Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
Argentinalik forvard 
Ernan Krespo
2005-yilning 16-mayida 
sevgilisi ot sporti turi bo‘yicha bir necha musobaqalar g‘olibi Ales-
siya Rossi bilan turmush qurdi. Kresponing nikoh to‘yi keng tarzda 
o‘tkazildi va marosimga tashrif buyurgan 250 ga yaqin mehmonlar 
orasida futbolchining barcha jamoadoshlari, klub vitse-preziden-
ti Adriano Galliani va murabbiy Karlo Anchelottilar bor edi. O‘sha 
payti u “Milan” jamoasida to‘p surar edi.
Italiyalik Antonio Kassano mundialdan chetda qolgach 2010-yil-
ning iyulida suv polosi bo‘yicha Italiya terma jamoasi a’zosi Karoli-
na Marchialis bilan turmush qurdi. Nikoh marosimi Italiyaning eng 
romantik go‘shalaridan biri Portofina ko‘rfazida kelin-kuyovning 
yaqin insonlari davrasida o‘tkazildi. Marosim o‘tkazilgan mahalla 
cherkovga kirish joyini futbolchi tomonidan tayyorlangan 500 dona 
atirgul bezab turardi. To‘yini o‘tkazib olgach, Kassano rafiqasini olib 
asal oyini o‘tkazish uchun Taiti orollariga yo‘l oldi. Bu erda futbolchi 
bir hafta davomida hayot tashvishlarini unutib, miriqib dam oldi va 
yangi mavsumga kuch to‘plab qaytdi.
2004-yilgi “Oltin to‘p” sohibi 
Andrey Shevchenko
“Milan”-
da o‘ynab yurgan kezlari bo‘ydoqlik hayoti bilan xayrlashgandi. 
2001-yilning 14-iyulida Andrey uchun uning hayotidagi eng unu-
tilmas voqealardan biri ro‘y berdi. Futbolchi amerikalik Kristen 
Pazik bilan oila qurdi. AQSh poytaxti Vashingtonda o‘tkazilgan ni-
koh marosimi kichik davrada o‘tkazildi va kelin-kuyov uni keng ja-
moatchilikka taqdim etishmadi. “Men nikoh to‘yim haqida gapirib 
berishni xohlamadim va uni ommadan qattiq sir tutishga majbur 
bo‘ldim. Kristen bilan nikoh marosimimiz 14-iyul kuni Vashing-
tondagi Munitsipalitetda o‘tkazildi”, – deydi Shevchenko.


271
FUTBOL FALSAFASI
2007-yilning 16-17-iyun kunlarida Angliya terma jamoasining 
bir yo‘la 4 futbolchisi bo‘ydoqlik hayoti bilan xayrlashishdi. Birinch 
bo‘lib Vudstokda “Chelsi” sardori 
Jon Terri
va uning suyuklisi Toni 
Pul nikohdan o‘tishdi. 300 ga yaqin mehmon ishtirok etgan nikoh 
marosimi Angliya terma jamoasi himoyachisiga deyarli 2 million 
dollarga tushdi.
Ikkinchi bo‘lib Manchesterdagi Kafedral soborida “Manchester 
Yunayted” himoyachisi 
Garri Nevill
o‘zining uzoq yillik gerl-frendi 
Emma Xedfild bilan oila qurdi. Marosimda Garrining jamoadoshlari 
Rayan Giggz va Pol Skoulz faxriy mehmon sifatida ishtirok etishdi. 
Garrining eng yaxshi do‘stlaridan biri hisoblangan Devid Bekxemni 
esa to‘yga kelishiga mavsumning so‘nggi uchrashuvini o‘tkazayot-
gan “Real” rahbariyati qo‘yib yubormadi.
Shuningdek, “MYu”ning yana bir a’zosi 
Maykl Kerrik
uchun 
ham 17 iyun uning hayotidagi unutilmas kun bo‘lib qoldi. Vimond-
xemdagi Avliyo Pyotr soborida o‘tkazilgan nikoh marosimiga “Qizil 
iblislar” yarim himoyachisi va uning suyuklisi Liza Rougxedni qut-
lash uchun Mayklning “Tottenxem”dan sobiq jamoadoshlari tashrif 
buyurishdi.
Nihoyat, Berkshirda “Liverpul” sardori 
Stiven Jerard
hamda 
“Deyli Mirror” gazetasining muhbiri hamda taniqli model Aleks 
Karran bir-birlarining barmoqlariga nikoh uzugini o‘tkazishdi. 
Stiven va Aleks 5 yildan beri birga edilar va bu payt mobaynida ular 
2 qizli bo‘lishga ham ulgurishdi.
Italiyalik himoyachi

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish