Furqat indd



Download 1,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/228
Sana14.04.2022
Hajmi1,77 Mb.
#550051
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   228
Bog'liq
2 5193075911422903705

Yusupov FURQAT
yubordi. O‘yinni kuzatishda davom etamiz. Birinchi bo‘limning 
so‘nggi daqiqalari. “Oq bo‘rilar” hujumga tashlanmoqdalar. Bu 
vaziyatda Aleksandro biroz ayyorlik ishlatib yiqildi, o‘yin qoidasi-
ni Maykonov buzdi. Dunyoning eng aqlli o‘rtacha hakami Yoshida 
amaki esa hammani ajablantirgan holda Anzurdinoni ogohlantir-
di. Jarima to‘pining oldiga Jepardino yaqinlashmoqda. Darvozaga 
2800-3000 santimetr masofa bor. “Jonli devor”ni esa Marselov, Al-
vesov, Ramiresov, Elanoyev, Patoyev va Robinoyevlar tashkil etish-
di. Zarba! Eh, agar to‘p 10 metrlarcha pastroqdan yo‘llanganida, bra-
ziliyaliklar posboni Yuliy Sezarov yig‘lashga tusharmidi?. Mana shu 
lahzada Qunduz amakimidi? Kim edi-ya? Ha, endi esimga tushdi. 
Yoshida amaki karnayini chaldi va jamoalarni tanaffusga chorladi. 
Qadrli futbol ishqibozlari “sariq devlar” bilan “oq bo‘rilar” ik-
kinchi taymga “jang”ga tayyorlanishmoqda. Hozircha “devlar” 
“bo‘rilar”ni kichik hisobda mag‘lubiyatga uchratishyapti. O‘zbekis-
ton termasi murabbiyi Vadimlari birinchi bo‘limda uncha ko‘zga 
tashlanmagan Smalyachenkarning o‘rniga tezkor yarimhimoyachi 
Sherzodinoni, ancha faol o‘ynayotgan Aleksandro o‘rniga Abbosdi-
noni maydonga tushirmoqda. Yoshida amakining karnayidan so‘ng 
to‘pni “sap-sariq devlar” o‘yinga kiritishdi. Jamoalar tarkibi bilan 
yana bir bor tanishtirishni xohlamasdim-u, lekin na iloj... Demak, 
mehmonlardan boshlaymiz: darvozada Ignatior telefon raqamini 
beramiz, o‘zingiz tanishib olavering. Himoyada... Qarang-qarang, 
himoyachi Sahobdo to‘pni “devlar”dan olib qo‘ydi va mehmonlar 
zudlik bilan hujumga o‘tishmoqda. Odildino, Serverdino, Sherzod-
dino... U to‘pni oldinga, hujumchi Ivandoga uzatdi. Lekin afsuslar 
bo‘lsinki, bu vaziyatda mehmonlarning 10-raqamdagi forvardi o‘yin-
dan tashqari holatga tushib qoldi. Bugungi bahsda Ivandino uchin-
chi marotaba shu holatda qolib ketdi. O‘yinning 55-daqiqasi o‘tib 
bormoqda. Marselov to‘pni Maykonovga, u esa Kakayevga uzatdi. 


65
FUTBOL FALSAFASI
To‘p Patoyevda. O-o-o! U yiqildi! Bu vaziyatda Anzurdino qo‘pollik 
ishlatdi, deb topdi hakam. Penaltiiii!! Qo‘shimchasiga, bosh hakam 
Anzurdinoni maydondan chetlatishga qaror qildi. “Oq bo‘rilar” 
hakamga o‘z e’tirozlarini bildirishmoqda. Lekin hakamni “eritish” 
ancha qiyin... “Nuqta”ga Neymarov yaqinlashdi. Neymarov va Igna-
tior o‘rtasidagi “chinor ostidagi duel”. Zarbaaaa! Gooool demoq chi 
edim, lekin gol bo‘lmadi. Kusto hayratda! Zarba yo‘liga katta maho
-
ratini ishga solgan Ignatior to‘g‘anoq bo‘ldi. Kusto hayratda! Mana, 
o‘zbekistonliklar ham tezkor hujumga o‘tishmoqda. To‘p Sherzod-
dinoda, u bir, ikki, uch, qoyil, to‘rtinchi himoyachini ham aldab o‘tdi 
va to‘pni zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Abbosdinoga yetkazib berdi. 
Uni esa Marselov chalib yiqitdi. Hakam Marselovga... ko‘kmi bu...? 
Yo‘q, adashibman sariq kartochka ko‘rsatdi. Yana pe nalti! Jabrlanuv-
chi Abbosdino o‘rnidan darhol sakrab turib, “nuqta”ga yaqinlash-
di. U Mirjaloldino uslubida Yuriy Sezarov darvozasi tomon kuchli 
zarba berdi... Goooolll, goooolll, goooolll! Hisob teng lashdi – 1:1. 
Braziliyaliklar to‘p kiritishganida jamoa murabbiyi va uning yor-
damchilari nimalar qilganini ko‘rdingiz. Endi navbat Va
dimlari va 
uning yordamchilari Mirjaloldino hamda Maksimdinolarga keldi. 
Braziliyaliklar ustozi Ronaldoyevning tepa sochi tikka bo‘ldi. Eee... 
nimalar deyapman, Ronaldoyevda soch nima qilsin?! Axir, u par-
ik kiyadi-ku! Alamzada Romariov va Rivaldoyevlar esa burunlarini 
tishlamoqdalar. Buyog‘iga uchrashuv yana shiddatli o‘tsa, hech kim 
hayratlanmaydi.
So‘nggi daqiqalari ham yetib keldi. Yoshida amaki o‘yinga 3 
daqiqa qo‘shib berdi. Mana, braziliyaliklarning tinib-tinchimas hu-
jumchisi Neymarov himoyachilarni chaqqonlik bilan aldab o‘tyapti, 
u Sahobdodan o‘tdi va Ignatior qarshisida yolg‘iz qoldi. Butun sta-
dion hayajonda. Neymarov darvoza sari yaqinlashib zarba beridi... 
Uchrashuvning bosh qahramoni Ignatiordan navbatdagi va qaytaril-


66

Download 1,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish