Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
Unai Emeri:
– Men o‘z kasbimni sevaman. Men uchun uni yanada chuqurroq egal-
lash yo‘lida izlanish kelajakda qaysi jamoani boshqarish xususida bosh qo-
tirishdan ko‘ra maroqliroq.
– Mavjud to‘siqlarni bartaraf etish uchun bugungi jamiyatimizga nafaqat 
muammoni to‘liq his etish, balki sog‘lom fikrlash ham yetishmaydi. Ya’ni, 
g‘oliblarga xos fikrlash. Uni shakllantirish uchun g‘alaba sari eltadigan 
yo‘lni topish kerak. Futbolchilardagi g‘oliblik ruhi natijalarda emas, ular-
ning fikrlashi va munoabatlarida aks etadi. Uni shakllantirish - qisqa vaqt 
ichidagi yumush emas. U uzoq va mashaqqatli mehnat evaziga yuzaga keladi.
 
 
– Kishilarning yaxshi tomonga o‘zgarmasliklari kechirib bo‘lmas holat. 
Masalan, men har gal uyg‘onayotgan paytimda uyquga yotayotganimdan 
ko‘ra yaxshiroq bo‘lib turishga intilaman. Doimiy ravishda o‘z malaka va 
tajribamni oshirib borishga urinaman. “Sevilya”dagi asosiy shiorimiz ham 
shu.
– Murabbiylik kasbi juda murakkab. Qoidaga ko‘ra doimo biz aybdormiz.
– Menga hech qachon murabbiylar aziyat chekmaydilar, deb aytmang. 
Faqat ishlamaydigan odamgina aziyat chekishdan xoli bo‘lishi mumkin.
– Mashg‘ulotlarim shogirdlarimga yoqishini istayman. Klubning bar-
cha a’zolari, muxlislar mehnatim mevasini ko‘ra olsalar, o‘zimni baxtiyor 
his etaman. Mashg‘ulotlar jarayoniga hech kimning befarq emasligi menga 
yoqadi.
– Doimo jamoam kuchli bo‘lishini istayman: mustahkam himoya 
qo‘rg‘oni va tezkor qarshi hujum. To‘pning harakati qanchalik tez bo‘lsa, 
undan shunchalik ko‘p zavq olaman.


187
FUTBOL FALSAFASI
– Ochkolarni qo‘lga kiritish - jarohatlarga qarshi eng samarali dori.
– Muvaffaqiyat doimo bizning boshimiz va qalbimizda bo‘lishi darkor.
 
– Iqtidor - mehnatsevarlik va tirishqoqlik mahsuli. Bu borada muntazam 
izlanmaslik hech narsaga olib kelmaydi.
– Orzuga ayb yo‘q. Bu har bir kishi uchun muhim jihat. Lekin har doim 
imkoniyatga xolis baho berish kerak.
– Futbolda ishtiyoq va ehtiros kuch beradi. Hozircha bu borada imkoni-
yat yo‘q. Demak, orzu qilishga haqliman.
– Oliy maqsadlarni ko‘zlash - men uchun emas. Boricha yashashni 
ma’qul ko‘raman. Menimcha, yuksak rejalarni ko‘zlagan kishi doimo shu 
haqida o‘ylaydi va hayotdan zavq olishni unutib qo‘yadi.
– Doimo o‘zimdan ko‘ra ko‘proq narsalarni biladigan aqlli kishilar 
davrasida bo‘lishni istayman.
– Murabbiy yechinish xonasining nozik jihatlarini aniq his etishi shart. 
Agar u shogirdlariga ortiqcha erkinlik berib qo‘ysa, ular oldidagi nufuziga 
putur yetishi mumkin.
– Murabbiy hech qachon tushkunlik holatiga tushmasligi lozim. 
Uchrashuv arafasida mag‘lubiyat haqida o‘ylagan jamoa hali o‘ynamay tu-
rib uni boy bergan bo‘ladi.
– Murabbiylik faoliyatimning avvalida zabt etish mumkin bo‘lgan 
cho‘qqilar xususida sira o‘ylagan emasman. Ustozlik qila boshlagach, nima-
ga erishish mumkin yoki mumkin emasligi xususida o‘ylagan emasman. 
Shunchaki ishimdan qoniqish hosil qilishga intilganman.


188

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish