Yusupov FURQAT
YAXSHIYAM FUTBOL BOR
Futbol – millionlar o‘yini! Haqiqatan ham shundaymi, deb savol
berish noo‘rin. Agar futbol bo‘lmaganida nima bo‘lardi? Buni, hatto
tassavvur qilish ham qiyin. Pele oddiy qora tanli bola sifatida o‘tib
ketardi. Eh-he-e… shu chog‘da yaxshiyam futbol bor deb yuborgi-
ngiz keladi, to‘g‘rimi? Axir hayotini futbolsiz tasavvur ham etol-
maydiganlar soni oz emas. Bu tabiiy. Har kim ham futbolchi bo‘lib
ketolmaydi. Kimdir bolaligida futbolchi bo‘lishni orzu qiladi, ammo
bu istagi armonga aylanadi. Yana kimlardir futbolga tasodifan kirib
qoladi-yu, shuhrat cho‘qqisiga ko‘tariladi. Ushbu maqola orqali ja-
hon yulduzlarining futbolchi bo‘lmaganlarida qaysi kasbni egalla-
gan bo‘lishlari haqida so‘z yuritamiz.
Futbolga tasodifan 20 yoshida kirib kelgan braziliyalik “xalq
quvonchi” Manoel dos Garrincha moboda futbolchi bo‘lmagani-
da detektiv bo‘lardi. U bu ishni uddasidan chiqishiga ishonardi.
Yaxshiyam futbol bor! Aks holda Garrincha degan detektiv haqida
eshit masligimiz aniq edi.
Angliya premer ligasida eng ko‘p gol urish borasidagi rekordchi
Alan Shirerni duradgor sifatida tasavvur qilishimiz qiyin. Nimaga
aynan duradgor deb so‘rayabsizmi? Chunki, u futbolni tanlamaga-
nida duradgor bo‘lardi-da.
“Chelsi”ning faxriy forvardi Dide Drogba yoshligida shifokor
bo‘lishni orzu qilgan. Ammo bu orzusi armonga aylangan. Dide
buning uchun hech qachon afsuslanmasa kerak. Axir u futbol tufay-
7
FUTBOL FALSAFASI
li dunyoga tanildi. U futbolni tanlagani uchun taqdiridan mamnun
bo‘lsa arziydi. Balki shifokor bo‘lganida bugungidek mashhur bo‘la
olmasligi aniq edi.
Spaysboy laqabli Devid Bekxem futbolchi bo‘lmaganida kim
bo‘lardi? Stilist deb o‘ylagandirsiz, balki. Zero, uning soch tur-
magi dunyoda ancha mashhur bo‘lib ketgan. Lekin Beks stilist
emas, ar xitektor bo‘lishni orzu qilgan. Kim biladi deysiz, arxitek-
tor bo‘lganida Londonda Eyfel minorasidan ham ajoyib bino qu-
rib shuhratini butun dunyoga tanitarmidi? Axir u har jihatdan
talantli-ku!
Endilikda sobiq darvozabonga aylangan, gollandiyalik kipper
Edvin Van der Saar futbolni tanlamaganida sport do‘koni egasi yoki
jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi bo‘lardi. Ha, u haqiqiy sportchi,
baribir sport ichida qolardi.
“Arsenal” klubi tarixidagi eng kuchli futbolchilardan biri bo‘lgan
Terri Anri futbolchi bo‘lmaganida “otam hovuzga yetaklab borgani-
da suzuvchi bo‘lardim” deya ta’kidlaydi. Demak, Qirol Anrining
futbolchi bo‘lishida otasining hissasi ko‘proq bo‘lgani o‘z-o‘zidan
ayon.
Aleshandro Pato balkim hozir futbolchi emas, fizioterapevt bo‘lib
yurgan bo‘larmidi? Yana kim biladi deysiz?
“Chelsi”ning ishongan tog‘i Jon Terri bolaligida futbolchi bo‘lish-
ni emas, aksincha, yong‘in o‘chiruvchi bo‘lishni orzu qilgan. Uning
ham orzusi sarobga aylangan. Lekin “Temir odam” o‘z taqdiridan
xafa desam katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘laman.
2007-yili Jahonning eng kuchli futbolchisi bo‘lgan Kaka otasi kabi
muhandis bo‘lardi. Agar u muhandis bo‘lganida, 2007-yili jahon-
ning eng kuchli futbolchisi kim bo‘lardi? Afsuski, muhandislar ana
shunday kasbdoshlari bo‘lishidan futbol tufayli mahrum bo‘lishgan.
Ajab bo‘lsin! Nima dedingiz?
8
Do'stlaringiz bilan baham: |