bo‘ldi. Kusto hayratda! Mana,
o‘zbekistonliklar ham tezkor hujumga o‘tishmoqda. To‘p Sherzod-
dinoda, u bir, ikki, uch, qoyil, to‘rtinchi himoyachini ham aldab o‘tdi
va to‘pni zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Abbosdinoga yetkazib berdi.
Uni esa Marselov chalib yiqitdi. Hakam Marselovga... ko‘kmi bu...?
Yo‘q, adashibman sariq kartochka ko‘rsatdi. Yana pe nalti! Jabrlanuv-
chi Abbosdino o‘rnidan darhol sakrab turib, “nuqta”ga yaqinlash-
di. U Mirjaloldino uslubida Yuriy Sezarov darvozasi tomon kuchli
zarba berdi... Goooolll, goooolll, goooolll! Hisob teng lashdi – 1:1.
Braziliyaliklar to‘p kiritishganida jamoa murabbiyi va uning yor-
damchilari nimalar qilganini ko‘rdingiz. Endi navbat Va
dimlari va
uning yordamchilari Mirjaloldino hamda Maksimdinolarga keldi.
Braziliyaliklar ustozi Ronaldoyevning tepa sochi tikka bo‘ldi. Eee...
nimalar deyapman, Ronaldoyevda soch nima qilsin?! Axir, u par-
ik kiyadi-ku! Alamzada Romariov va Rivaldoyevlar esa burunlarini
tishlamoqdalar. Buyog‘iga uchrashuv yana shiddatli o‘tsa, hech kim
hayratlanmaydi.
So‘nggi daqiqalari ham yetib keldi. Yoshida amaki o‘yinga 3
daqiqa qo‘shib berdi. Mana, braziliyaliklarning tinib-tinchimas hu-
jumchisi Neymarov himoyachilarni chaqqonlik bilan aldab o‘tyapti,
u Sahobdodan o‘tdi va Ignatior qarshisida yolg‘iz qoldi. Butun sta-
dion hayajonda. Neymarov darvoza sari yaqinlashib zarba beridi...
Uchrashuvning bosh qahramoni Ignatiordan navbatdagi va qaytaril-
66
Do'stlaringiz bilan baham: |